138
Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning nazariy jihatlari
psixologik , pedagogik va boshqa fundamental fanlar asosida yaratiladi. Jumladan:
- ko‘rgazmali dasturli hujjatlar;
- metodik adabiyotlar;
- jamoa va yakka tartibda ish olib borish;
- elementar matematik tushunchalarni shakllantirish;
- inson ijodiy faoliyatining butun maqsadli ko‘rinishlari
asosida amalga
oshiriladigan pedagogik jarayondir.
Matematik tushunchalarni shakllantirishning maqsadi – bolalarga faqat
matematikani o‘rgatishdan emas, balki ularni hayotga tayyorlash, o‘zlarining
hayotdagi o‘rinlarini topishga yordam berishdan iborat. Zamonaviy
matematikada
“son” , “figura” va boshqa tushunchalarni asoslashda to‘plamlar nazariyasidan
foydalaniladi. Bolalar bilan ishlash narsalarning umumiy belgilariga qarab tanlash,
guruhlarga birlashtirishni o‘rgatishdan boshlanadi. Bolalarni maktabga tayyorlash
son-sanoqni,
geometrik shakllarni, fazo va vaqt haqidagi tasavvurlarini
shakllantirishdan iborat bo‘ladi. Matematik adabiyotlarda qiziqarli masalalarga
keng o‘rin berilganligi bejiz emas. Negaki o‘yin orqali yondashuv ta’lim jarayonini
osonlashtiradi, deb hisoblashgan. Nafaqat osonlashtiradi, balki bu fanga qiziqishni
kuchaytirib, bolani chuqurroq bilim olishga undaydi.
Shuning bilan birga
matematik quvnoq va maktabgacha ta’lim tashkilotiga bormaydigan bolalar uchun
ham qiziqarli bo‘lishi kerak. Boshqa tomondan qaraganda, eng oddiy matematik
misol va masalalar oddiy bilish ko‘nikmasigagina emas,
tez fikrlash, tasvirlash,
o‘qish malakasini ham rivojlantirish lozim. Olimlarning fikricha,
tarbiyachi ilk
matematik ko‘nikmalarni shakillantirish ilk iqtisodiy ta’lim bilan uzviy holda olib
borish maqsadga muvofiqdir. Bundan kelib chiqadiki, matematikani turmush
materiali asosida yoki yoshga mos ravishda o‘rgatish maqsadga muvofiq.