• Masalalarni yechishga o‘rgatish bosqichlari.
  • Bolalarni masalalar yechishga o‘rgatish




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/87
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #243415
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87
    Bog'liq
    Математик тасаввурларни шакллантириш

    Bolalarni masalalar yechishga o‘rgatish
    . Oldingi olib borilgan ishlar 
    bolalarning yangi faoliyatga, hisoblashga o‘gishlariga imkon beradi. Qo‘shish va 
    ayrishga o‘rgatish — birinchi sinfda matematika o‘qitishning asoslaridan biridir. 
    Bolalar bog‘chasida asosiy tayyorlov ishlari olib boriladi. Bolalr arifmetik 
    masalalarni yechib hisoblash malakalarini egallab boradilar. Bu arifmetik 
    amallarning ma’nosini tushinishga hamda unga ongli suratda yondashishga
    kattaliklar, natija hamda amallar komponenti o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni 
    aniqlashga imkon beradi. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar bir amalli oddiy 


    123 
    masalalarni, yani narsalar ustida ish bajarishdan (qo‘shish, ayirish) bevosita kelib 
    chiqadigan (qo‘shdik – ko‘paydi, ayirdik – kamaydi) arifmetik masalalarni 
    yechadilar. Bular yig‘indi va qoldiqni topishga qaratilgan masalalardir. Bolalarni 
    katta songa kichik sonlarni qo‘shish hollari bilan tanishtiriladi: ularni avval bir 
    sonini qo‘shish va ayirish, keyinroq 2 va 3 sonlarini qo‘shish va ayirishga o‘rgatib 
    boriladi.
    Masalalarni yechishga o‘rgatish bosqichlari. 
    Maktabgacha ta’lim 
    yoshidagi bolalarni hisoblash faoliyatiga o‘rgatish va masalalar bilan tanishtirish
    ularga kichik-kichik hajmda bosqichma-bosqich bilimlar berish bilan amalga 
    oshiriladi. Birinchi bosqichda bolalarga masalalar tuzishni o‘rgatish hamda ularga 
    masalalar mazmunida tevarak-atrofdagi hayotda o‘z aksini topishini anglab 
    olishlarida yordam berish zarur. Ular masala strukturasi (tuzilishi)ni o‘rganib, 
    masalaning shart va savollarini aniqlaydilar, berilgan sonlarni muhim ahamiyatga 
    ega ekanligini anglab oladilar. Bundan tashqari, ular masalalar yechishga, qo‘shish 
    va ayirish amallarini ongli tanlash va ifodalashga, masalada aytilgan narsalar bilan 
    bajarilgan amallar qanday miqdoriy o‘zgarishlarga olib kelishini aniqlashga 
    harakat qiladilar.

    Download 2,88 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish