Keysda masalaning yechimi orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet560/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   556   557   558   559   560   561   562   563   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

Keysda masalaning yechimi orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin: 

ish haqi terminiga to’g’ri ta’rif bera oladi; 

nominal va real ish haqlarini bir biridan farqini biladi va real ish haqi 
miqdorini aniqlay oladilar; 

ta’rif tizimini, ta’rif setkasini, ta’rif razryadlarini bilib oladi; 

ish haqini hisoblash usullarini bilib oladilar; 


547 

ish haqini to’g’ri hisoblanganligi tekshira oladilar; 

mehnat shartnomasi, mexnatni rag’batlantirish va javobgarlik, ijtimoiy 
imtiyozlar, mehnatni muxofaza qilish, mehnat nizolari to’g’risidagi umumiy 
qoidalarni biladilar.
 
 
Yosh mutaxassislarga tavsiflar 
Siz 75 kishilik O’zRFA “Temuriylar tarixi” Davlat muzeyining xodimlarni 
boshqarish bo’yicha menedjer (mas’ul shaxs) bo’lib xisoblanasiz. Ikki yil avval siz 
turli ta’lim muassasalarini bitirgan bir guruh xodimlarni ishga qabul qilgansiz. Bugun 
majlisda barcha bo’lim boshliqlari bilan suhbatlashib ular to’g’risida qisqacha 
ma’lumot oldingiz.
Ravshan, Ilxom, Doniyor, Eldor, Iskandar, Feruza, Farida va Mastura oliy 
ma’lumotga egalar. Ular turli sohalar bo’yicha bakalavr bitiruv malakaviy ishini 
himoya qilganlar. Ishga yollash vaqtida ularning ilmiy salohiyati taxsinga loyiq edi. 
RAVSHAN BOZOROV
Ma’naviyat va ma’rifat bo’limida uslubchi (metodist) bo’lib ishlaydi. Uning 
talabchanligi ba’zilarga yoqmaydi, lekin ko’pchilik uni o’z oldiga konstruktiv (aniq 
maqsadga yo’naltirilgan) maqsadlarni qo’ygan ochiq ko’ngili, tinib-tinchimas, 
kelishgan yosh inson sifatida biladi. U nimani taklif qilsa ham birlamchi mazmunga 
ega. Biroq, u o’z so’rovnomalarini hammaga e’lon qilmaslikka moyilroq, shuning 
uchun uning qarorlari qoyilmaqom bo’lib hisoblanmaydi. U juda e’tiborli. Yillik 
rejaning bajarilishiga o’ta masuliyat bilan yondoshadi, xattoki bayram kunlari ham 
ishga chaqirilsa alabatta keladi.
ILXOM ALIEV 
Fondlar va arxiv bo’limida arxiv yurituvchi. U juda bosiq, kelishgan va 
muloxazali yigit. Xar qanday loyiha ustida juda ma’suliyat bilan ishlaydi va 
hammasini erinmasdan birma-bir tarozga qo’yib chiqadi. U so’zsiz ishonchga loyiq. U 
ajoyib yordamchi. Ish jarayoniga yangiliklarni tadbiq qilib o’z tashabbusini ko’rsatdi. 
Yillik rejaning bajarilishi tekshirilganda 100% bajarganligi aniqlandi. Biroq siz uni 
yanada yuqoriroq lavozmlarga ko’tarilishi uchun yotarlicha qobiliyat va bilimga ega 
ekanligini hal etishingiz kerak.
DONIYoR TOSHMUHAMMEDOV 
Kelishgan va ochiq ko’ngilli shaxarlik yigit. U ekskursiya bo’limida gid 
(ekskursavod) bo’lib ishlaydi. Bu bo’limda ishlovchi xodim ma’suliyatli va bilimdon 
bo’lishi kerak. Ular yuqori qo’shimcha haq olishi uchun o’z ustilarida ishlashlari 
kerak. Doniyor o’z ishini boshqa bo’limda ishlovchi o’rtoqlari bilan solishtirganda 
uning ishi anchagina og’irroq ekanligini biladi va raxbariyat buni hisobga olishlariga 
umid qiladi. U yaxshi natijalarga erishdi. Lekin, bo’lim jamoasi uni yana ikki yoki uch 
yil shu lavozimda ishlashini hohlaydilar.
ELDOR ABDUG’ANIEV 


548 
Dizayner. Texnologiya, dizayn bo’yicha mutaxassis. U firma malaka 
oshirgandan so’ng muzeyga o’tgan, uning texnologiyani rivojlantirishga qo’shgan 
hissasi va malakasi juda ham axamiyatli bo’lib hisoblanadi. U juda ham xarakatchan 
va yangilikka intiluvchi, yillik rejani doimiy ravishda a’lo darajada bajarib keladi, 
lekin, afsuski insonlarga, ularni boshqarishga bo’lgan qiziqishi past, bu esa raxbariyat 
va bo’limning noroziligiga sabab bo’ladi. “U insonlarni boshqara olish qobiliyatiga 
egami?” degan masalani hal etish kerak.
ISKANDAR ABDUKARIMOV 
Kichik ilmiy xodim - ta’mirlovchi. U juda qobiliyatli yigit. To’rt oydan buyon
badiy bezash bo’limi boshlig’ining yordamchisi bo’lib ishlaydi. Bu bo’limda u 
birinchi bo’lib oliy ma’lumotga ega ekanligi bo’yicha diplom olgan, bu esa diplomga 
ega bo’lmagan yanada malakaliroq xamkasblariga yoqmaydi. Ulardan o’tib ketganligi 
uchun uni “Oq qarg’a” deyishadi. SHuningdek Iskandar ham ular bilan har doim ham 
kelishib ketavermaydi, bu esa unga qiyinchilik tug’diradi. Bunga qaramay u o’z 
o’rnini bo’sh qoldirmadi, aksincha o’zining dovyurakligi va qattiyatligi tufayli sekin-
asta muassasining rahbarlari doirasiga kirib boryapti.
FARXOD USMONOV 
Injener-dasturchi. U texnik tadqiqotlar bo’limida ishlaydi. Uning xamkasblari 
ham xuddi shunday ma’lumotli, uni yaxshi qabul qilishdi. Farxod – o’z sohasida juda 
ham qoyilmaqom mutaxassis va uning jamoaviy ishga qo’shayotgan hissasi juda ham 
katta. Farxod o’z mavqeidan qoniqadi va shu sababli u yuqori mansablarga 
intilmaydiganga o’xshaydi. 
BOBUR TEMIROV 
Mana Bobur bir yildirki ish yurituvchi bo’lib ishlaydi. Unga bo’ysunuvchilar 
ancha katta va malakalidirlar va u ularning ko’z oldilarida yaxshi ish yurituvchi 
sifatida namoyon bo’lish uchun ancha qiyinchiliklarni bosib o’tdi. Uning mehnati 
natijalari raxbariyat tomonidan ma’qullandi. Uning qo’l ostidagilar esa uning 
malakasini yetishmasligi yaxshi nazariy bilimga egaligi bilan qoplanadi deb 
hisoblaydilar. Bu esa alohida mijozlar bilan ba’zi xolatlarda o’zaro munosabatlarni 
yaxshilashga yordam beradi.
FERUZA JUMANIYoZOVA 
Farida, Doniyor kabi ekskursiya bo’limiga javob beradi va gid bo’lib ishlaydi. U 
yaxshi natijalarga erishgan. Uni bunga qobiliyati borga o’xshaydi. U o’zi haqida “Men 
bu yerda kar’era uchun ishlayapman, bu lavozimda uzoq qolish niyatim yo’q”- deydi, 
ichki tartib-qoida juda ham qat’iy amal qiladi. Farida o’zining boshlig’iga yanada 
yuqoriroq lavozimni egallamoqchi ekanligi haqida murojat qildi.
FARIDA FARXODOVA 
Muzeyda tahlilchi bo’lib ishlaydi. U tahlil bo’yicha malaka oshirishdan o’tgan 
va shu sohada o’z ishini davom ettirmoqchi. Bunday guruh tahlilchisi (analitik) uchun 
u o’rtacha ko’rsatkichga ega. Agar o’rtacha daraja bilan, ya’ni uning e’tiborliligi va 
tezligi 80% ni tashkil etadi. U o’zining bo’limida eng sekin ishlaydi, lekin, xattoki 
bayram kunlari ham ishlaydi, shuningdek, muzeyda tahlilchilar yetishmaydi. Ishchi 


549 
kuchi bozorida esa ular, tahlilchilar kam va tahlilchilarni o’rtacha oyligi juda oshib 
ketgan. 
MASTURA OLIMOVA 
Boshqaruv bo’limida buxgalter bo’lib ishlaydi va buxgalteriya tahlili bo’yicha 
imtihon topshirishga tayyorgarlik ko’ryapti. Jamoa unga xayrixoxlik bildirib, bo’sh 
vaqt ajratib beryapti. Bir yildan keyin unda ikkita diplom bo’ladi. Hozirda uning 
natijalari yaxshi emas va ishlashga bo’lgan xoxish ma’lum darajada pasaygan, lekin, 
o’ziga yuklatilgan yillik rejani to’liq bajarib keladi. Moliyaviy masalalar bo’yicha 
boshliq bilan gaplashganda uning otasi uch oy avval olamdan o’tganligi va onasi, 
singlisi uning qaramog’ida qolganliklari ma’lum bo’ldi. Unda hozir moliyaviy 
qiyinchiliklar mavjud. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   556   557   558   559   560   561   562   563   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Keysda masalaning yechimi orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish