128
O ‘rta terak, ho‘ji mirak,
Kenja buva, hammasi bo‘lib
o‘n barmoq (qarsak chalinadi).
Bu o‘yin qayta-qayta takrorlansa, o‘quvchilarning 10 soni ichida qo‘shish va
ayirish haqidagi bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.
“Mening o‘rnim qayerda?” o‘yini
Didaktik topshiriq:
1 dan 10 gacha bo‘lgan raqamlarning tartib bilan
joylashishi haqidagi bilimni mustahkamlash.
O‘yin topshirig‘i:
o‘quvchilarga 1 dan 10 gacha raqamlarning tartib bilan
joylashuvini, ularni bir-biri bilan taqqoslashni o‘rgatish.
O‘yin mazmuni:
O‘quvchilar o‘yin qoidasi bilan tanishtiriladi. Sinfdagi
o‘quvchilarning qo‘liga 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar yozilgan sonli kartochka
tarqatib chiqiladi. So‘ngra ularga shunday topshiriq beriladi: qo‘liga kartochka
tekkan bolalar doska oldiga kelib, o‘z o‘rnini bilib saflanadilar. Bolalar qo‘llaridagi
sonli kartochkaga qarab safdagi o‘z o‘rinlarini to‘g‘ri topa olishlari kerak. 1
raqamli bola birinchi o‘rinda, 2 raqamli bola 1 raqamli bola keyin, 3 raqamli bola
esa 2 raqamli boladan keyin kelib turishi kerak. Shunday qilib, bolalar safda
quyidagi tartibda turib olgan bo‘lishlari kerak: ( 1 ) 2 3 4 1 5 ] 6 8 (9) 10.
Tarbiyachi bolalarga quyidagi topshiriqlarni beradi: