• Nazorat savollari va topshiriqlar
  • Topshiriqlar
  • Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik ish shakllari




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/87
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #243415
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   87
    Bog'liq
    Математик тасаввурларни шакллантириш

    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik ish shakllari. 
    Metodik ishga 
    rahbarlik vazifalarini amalga oshirish kadrlar bilan jamoa va individual ish 
    shakllari orqali amalga oshiriladi. Jamoa ish shakliga pedagogik yig‘ilishlar kiradi. 
    Maktabgacha ta`lim tashkilotida pedagogik kengash haqida Nizomga asosan 
    quyidagi masalalarni ko‘rib chiqish mumkin: «Ilk qadam» Davlat o’quv 
    dasturining bajarilishi haqida tarbiyachilarning hisobotlari, tajriba almashish, 
    tematik tekshirish natijalarining bahosi, ilg‘or pedagogik tajribani va fandagi yangi 
    yutuqlarni amaliyotda qo‘llash va boshqalar. Pedagogik kengashlarning aniq 
    mavzusi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining holati va yillik rejada ko‘zda tutilgan 
    vazifalarga bog‘liq holda quyidagicha mavzularni keltirish mumkin:
    1. Matematika ta’limiy faoliyatlarida bolalarning fikrlash jarayonini 
    faollashtirish ish tajribasi bilan almashish.
    2. Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda o‘yin usullari va 
    qiziqarli mashqlardan foydalanish ish tajribasi bilan almashish.
    3. Bolalar tomonidan o‘zlashtiriladigan matematik bilimlarning individual 
    xususiyatlari.
    4. Matematika ta’limiy faoliyatlarida bolalarga individual yondashish.
    5. Bolalarning maktabda matematikani o‘rganishga tayyorgarligi holati.
    Nazorat savollari va topshiriqlar: 
    1.Maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasiga qo‘yiladigan talablarni sanab 
    bering. 
    2.Tarbiyachilar bilim darajasini va mahoratini oshirish shakllarini ayting. 
    3. Maktabgacha ta’lim tashkilotida matematik mashg‘ulotlarni o‘tkazishda 
    kasbiy tayyorgarlik nimalardan iborat?
    Topshiriqlar: 
    Maktabgacha 
    yoshdagi 
    bolalarni 
    maktab 
    ta’limiga 
    tayyorlashda elementar matematika mashg‘ulotlarining ahamiyati” mavzusida esse 
    yozing.
     
     


    155 
    Adabiyotlar: 
    1.Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.: 
    Ilm ziyo, 2006.
    2. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия 
    ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.: 
    Ўқитувчи, 1995 й. 
    3. Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni 
    shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007. 

    Download 2,88 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   87




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik ish shakllari

    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish