64
ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati paydo
bo’ladi.
Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy me’yorlari, birinchidan, ishlab chiqarish
vositalari va yaratilgan moddiy ne’matlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki
jismoniy) tegishli ekanligini,
ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan
qo’riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan, mol-mulkni himoya qilish
usullarini belgilab beradi.
Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo’lishini
shart qilib
qo’yadi.