O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna




Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/87
Sana19.05.2024
Hajmi2,88 Mb.
#243415
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   87
Bog'liq
Математик тасаввурларни шакллантириш

1-qism: 
Bolalarni archachalarning ko‘pligiga jalb qilaman. Keyin esa bitta 
archacha olib bolalardan menda nechta archacha borligini so‘rayman, ulardan 
javob bergan har bir bolani bittadan archacha olishga taklif etaman va ularning har 
biridan nechta archacha olganligini so‘rayman. Hammalari archachalarni olib 
bo‘lganlaridan so‘ng stolda bitta ham archacha qolmaganligini ta’kidlayman va 
bolalarga 
archachani 
ko‘zdan 
kechirishni 
taklif 
qilaman. 
Bolalardan 


146 
archachalarning rangini, har birida nechtadan archacha borligini savollar berib 
so‘rayman, so‘ng umumlashtiraman.
Hamma bolalarda bittadan archacha borligini stol ustida bitta ham archacha 
qolmaganligini ta’kidlayman va bolalarga hammalari birgalikda birorta ham 
archacha qolmaganligini aytishni taklif qilaman. Shundan so‘ng hamma bolalarga 
bittadan archachani stol ustiga olib kelib qo‘yishlarini aytaman va bolalarning har 
biridan nechta archacha qo‘yganligini so‘rayman. Shundan so‘ng archalar ko‘payib 
qolganligini ularga tushuntiraman. Oxirida esa archalar ko‘pligini aytib 
yakunlayman.
2-qism:
Bunda huddi shunday mashqni quyonchalar bilan o‘tqazib, bolalarni 
guruhdagi predmetlarning hammasi uchun umumiy bilishlarni ko‘ra bilishga 
o‘rgataman. Ulardan archacha va quyonchalar rangini so‘rayman. Ularning 
javoblaridan xulosa qilaman.
Pedagogik ishning hisoboti va tahlili. 
Hayot guruhdagi ta’lim-tarbiyaviy jarayonni analiz qilishni, uning sifat va 
samaradorligini aniqlashni talab qiladi. Ta`limiy faoliyat aniq bolalar va alohida 
olingan har bir bola dastur materialini qanday egallaganligi (topshiriqlarni hamma 
uddaladimi, kim uddalay olmadi, sababi nimada, bu bolalarga tatbiqan 
harakatlarning qanday individual dastursini mo‘ljallash, yo‘q bo‘lgan va orqada 
qolgan bolalarga yetishib olishlarida qanday yordam berish, mashg‘ulotda 
boallarning faolligi qanday bo‘lganligi) qayd etiladi, bolalar intellektlari, xotiralari, 
idroklarida 
qanday 
siljishlar 
tashlanganligi, 
ularning 
yutuqlari 
va 
muvaffaqiyatsizliklari nimalarda ifodalanganligi, ta’lim tarbiya jarayonini 
o‘stiruvchi hamda tarbiyalovchi ahamiyat kasb etgan-etmaganligi aks ettiriladi.
Bolalarning yutuqlari maksimal darajada obyektiv baholanishi kerak, chunki 
haqiqiy ahvolni tahlil qilishgina maktabgacha yoshdagi bolalarga bundan keyin 
ta’lim va tarbiya berish usullarini aniqlash uchun asos bera oladi. Shuning uchun 
tarbiyachi faqat o‘zining taassurotlariga asoslanmasligi, balki bolalar faoliyati 
(rasm, yasalgan narsa, bolalar hikoyalari va shu kabilar)ning natijalaridan 
foydalanishi lozim. Nimalar egallanmaganligi, kimlar tomonidan egallanmaganligi 


147 
albatta hisobga olinishi kerak. Masalan, kichkintoylarning nutqlarnni o‘stirish va 
ularga savod o‘rgatish mashg‘ulotlaridagi faoliyatlarini tahlil qilishda bolalarning 
predmet va hodisalar haqidagi bilim va tasavvurlarining sifati, ularning nutqiy 
ko‘nikmalari, ifoda vositalaridan foydalanish, so‘z yasash, so‘zni o‘zgartirish 
malakalari, so‘zning tovush strukturasini farqlashning rivojlanganligi va shu 
kabilarga e`tibor berish zarur.
Bolaning ta’limda orqada qolish sabablari analiz qilinar ekan, 
tarbiyachilarning ishlarini kuzatish, ularga bu hodisalar sabablarini aniqlashlarida 
ko‘maklashish, alohida-alohida o‘qitishni uyushtirishda va bolalarga individual 
yondashishni amalga oshirishda foydali maslahatlar berishi kerak.
Umumiy ta’lim va hunar maktabining islohoti mehnat ta’limiga doir ishlarni 
yaxshilashni nazarda tutadi. Yangi dasturda bolalarning mehnati birinchi marta 
bolalar faoliyatining mustaqil turi sifatida ikkinchi kichik guruhdan boshlaboq 
alohida bo‘limga ajratilgan. Shuning uchun hisobotda bolalarda mehnat ko‘nikma 
va malakalari, jamoa mehnat malakalarining rivojlanish darajasini qayd etish 
lozim. Bunday analiz tarbiyachiga pedagogik jarayonning tafsilotini ko‘rish, 
ijobiylik va kamchiliklarni obyektiv baholash, asosli xulosalar chiqarish, o‘z 
mehnati mahsulini ko‘rish va uning istiqbolini belgilash imkonini beradi. 
Masalan:
MTT mudirasi ertalab guruhlarning ishga tayyorgarligini tekshira turib, bitta 
tarbiyachida matematika ta’limiy faoliyati uchun hamma materialning stol ustida 
turganini ko‘rdi. Navbatchilar geometrik shakllarni konvertlarga solayaptilar, 
rangli qalam va daftarlarning bor-yo‘qligini tekshirdilar.
Ikkinchi tarbiyachi o‘z o‘rnida yo‘q edi, u metodik kabinetda sanash uchun 
o‘yinchoqlar tanlayotgan edi, keyin esa guruhda sanoq zinachasini qidirdi. 
Uchinchi tarbiyachi esa ta`limiy faoliyat uchun materialni taxlayotgan edi, bolalar 
bu vaqtda o‘yin bilan mashg‘ul bo‘ldilar. 

Download 2,88 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   87




Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna

Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish