• 16-mavzu. Iste’mol, jamg’arma va investitsiyalar
  • -mavzu. Yalpi talab va yalpi taklif




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet602/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   598   599   600   601   602   603   604   605   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    15-mavzu. Yalpi talab va yalpi taklif
    Yalpi talab tushunchasi va uning tarkibi. Yalpi talab egri chizig’i. Yalpi talab 
    miqdoriga ta’sir etuvchi omillar: iste’mol sarflaridagi o’zgarishlar, investitsion sarflar, 
    davlat sarflari, sof eksportdagi o’zgarishlar.
    Yalpi taklif tushunchasi va uning tarkibi. Yalpi taklif egri chizig’i. Yalpi taklif egri 
    chizig’idagi yotiq, oraliq va tik kesmalar. Yalpi taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar: 
    resurslar narxining o’zgarishi, samaradorlikning o’zgarishi, huquqiy me’yorlarning 
    o’zgarishi.
    Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi. AD-AS modeli. 
    Yalpi talab va yalpi taklif egri chiziqlarining kesishishi. Xrapovik samarasi. Milliy 
    bozorning to’yinganlik darajasi. Taqchillikning iqtisodiy tabiati va uni bartaraf qilish 
    yo’llari. 
    Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’siri davom etib turgan va ayrim mamlakatlar 
    o’rtasida ziddiyatlar kuchaygan hozirgi sharoitda yalpi talabning qisqarishi. Yalpi talabning 
    oshirishini qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari. 
    16-mavzu. Iste’mol, jamg’arma va investitsiyalar
    Iste’molning mazmuni va uning turlari. Iste’mol fondi va iste’mol sarflari. 
    Jamg’arma va uning maqsadi. Iste’mol va jamg’arma o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi. 
    Iste’mol va jamg’arma darajasini belgilovchi omillar. Iste’mol va jamg’arma funktsiyasi. 
    Iste’mol va jamg’arma hajmiga daromaddan tashqari ta’sir ko’rsatuvchi omillar. Iste’mol 
    va jamg’armaga o’rtacha va keyingi qo’shilgan moyillik va ularni aniqlash.
    Jamg’arishning mazmuni va uning manbalari. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 


    602 
    maqsadidagi jamg’arish. Jamg’arish normasi. Nominal va real jamg’arish. 
    Investitsiyalarning mazmuni va vazifalari. Investitsiyalarning manbalari va tuzilishi. 
    Investitsiyalarga sarflar darajasini belgilovchi omillar. Yalpi va sof investitsiyalar. Yalpi 
    investitsiya va amortizatsiya nisbati o’zgarishining iqtisodiyotga ta’siri. Investitsiya 
    funktsiyasi. 
    Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi nisbat. Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi 
    muvozanatning klassik va keynscha modellari, ular o’rtasidagi farqlar.
    O’zbekistonda investitsion faoliyatni ta’minlash va uning shart-sharoitlari. Milliy 
    iqtisodiyotni rivojlantirishda ichki investitsiya manbalarni safarbar etish va chet el 
    investitsiyalarini jalb qilishning ahamiyati. Tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga oshirishda 
    qulay investitsiya muhitining yaratilishi takomillashtirilishi. 2017-2021 yillarda ishlab 
    chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, transport-
    kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol 
    investitsiya siyosatini olib borish. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   598   599   600   601   602   603   604   605   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish