• Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aktsiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan
  • Xususiylashtirish – fuqarolarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat aktsiyali jamiyatlarining
  • Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
  •  O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet70/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    5. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
    maqsadi, yo’llari va usullari 
    Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb 
    atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to’liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va 
    amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk sub’ekti sifatida davlatning 
    chiqishi jamiyat a’zolari o’rtasida bu mulkka «hech kimniki», «davlatniki», 
    «birovning mulki» deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi. 
    Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish davrida mulkchilikda 
    davlat sektorining salmog’i ancha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning 
    ma’lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. 
    Shunga ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
    xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat 
    tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi Qonunida (1991 yil 19 
    noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi: 
    Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini 
    jamoa, ijara korxonalariga, aktsiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan 
    jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va 
    tashkilotlarga aylantirishdir. 
    Xususiylashtirish_–_fuqarolarning_va_davlatga_taalluqli_bo’lmagan_yuridik_shaxslarning_davlat_mulki_ob’ektlarini_yoki_davlat_aktsiyali_jamiyatlarining'>Xususiylashtirish – fuqarolarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik 
    shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat aktsiyali jamiyatlarining 
    aktsiyalarini davlatdan sotib olishidir
    1
    .
    Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga 
    qaraganda ancha keng tushuncha. 
    Xususiylashtirish
    - davlat mulkiga egalik 
    huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishidir. 
    Mulkni davlat tasarrufidan 
    chiqarish
    xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk 
    1
    O’zbеkiston Rеspublikasining Qonuni. Davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish to’g’risida/O’zbеkiston 
    Rеspublikasi: qonunlar va farmonlar. – T.: O’zbеkiston, 1992, 65-b. 


    68 
    shakllarining vujudga keltirishni ham ko’zda tutadi. U bir qator yo’llar bilan amalga 
    oshiriladi: davlat korxonalarini aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat 
    korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan 
    cheklar (vaucher) bo’yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish 
    boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga 
    sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auktsionlarda kim oshdi savdosi 
    orqali sotish va h.k.
    Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3 guruhga ajratish 
    mumkin: 1) davlat mulkini bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat 
    mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul bo’lib berish hamda 
    sotishni uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish (3.4-chizma). 
    O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning dastlabki pallasidayoq mulkchilikning 
    hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda e’tirof etildi va davlat 
    mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko’p 
    ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo’yildi. Avvalo mulkchilikning turli 
    xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy me’yorlar va amal qilish mexanizmlari 
    yaratildi.

    O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga 
    yondashuvning muhim xususiyati – uni maxsus dasturlar asosida bosqichma-bosqich 
    amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish