118
1. Bola qaysi vaqt haqida gap ketayotganini, mustaqil vaqt oralig‘ini bilishi,
vaqt haqida, soatdan foydalanishni bilishi kerak.
2. Bolalarning turli harakatlarida ularga ma’lum vaqt bo‘laklari haqida,
berilgan topshiriqni ma’lum vaqtda bajarishga ulgurish mumkinligini tushuntirish.
Bolalarda soatga qaramasdan o‘z sezgilariga qarab vaqtni sezish
rivojlanadi. Kattalar bu malakalarning o‘zlashtirilishida yordam berdilar. Katta va
tayyorlov guruh bolalari bilan vaqtni sezishni 1,3,5,10
daqiqa oraliqlari bilan
tanishtirishdan boshlaymiz, 1 daqiqa bu birinchi vaqt boshlanish haqidagi birlik
hisoblanadi. Hayotda ko‘pincha «bir daqiqaga», «bir daqiqadan so‘ng», «bir
daqiqa kutib turing» kabi iboralar tez-tez ishlatilib turiladi. Bunda ishni uyushtirish
va metodika ishlari quyidagicha bo‘ladi:
1. Bolalarni 1,3,5 va 10 daqiqa o‘tishi bilan tanishtirish bunda sekundomer,
qum soatlardan foydalaniladi.
2. Bu vaqtlarning o‘tishini turli harakatlarga bog‘liq holda o‘tkazish.
3. Bolalarni ko‘rsatilgan, belgilangan vaqtacha berilgan topshiriqlarni
bajarishga o‘rgatish.
Ishlar bir necha bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqichda belgilangan vaqt ichida berilgan topshiriqni bajarish, bunda
qum soatlarda bajariladi. Tarbiyachi doimo
bolalarga baho berib boradi, ularning
o‘zlashtirishlariga qarab, baholanadi.
2-bosqichda vaqtning o‘tish oraliqlarini baholash, tarbiyachi bunda ham
baholab boradi.
3-bosqichda
oldindan vaqt oraliqlarini, uning o‘tishlarini rejalashtirish.
Bunda ham qum soatlaridan foydalaniladi.
4-bosqichda esa vaqtni baholash, uning davomiyligini hayot bilan bog‘liq
holda olib borishni o‘rgatish.
Dastur materiali quyidagi mashg‘ulotni o‘z ichiga olib, quyidagi topshiriqlar
qo‘yiladi:
1.Bolalarni 1 daqiqa o‘tish davomi bilan tanishtirish.
119
2.Turli ish faoliyatlari davomida qum soati bilan vaqt o‘tishini nazorat
qilish.
3. Berilgan topshiriqni o‘z vaqtida bajarish ko‘nikmasini hosil qilish.
Masalan:
Eksperiment uchun tayyorlov guruhiga matematika ta’limiy faoliyatida
tarbiyachi «Bilmasvoy»ni olib kiradi va unga yordam berishni bolalarga aytadi.
«Bilmasvoy» birinchi marta maktabga keldi. Tarbiyachi undan so‘radi: “Hafta
kunlarini tartib bilan ayta olasanmi? U kulib yubordi va «Avval yakshanba — dam
olish kuni, keyin –
chorshanba, keyin shanba – o‘ynash kerak – Mana bo‘ldi!”
Sizlar nima deb o‘ylaysizlar, savollarga to‘g‘ri javob berdimi? Xuddi
shunday asosda bolalar Bilmasvoyning oylar, yil fasllari nomini aytishdagi
xatolarini tuzatadilar. Ta’limiy faoliyat yakunida bolalar «Bilmasvoy»ga
hafta
kunlarining oylar va yil fasllarining ketma-ketligini aks ettirgan xat yozadilar.