• Nazorat uchun savollar
  • BOLALARNING HAR BIR YOSH GURUHIDA VAQTNI IDROK QILISHI Tayanch so‘z va iboralar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/87
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #243415
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   87
    Bog'liq
    Математик тасаввурларни шакллантириш

    O‘yinning borishi:
    Tarbiyachi rangli doirachalarni har xil joyga qo‘yib, 
    bolalarga signal chaladi va rangni aytadi, bolalar rangni eshitib, shu rangdagi doira 
    oldiga turadi. Adashgan bola o‘yindan chiqib turadi.
    Dushanba – qizil rangda, 
    Seshanba – ko‘k rangda,
    Chorshanba – yashil rangda, 
    Payshanba –sariq rangda,
    Juma – siyohrangda,
    Shanba –jigarrangda, 
    Yakshanba – qora rangda.
    Nazorat uchun savollar: 
    1.Vaqtning qanday xususiyatlari bor?
    2. Bolalarda vaqtni his qilish qanday yo‘llar bilan rivojlantiriladi? 
    3. Bolalarni vaqtni idrok qilishga o’rgatishda qanday didaktik o’yinlardan 
    foydalaniladi? 
    Topshiriqlar: 
    Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan bolalarda vaqtni 
    idrok qilishga o‘rgatishni “Nima uchun?” texnologiyasi asosida taqqoslang va 
    taqdimot tayyorlang.
     
    Adabiyotlar: 


    115 
    1. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия 
    ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.: 
    Ўқитувчи, 1995 й. 
    2. Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni 
    shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007. 


    116 
    BOLALARNING HAR BIR YOSH GURUHIDA
    VAQTNI IDROK QILISHI 
    Tayanch so‘z va iboralar: 
    vaqt qismlari, tabiat hodisalari, sutka qismlari, 
    vaqt ko‘rsatkichlari, hafta kunlari, yil fasllari. 
    Bolalarda vaqtni idrok qilish qobiliyatining shakllanishi. 
    O‘quv yilining 
    boshida katta guruh bolalarida ertalab, kunduzi, kechqurun va kechasi kabi vaqt 
    qismlari haqidagi tasavvurlar mustahkamlanib, ular vaqtni atrofidagi kattalar 
    bilangina emas, balki vaqtning obyektivroq ko‘rsatkichlari – tabiat hodisalari 
    (quyosh chiqishi) bilan bog‘laydilar. Tarbiyachi bolalar bilan ularning atrofidagi 
    kattalar bilan kun davomida nima ish qiladilar, ularni qanday izchillikda, qachon 
    bajaradilar, erta tong, kunduz, kechqurun haqidagi taassurotlari to‘g‘risida 
    suhbatlashadi. Bolalarga mavzuga doir she’r va hikoyalar aytib beriladi. Ko‘rsatma 
    material sifatida bolalarning kun davomida xilma-xil faoliyat turlari aks ettirilgan 
    rasm va fotosuratlardan foydalaniladi: o‘rin ko‘rpalarni yig‘ish, ertalabki 
    gimnastika, yuvinish, ertalabki nonushta. Sutka qismlari haqida tasavvurlarni 
    aniqlashda didaktik o‘yinlar, masalan, bizning kun o‘yini yordam beradi. «Kecha», 
    «bugun», «ertaga» kabi vaqt belgilarining o‘zgaruvchanligi va nisbiyligi 
    bolalarining ularni o‘zlashtirishlarida qiyinchilik tug‘diradi.
    Besh yoshli bolalar 
    bu so‘zlarni yanglishtiradilar. Pedagog muayyan so‘zlarning mazmun ahamiyatini 
    ochib berish uchun bolalarga quyidagi savollarni beradi: «Biz siz bilan kecha 
    qayerda bo‘ldik?», «Istirohat bog‘iga qachon borgan edik?». Bolalarni vaqt 
    terminlari ustida mashq qildirish uchun katta guruhda so‘zli didaktik o‘yinlar 
    hamda o‘yin mashqlaridan, masalan, «Davom ettir!» o‘yinidan foydalaniladi. Bu 
    mashqni koptok bilan o‘ynaladigan o‘yin shaklsida o‘tkazish mumkin. Bolalar 
    doira bo‘lib turadilar. Tarbiyachi qisqa jumla aytib, koptokni tashlaydi. Kim 
    koptokni ushlab olsa, o‘sha bola tegishli vaqtni aytadi. Masalan: tarbiyachi 
    koptokni tashlab: «Biz pochtaga bordik», - deydi. Bola esa koptokni ushlab olib 
    «kecha» – deb jumlani tugatadi. Bolalar hafta kunlarining nomini faoliyatining 
    aniq mazmuni bilan bog‘laydilar. Endilikda bolalar har kuni ertalab hafta 


    117 
    kunlarining nomini shuningdek, kecha haftaning qaysi kuni ertaga qaysi kuni 
    ekanligini aytadilar. Matematika ta`limiy faoliyatlarida vaqti-vaqti bilan bolalarga 
    hafta kunlarini tartibi bilan aytish taklif etiladi. Aytilgan kundan oldin va keyin 
    qanday kun kelishini aytish muhim. Pedagog «Qaysi kunlari rasm chizish 
    mashg‘ulotimiz bor? Musiqa mashg‘ulotichi? deb savollarni almashtirib turadi.
    Bolalar tartib bilan sanashni, hafta kunlarini tartib bilan aytishni o‘rganib 
    olganlaridan keyin kunni tartib raqami bilan bog‘laydilar. Hafta kunlarining 
    izchilligi haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun “Hafta kunlari” so‘zli didaktik 
    o‘yinidan foydalanish mumkin. Hafta kunlarining alamashinishini kuzatib borish 
    bolalarda takrorli vaqtning o‘zgaruvchanligi haqida tushuncha hosil bo‘lishiga, 
    uning ketidan hafta kelishini ochib berishga imkon yaratadi.

    Download 2,88 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   87




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna

    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish