|
Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellariBog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI
2. Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari
Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar
majmuasi iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va iqtisodiy
muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi.
Iqtisodiy nazariyada ko’pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog’lab turkumlashga harakat qilinadi. Shu
asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uchta nusxasiga
kiritiladi: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor
iqtisodiyoti tizimlari.
An’anaviy iqtisodiyot
– deyarli hamma mamlakatlar bosib o’tgan tarixiy
tizimdir. U hozirgi davrda ham ba’zi iqtisodiy jihatdan past rivojlangan
mamlakatlarda mavjud bo’lib, ularda urf-odatlar, udumlarga, an’analarga asoslangan
iqtisodiy jarayonlar orqali amal qiladi. An’anaviy iqtisodiyotda natural yoki mayda
tovar xo’jaligi hukmron bo’ladi. Bu yerda ishlab chiqarish, ayirboshlash,
daromadlarni taqsimlash vaqti-vaqti bilan o’rnatiladigan urf-odatlarga asoslanadi.
Merosxo’rlik va sulola (tabaqa) shaxslarning iqtisodiy rolida hukmronlik qiladi,
ijtimoiy-iqtisodiy turg’unlik aniq ifodalanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni
joriy qilish keskin cheklangan, chunki ular ko’pincha an’analarga zid keladi va
ijtimoiy tuzum barqarorligiga xavf tug’diradi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan diniy va
madaniy tartiblar birlamchi hisoblanadi.
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiyot muammosini hal qilishning bir xil
va umum tan olingan yechimi mavjud emas. Xar xil madaniyat va tarixiy o’tmish, har
xil urf-odat va an’analar, qarama-qarshi mafkuraviy qarashlarga ega bo’lgan turli
jamiyatlar aniq iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun turli xil tartiblardan
foydalanadi.
Bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi tizim
|
| |