Nazorat uchun savollar:
1.Bolalarda fazoda mo‘ljal olish qanday rivojlantiriladi?
2.Idrok qilish va fazoda mo‘ljal olishda so‘zning ahamiyati qanday?
3.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan tevarak-atrofni kuzatishning
ahamiyatini ayting.
4.Bolalarda fazoviy tasavvurning rivojlanishiga nimalar yordam beradi?
Topshiriqlar:
Bolalarda fazoda mo‘ljal olish haqidagi tasavvurlarini
mustahkamlash uchun «“Predmetlarning joyini top” metodikasini o‘tkazing.
Natijalarni tahlil qiling.
Adabiyotlar:
1.Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.:
Ilm ziyo, 2006.
2. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия
ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.:
Ўқитувчи, 1995 й.
3. Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni
shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007.
4. Михайлова А., Носова Э. Д., Столяр А. А., Полякова М. Н.,
Вербенец А. М.Теории и технологии математического развития детей
дошкольного возраста. – Издателство «Детсво-пресс». Санкт-петербург,
2008.
HAR BIR YOSH GURUHIDA FAZONI IDROK ETISHNING
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Tayanch so‘z va iboralar:
oriyentirovka qilish, tevarak-atrof, ikkinchi
signal sistemasi,ko‘rib idrok qilish, fazoviy idrok etish.
Bolalarning tevarak-atrofidagi fazoda mo‘ljal olishni o‘zlashtirishi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan o‘tkazilgan tajribalardan shuni ko‘rish
mumkinki, bolalar tevarak-atrofni mo’ljal olishga o‘rganayotganlaridayoq oddiy
106
tushunchalardan murakkabroq, tevarak-atrof tushunchalariga o‘ta boshlaydilar.
Ularning nutqlaridagi «shu yerda», «u yerda», «mana» kabi so‘zlari (biror
predmetni ko‘rsatib, aytib) «yonida», «yaqinda», «yonma-yon» kabi yangi
terminlar bilan, almashinishi buning yaqqol guvohi bo‘la oladi.
Ularning bu terminlardan foydalana boshlashi, predmetlar oralig‘ini aniqlay
bilishi boshlang‘ich bilimlarning rivojlanishidir. Bolaning tabiatni, atrofni yanada
ko‘proq o‘rganishi natijasida sekin-asta bu terminlar yana ham boyib boradi va u
«oldinda», «oldin», «orasida», «orqada» va h.k. larni tushuna boshlaydi. Bolaning
bulardan foydalanishining hammasi «yonida», «yaqinida», «yonma-yon» kabi
tushunchalarni yaxshi egallanishining natijasidir. Predmetlarning «birin-ketin»,
«ketma-ket» qo‘shilishi bolalarda bir guruh predmetlarning joylashuvini
aniqlashga yordam beradi. Masalan, hamma o‘yinchoqlar ketma-ket turibdi, lekin
quyon oldinda, matryoshkalar o‘rtada, qo‘g‘irchoq esa oxirgi o‘rinda turibdi.
Bola tevarak-atrofda joylashgan obyektlar o‘rnini aniqlashga (oriyentirovka
qilishga) o‘rganayotganida «yonma-yon» so‘zining ma’nosiga keyinroq tushunadi,
yoki «o‘rtada», «orasida» kabilarni o‘rganib bo‘lgach, keyinroq «atrofida»,
«chetida», yoki «yonidan», yana keyinroq borib bola bu so‘zlarni atroflicha
tushuna boshlaydi va chap tarafdami yoki o‘ng tarafdami, farqlay boshlaydi. Lekin
bolalarga tevarak-atrofni mo‘ljal olishga o‘rgatish ishini turli yo‘llar va
yo‘llanmalar bilan tushintirish kerakligini unutmaslik kerak. Tevarak-atrofni
anglash psixo-fiziologik mexanizmga ham bog‘liqdir, u inson ongidagi ko‘rish,
eshitish, so‘zlash, eslab qolish, xotira kabi qobiliyatlar (analizatorlar) yordamida
dinamik sistemadek saqlanib qoladi. Ayniqsa, bunda harakatlanuvchi analizatorlar
va ichki his-tuyg‘ularining roli ahamiyatlidir. Bolalarning tevarak-atrof haqidagi
lug‘atlarining boyib borishi ularning tevarak-atrofni tushunishida ikkinchi signal
sistemasining tenglashuvini ta’minlaydi. Chet ellarda bolalarni yoshligidan,
maktabgacha ta`lim yoshidan boshlab, sekin-asta tevarak-atrofii o‘rgatishda,
umumiy tushunchalarni ikkinchi signal sistemasiga bog‘lab olib boriladi. Bu esa
bolaning tevarak-atrofni o‘zlashtirishdagi yangi bosqichning boshlanishidir.
|