Nazorat savollari:
1.Turli
maktabgacha
yoshdagi bolalarda
matematik tushunchalarini
shakllantirishda tuzatish ishlarini olib borish qanday amalga oshiriladi?
148
2.Maktabgacha
ta’lim
tashkilotida
matematika
bo‘yicha
ishlarni
rejalashtirish qanday amalga oshiriladi?
Topshiriqlar:
Maktabgacha ta’lim tashkilotida matematika bo‘yicha
ishlarni rejalashtirishga oid pedagogik masalalar tuzing, izohlang
Adabiyotlar:
1.Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.:
Ilm ziyo, 2006.
2. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия
ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.:
Ўқитувчи, 1995 й.
3. Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni
shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007.
4. Михайлова А., Носова Э. Д., Столяр А. А., Полякова М. Н.,
Вербенец А. М.Теории и технологии математического развития детей
дошкольного возраста. – Издателство «Детсво-пресс». Санкт-петербург ,
2008.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI DIREKTORI VA KATTA
TARBIYACHINING O‘RNI
Tayanch so‘z va iboralar:
mudira, kata tarbiyachi, ta’lim-tarbiyaviy ish,
metodik rahbarlik, faollashtirish, maqsadga yo‘llash, o‘z-o‘zini boshqarish,
metodik ish shakllari.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori va katta tarbiyachisiga
qo‘yiladigan talablar.
O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tashkilotining mudira va
katta tarbiyachilarining, tarbiyachilar hamda bolalar bilan ishlashdagi roli juda
katta ahamiyatga egadir. Katta tarbiyachining lavozim va vazifalari O’zbekiston
Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonunda belgilab
berilgan.
149
Katta tarbiyachi maktabgacha ta`lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiyaviy ishga
metodik rahbarlikni amalga oshiradi. Bolalarni ta’lim-tarbiyasiga qoyilgan
minimal talablarni bajarilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi, ta’lim-tarbiyaviy
ishning to‘g‘ri uyushtirilishi uchun javobgar, ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganadi,
umumlashtiradi va tarqatadi, pedagogik kengashda ko‘rib chiqish uchun zarur
materiallarni tayyorlaydi, maktabgacha ta`lim tashkilotidagi metodik kabinet ishini
tashkil qiladi, bolalarning yoshlariga muvofiq pedagogik qo‘llanmalar va
o‘yinchoqlarni tanlaydi.
Ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish, turli yosh guruhlari
tarbiyachilari, shuningdek maktabgacha ta`lim tashkiloti va maktab ishida ketma-
ketlilikni ta’minlash bo‘yicha ishni uyushtiradi.
Katta tarbiyachi oliy pedagogik ma’lumotga (maktabgacha pedagogika
fakulteti) ega bo‘lgan yoki o‘rta pedagogik (maktabgacha bo‘limi) ma’lumotga va
kamida 3 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan eng yaxshi tarbiyachilardan
tayinlanadi. O‘z kasbining hurmatini qozonishi va ularga o‘z vazifalarini
muvaffaqiyatli bajarishlarida yordam berish uchun katta tarbiyachi qanday
rahbarlik sifatlariga ega bo‘lishi kerak?
Katta tarbiyachi faqat yaxshi nazariy tayyorgarlikkagina emas, balki
bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmasiga ham ega bo‘lishi zarur. Bunday
ko‘nikmasiz butun ish qat`iy ilmiy asosda qurilgan, bola psixologiyasini chuqur
bilishni nazarda tutadigan zamonaviy maktabgacha ta`lim tashkilotida ishlab
bo‘lmaydi. U fanning turli sohalari, madaniyat, san`at, etikadan keng xabardor
bo‘lishi kerak.
Tajribali katta tarbiyachining tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondashishi
g‘oyalarni umumlashtira bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining
imkoniyat va qobiliyatlarini hisobga olishga qarab farqlanadi. U pedagoglar bilan
maslahatlashadi, jamoatchilik fikri, hamkasblarining tanqidiy mulohazalari va
takliflariga hushyorlik bilan quloq soladi, ularning tajriba va bilimlaridan
foydalanadi, tarbiyachi ishidagi muvaffaqiyatni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlaydi.
Uning yutuqlarini ommalashtiradi. Maqtov va ma’qullash pedagoglarning o‘z
150
tajribalari, fikr va hissiyotlarini hamkasblari bilan o‘rtoqlashish ishtiyoqini
tug‘diradi.
Katta tarbiyachi talablarni qo‘yishda talabchan va qat`iy bo‘lishi kerak.
Rahbarning o‘ziga bo‘ysunuvchilar bilan muloqotning emotsional-irodaviy
tomonini ifodalovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim xislati —
talabchanlikni hosil qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirlik, xayrixohlik, odamlarga
hurmat bilan birga qo‘shib olib borish zarur. Talabchanlik — bu qattiqo‘llik degan
gap emas. Buyruqlar, qattiq tanbehlar, hayfsanlarning foydasidan ko‘ra zarari
ko‘proq va bu, odatda, rahbarning kuchliligidan emas, balki zaifligidan dalolat
bepadi. Katta tarbiyachining muhim sifatlardan biri tadbirkorlikni har xil tipdagi
kishilarga
ularning
bilimlari,
madaniyati,
tarbiyalanganlik
darajalarini,
temperament va xarakterlarini hisobga olib yondasha bilishidir. Maktabgacha
ta`lim tashkilotining qandayligini uning tarbiyachilari jamoasi ko‘rsatib turadi.
Jamoani yaratadigan, uni jipslashtiradigan, ishga layoqatli kuchga aylantiradiganlar
mudira va katta tarbiyachidir. Yaxshi
jamoada nizoli vaziyatlar ishbilarmonlik
bilan, takabburona tanbehlarsiz hal qilinadi. Ma’lumki, odoblilik shaxsning o‘zini
tuta bilishi, emotsional vazminligi bilan bog‘liqdir. Rahbarning obro‘sini hech bir
narsa manmanlik, bag‘ritoshlik, ma’naviy, etik madaniyatning tanqisligi, o‘ziga va
qo‘l ostidigilarga talabchanlik, so‘z bilan ish o‘rtasidagi uzilish to‘kkandek
to‘kolmaydi.
Hap qanday talab — ko‘rsatma yoki maslahat, mulohaza yoki xatti-harakat
tajribali rahbarda doimo amaliy xarakter kasb etadi. U xatto jahli chiqqan vaqtda
ham ovozini ko‘tarishdan o‘zini tiyadi. Talabchanlik har bir kishiga hurmat bilan
olib borilgan, va o‘ziga talabchan bo‘lish namunasi bilan mustahkamlangan
hollardagina samarali bo‘ladi.
Xushmuomala, nazokatli rahbar boshchilik qilgan pedagoglar jamoasida
uning baholari, ko‘rsatmalari, muomala ohangida alohida sezgirlik tarkib topishi
qayd etilgan.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim-tarbiyaviy faoliyatining samaradorligi,
uning obro‘si ko‘p jihatdan pedagoglar jamoasining jipslashganligiga, eng avvalo
151
butun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbar yadrosida birlik va o‘zaro
tushunishning mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi.
Direktor va katta tarbiyachining boshqaruvchilik vazifasi umumiy va o‘ziga
xos vazifalarga bo‘linadi. Masalan, rahbarning asosiy va umumiy vazifasi
maktabgacha ta`lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishdir. Umumiy
vazifalarga tarbiyachilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, uning faoliyatini
faollashtirish, maqsadga yo‘llash, o‘z-o‘zini boshqarish, nazorat qilishni
rivojlantirish kiradi. O‘ziga xos vazifalarga esa tarbiyachilarning kasb-hunar
malakalarini oshirish, metodik ishni tashkil qilish, pedagogik hujjatlarni yuritish
kiradi.
Bu
vazifalarni bajarish katta tarbiyachi va MTTning mudiri o‘rtasida aniq
taqsimlangan va kelishib olingan bo‘lishi kerak.
Kelishilgan harakatlar ma’lum masaalalarni hal qilishda duch kelinadigan
qiyinchiliklarni bartaraf etishda barchaga yordam beradi. Amaliyot ko‘rsatishicha,
operativ masalalar: ishni rejalashtirish, nazoratni amalga oshirish, pedagogik
kengash, konsultatsiyalarni o‘gkazish, buyruqlar, ko‘rsatmalar berish va hokazolar
osonroq hal qilinadi, takkabburlik, yengillik va ta’sirchanlik, insoniy xatti-
harakatlar sabablarini tushuna bilmaslik, kishilardagi afzalliklardan ko‘ra ularning
nuqsonlarini sezishga moyillik — bularning barchasi rahbarlikdagi qoralanadigan
uslubning asosiy belgilaridir. Mana shuning uchun ham pedagogik eruditsiya,
yuksak ma’suliyat hissi, g‘oyaviy ma’naviy e`tiqod haqiqiy rahbarning qimmatli
xislatlari hisoblanadi.
|