158
tasavvurlar natijasida hosil bo‘ladigan tushunchalar yig‘indisi sifatida namoyon
bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, ta’limning sifati uni berishda ishtirok etadigan
kishilar salohiyati va o‘quv jarayonining darajasiga bog‘liq. O‘quv
jarayoni bilan
bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar – yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars
berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil
qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan
foydalanish, tinglovchilarni fikrlashga undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni
ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar
bilan individual ishlash,
ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga o‘rgatish, ilmiy
izlanishga jalb qilishdan iborat bo‘lib, ushbu tadbirlar ta’lim ustuvorligini
ta’minlaydi. Bunda har bir fanning o‘ziga xos xususiyatlari,
maqsad va vazifalari
hamda spetsifikasiga asoslanish maqsadga muvofiq.