Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida matematika bo‘yicha ishlarni




Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/87
Sana19.05.2024
Hajmi2,88 Mb.
#243415
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87
Bog'liq
Математик тасаввурларни шакллантириш

Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida matematika bo‘yicha ishlarni 
rejalashtirish va qayd qilish. 
Matematikadan ta’limiy faoliyatlar rejasi aniq 
tuzilishi kerak. Metodika va nazariyani biladigan boshqa tarbiyachi ham bu rejadan 
foydalanib ta’limiy faoliyat o‘tkazishi mumkin bo‘lishi kerak.
Ish tajribasida ayrim tarbiyachilar boshqa odam tayyorlagan rejalarni, 
konspektlarni ko‘chirish bilan shug‘ullanadilar. Bu, albatta, unga katta zarar 
keltiradi. Bunday tarbiyachi hech qanday ijodiy ish olib bormaydi va bolani 
tarbiyalashda juda katta, yomon xatoga yo‘l qo‘yadi.
1. Ta’limiy faoliyatning nomi: Bu qismda uchraydigan xatolar:
ta’limiy faoliyat nomi o‘rniga uning raqami yoki didaktik o‘yin nomini 
yozib qo‘yadilar, bu noto‘g‘ri hisoblanadi.
2. Ta’limiy faoliyat mazmuni:
Bu bandda biz nimalarni o‘rganish, qanday tushunchalarni qanday hajmlarda 
berilishini yozamiz. Undan keyin ishimizga qo‘yilgan vazifalarni, maqsadimizni 
yozamiz.
Bundagi xatolar:
a) o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni ifodalashda aniq so‘z topa olmaslik, 
ko‘pincha tarbiyachilar «o‘rganishi» deb yozadilar, bu noto‘g‘ri, chunki faqat bir 
ta`limiy faoliyatda bolani o‘rgatib bo‘lmaydi. Shuning uchun boshqa so‘zlarni 


145 
ishlatish lozim. Ya’ni, tanishtirish, ko‘rsatish, mustahkamlash, mashq qilish 
kabilar.
3. Ko‘rgazmali materiallar:
Bu qismda metodik usullar yozilmaydi. Rejada ta`limiy faoliyatda kerakli 
ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar.
4. Ta’limiy faoliyatning borishi. 
Bu qismda ham metodik usullar yozilmaydi, faqat mashg‘ulot haqida 
batafsil yoziladi.
Ta’limiy faoliyatning borishi qismlarga bo‘linadi. Shularning hammasini 
qisqa, aniq va ko‘chirma gaplarsiz yozish kerak.
1. Ta’limiy faoliyatning nomi: matematika.
Maqsad: Bolalar nutqida “ko‘p”, “bitta-bittadan”, “birorta ham” 
so‘zlarining qo‘llanilishini shakllantirish va faollashtirish.
2. Ta’limiy faoliyat mazmuni:
Bolalarni ayrim predmetlarni guruhdan ajratib olishga va ayrim 
predmetlardan guruh tuzishga o‘rgatishni davom ettirish, guruhdagi, barcha 
predmetlar uchun umumiy bo‘lgan 1-2 belgini topishga bolalarni o‘rgatish; bolalar 
nutqida “ko‘p”, “bitta”, “bittadan”, “birorta ham” so‘zlarni qo‘llanilishini 
faollashtirish, bir soni gapda ot vazifasida kelganida turlash.
III. Ko‘rgazmali material:
O‘yinchoqlar: guruhdagi bolalar soniga teng miqdorda archacha va 
quyoncha.
IV. Ta’limiy faoliyatning borishi:

Download 2,88 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87




Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida matematika bo‘yicha ishlarni

Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish