• MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MATEMATIK RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA MANTIQIY FIKRLASHNI LOYIHALASH Tayanch so‘z
  • Maktabgacha yoshdagi bolalarning mantiqiy tafakkurini shakllantirishning ahamiyati.
  • Nazorat savollari va topshiriqlar




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/87
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #243415
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   87
    Bog'liq
    Математик тасаввурларни шакллантириш

    Nazorat savollari va topshiriqlar: 
    1.Olti yoshli bolalarga matematikani o‘rgatish yo‘llarini ayting .
    2. Bolalarni arifmetik amallarni ifodalashga o‘rgatishda nimalarga ahamiyat 
    berish kerak?
    3.
     
    Masalalarni yechishga o‘rgatish bosqichlarini izohlang.
    Topshiriqlar: 
    Bolalarni arifmetik masalalar yechishga o‘rgatishga oid 
    didaktik o‘yinlardan misollar keltiring va masalalar tuzing.
     
    Adabiyotlar: 
    1.Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.: 
    Ilm ziyo, 2006.
    2. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия 
    ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.: 
    Ўқитувчи, 1995 й. 


    124 
    MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MATEMATIK 
    RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA MANTIQIY FIKRLASHNI 
    LOYIHALASH 
     
    Tayanch 
    so‘z 
    va 
    birikmalar:
    shaxsga 
    yo‘naltirilgan 
    ta’lim, 
    kompetensiyaviy yondashuv, kommunikativ savodxonlik, mantiqiy masala, 
    matematik masala, fanlararo integratsiya, mantiqiy tafakkur.
    Maktabgacha 
    yoshdagi 
    bolalarning 
    mantiqiy 
    tafakkurini 
    shakllantirishning ahamiyati.
    Bugungi kunda o‘quv tarbiya jarayonida 
    zamonaviy o‘qitish usullaridan, pedagogika fanining ilg‘or yutuqlaridan 
    foydalanish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim hamda kompetensiyaviy yondashuvga 
    asoslangan maktabgacha ta’lim nazariyasini yaratish kabi vazifalar dolzarb bo‘lib 
    qolmoqda. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari bolalarning ijodiy va 
    mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, 
    kommunikativ savodxonligini va o‘z-o‘zini anglash xususiyatini shakllantirishdan 
    iborat. Belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda maktabgacha yoshdagi 
    bolalarning mantiqiy tafakkurini shakllantirishning ahamiyati to‘g‘risida fikr 
    yuritmoqchimiz. 
    Maktabgacha ta’limning o‘ziga xos jihatlari shundan iboratki, bolalar
    ta’lim olish uchun turli tayyorgarlik darajasiga, har xil ijtimoiy tajribaga ega 
    bo‘lgan holda maktabga tayyorlanadi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda, 
    shaxslarga ta’lim-tarbiya berish, barkamol avlod sifatida voyaga yetkazishda 
    bolalarda mantiqiy bilishni shakllantirish, ya’ni mantiqiy fikrlashni o‘stirish 
    samarali usul hisoblanadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mantiqiy fikrlash tug‘ma 
    iste‘dod emas, shu ma’noda uni shakllantirish hamda o‘stirish mumkin va zarur. 
    Doimiy tarzda mantiq fanini o‘rganish, unga murojaat qilish bolalarning abstrakt 
    mantiqiy fikrlashini o‘stirishning sinalgan usullari hisoblanadi. 
    Maktabgacha yoshdagi bolalarga predmetlar to‘plami bilan bog‘liq 
    tushunchalarni 
    o‘rgatishda didaktik materiallarga asoslangan «mantiqiy 
    bloklardan» foydalanish qulaydir. Bu bloklarning «mantiqiy» deb atalishi shuning 


    125 
    uchunki, ularning turli xilini modellashtirish, aniq tashkil qilingan holatlar 
    yordamida mantiqiy masalalarni yechish, ya’ni 4-6 yoshdagi bolalarni erta 
    mantiqiy fikrlash usulida ishlatish mumkin. Masalan, mantiqiy masalalarda 
    fikrlash qobiliyatini o‘stirishning o‘ziga xosligi mavjud. Shu masalalardan birini 
    yodga olaylik: “Qirg‘oqning bir tomonidan ikkinchi tomoniga bo‘ri, echki va 
    karamni olib o‘tish kerak. Lekin bo‘ri bilan echkini, echki bilan karamni birgalikda 
    qirg‘oqda qoldirib ham, qayiqda birga olib o‘tib ham bo‘lmaydi, faqatgina 
    birgalikda bo‘ri bilan karamni yoki ularning har birini alohida o‘tkazish mumkin. 
    Qirg‘oqlarga borib kelish chegaralanmagan. Ularni qanday qilib sog‘-omon 
    o‘tkazish mumkin?” Bu masalani har birimiz bir necha bor yechgan yoki yechimini 
    rasmlar orqali bolalarga tushuntirganmiz. Bu bo‘ridan echkini, echkidan bo‘rini 
    asrash lozim bo‘lgan hazilomuz ushbu misolda jiddiy matematik tahlilning 
    dastlabki ko‘rinishi shakllanadi. Bunga o‘xshash misollarni bugungi kunda 
    maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham ko‘plab qo‘llanmoqda. Maktabgacha 
    ta’limda bolalarning mantiqiy tafakkurini o‘stirishga qaratilgan masalalar bilan bir 
    qatorda ularga mantiqiy fikrlay oladigan shaxs sifatida yondashish lozim. Bolalar 
    masalalarni yechishi uchun tarqatma materiallardan kehg foydalanish maqsadga 
    muvofiqdir. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, berilgan misol va 
    masalalar bolalarning tafakkuri, zehni, yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
    maktabgacha ta’limda mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida 
    tuzilgan 
    bo‘lsa, 
    bolalarning 
    mantiqiy 
    fikrlashini 
    rivojlantirish 
    uchun 
    mashg‘ulotlararo integratsiyaga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Zero, aqlni 
    charxlash doimiy mashqlar yordamida amalga oshadi. Har bir ta’limiy faoliyat 
    bo‘yicha nostandart mantiqiy masalalar berish nafaqat zaruriy balki majburiydir. 
    Quyidagi masalalarni e‘tiboringizga havola etamiz: 
    1. Uch dugona – Zebo, Ra’no va Shahlo turli rangdagi: ko‘k, sariq va oq 
    ko‘ylaklar kiyib olishgan. Zeboning ko‘ylagi oq emas, Ra’noniki esa oq ham, sariq 
    ham emas, ayting-chi, har bir qizchaning ko‘ylaklari qanaqa rangda? 
    Javob: 
    Zebo – sariq, Shahlo – oq, Ra’no esa ko‘k rangdagi ko‘ylakda. 
    2. Muhayyoning Maftunaga nisbatan bo‘yi pastroq, Irodaning esa Zamiraga 


    126 
    nisbatan bo‘yi balandroq. 
    Quyidagi savollarga javob bering: 
    Kimning bo‘yi balandroq - Muhayyonikimi yoki Maftunanikimi? 
    Qizchalarni bo‘yiga qarab yozib chiqing. 
    Yechimi: Muhayyo, Maftuna, Iroda, Zamira. 
    3.Tarozining bir pallasida katta karam, ikkinchi pallasida esa 2 kilogramli 
    tosh va kichik karam. Tarozi pallalari muvozanatda. Katta karam og‘irligi kichik 
    karam og‘irligiga nisbatan qanchaga ko‘p? 
    Javob: 
    2 kilogrammga. 
    4. Ikki litrlik bankadan va 5 litr suv sig‘adigan choynakdan foydalanib, qaysi 
    yo‘l bilan suv krani jo‘mragidan 6 litr suv olish mumkin? 
    Javob: 
    Bankaga 2 litr suv olib, choynakka quyamiz, yana bankaga 2 litr suv 
    olib, choynakka quyamiz va bankaga yana 2 litr suv olamiz. 

    Download 2,88 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   87




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish