134
predmetni emas, balki o‘z harakatlarini sanashi mumkin. Shu qoidalarni yaxshi
o‘zlashtirib olganidan keyingina predmetlarni ularga qo‘l tekkizmay sanashi
mumkin. Sanash malakasini bola uchun qiziqarli bo‘lgan o‘yin bilan
mustahkamlash mumkin. Boladan ko‘zlarini yumishini so‘rang, o‘zingiz esa bip
necha marta chapak chaling yoki bolg‘acha bilan stolni bir necha marta uring. Bola
ko‘zini ochib, siz necha marta chapak chalganingizni aytishi, miqdorini sanashi,
stolda qancha predmet turgan bo‘lsa, shuncha marta chapak chalishi, bolaning o‘zi
nechani o‘ylagan bo‘lsa, shuncha marta o‘tirishi yoki sakrashi, so‘ngra shu sonni
aytishi, ular oldiga qo‘ygan predmetlaringizni sanashi, xonadagi bir xil
predmetlarni (stullarni, pardalarni, piyolalar, gullarni va boshqalarni) sanashi
mumkin.
Bola sanash ko‘nikmalarini o‘zlashtirganligini, sanash operatsiyalarini u
qanchalik asosli bajarilishini qanday bilish mumkin? Buni amalga oshirish juda
oson. Masalan, tugmalarni, yong‘oqlarni yoki boshqa predmetlarni qatorga qo‘yish
yoki biror aniq rasm, geometrik figura shaklida yoyish va ular nechta ekanligini
sanashni so‘rash. Sanashni yaxshi o‘zlashtirgan bola uchun bu topshiriq hech ham
qiyinchilik tug‘dirmaydi. Chunki u bu sonni tashkil qiluvchi predmetlarning
qanday joylashganligiga bog‘liq emasligini biladi.