111
Ikkita sara parda.
Ikki rangda ikkovi,
Oq parda, qora parda.
Tushganda qora parda
Oq parda berkinadi,
Oqi tushsa agarda,
Qorasi chekinadi
(Kun va Tun).
O‘rta guruh.
Kichik guruh singari bu guruhda ham vaqtni bilish bolalarni,
asosan, kundalik hayotida o‘stirib boriladi muhimi bu o‘rgatishining puxta hissiyot
asosida amalga oshirilishidir. Pedagog sutka qismlarining nomini bolalar va ularga
yaqin katta yoshli kishilarning ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi nima qilishlari
bilan bog‘liq, bolalarning sutka qismlari haqidagi tasavvurlarini aniqladi.
Bolalarning sutka haqidagi tasavvurini aniqlash maqsadida ular bilan suhbat olib
boriladi. Suhbat taxminan mana bunday o‘tkazilishi mumkin:
avval tarbiyachi
bolalardan ular bolalar bog‘chasiga kelishdan oldin nima ish qilganliklarini, ertalab
bolalar bog‘chasida nima qilganliklarini, bolalar bog‘chasida
kunduzi nima
qilishlarini gapirib berishlarini so‘raydi. U bolalarning sutkaning har bir qismida
nima qilayottanliklarini aniqlaydi va umumlashtiradi.
U suhbat oxirida ertalab,
kuduz va tun — bular sutkaning qismlari ekanligini aytadi. «Bugun», «kecha» kabi
vaqt tushunchalari nisbiy xarakterga ega. Bolalarning ularni o‘zlashtirishlari qiyin.
Buning uchun imkoni boricha bugun, ertaga, kecha so‘zlaridan ko‘proq
foydalanish va bolalarni bu so‘zlarni ishlatishga undab turish zarur.
Tarbiyachi
muntazam ravishda ularga biz qachon rasm soldik? Biz bugun nima ko‘rdik?
Ertaga qayerga boramiz? Savollari bilan murojaat qilib turishi lozim. Tez sekin
so‘zlarining ma’nosi konkret misollar bilan ochib boriladi.
Tarbiyachi bolalar
diqqatini o‘yin davomida ular bajarayotgan harakatlarning tezlik darajasiga jalb
etadi. Kiyinish vaqtida u tez kiyinayotganlarni maqtaydi. Imillab kiyingan
bolalarga tushuntiradi, sayr vaqtida yayov kishi bilan velosipedchining, avtomobil
bilan poyezdning, qurt bilan qo‘ng‘izning harakat tezligini taqqoslaydi.
112
Tarbiyachi bolalarga kecha nima ishlar qilganliklarini
gapirib berishlarini
aytadi.
Bolalar kechagi kunlari qanday o‘tganligini gapirib beradilar.
Tarbiyachi yana bolalarga: “Bugun ertalab yuz-qo‘lingizni yuvdingizmi?”,
“Bugun bog‘chaga kim bilan keldingiz?”, “Bugun ertalab badantarbiya
qildingizmi?”, “Ertaga nima qilmoqchisiz?” kabi savollar
beradi va bolalar javob
berishadi.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: