Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni maktabga tayyorlashga
qo‘yiladigan talablarni ayting.
2. Bolalarning maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan minimal
talablarni bajarishning ahamiyatini izohlang.
Topshiriq:
Bolalarning maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan minimal
talablarni tahlil qiling har bir yo‘nalish bo‘yicha qoyilgan talablarni izohlang.
Adabiyotlar:
1.Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.:
Ilm ziyo, 2006.
135
2. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия
ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.:
Ўқитувчи, 1995 й.
3. Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni
shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007.
OILADA VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OLIB
BORILADIGAN METODIK ISHLARNI REJALASHTIRISH
Tayanch so‘z va iboralar:
elementar matematik tasavvurlar, metodik
usullar, rejalashtirish, ta’lim, tarbiya, matematika mashg‘ulotlari.
Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida ta’lim-tarbiya masalalari.
Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida ta’lim-tarbiya masalalari muhim о‘rin
egallaydi. Ayniqsa, ular oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Abu
Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy,
Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning asarlarida
oilada bola tarbiyasi masalari va ularni hal etish yо‘llari kо‘rsatib berilgan. Abu
Nasr Forobiy fikricha, bola tarbiyasi bir maqsadga qaratilgan holda olib borilmog‘i
va u aqliy hamda axloqiy tarbiya birligidan iborat bo‘lmog‘i lozim, degan xulosaga
kelgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish masalalari Abu
Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino merosida yoritganligini ko‘rishimiz mumkin.
Beruniy ota-onalarning bolalari bilan birga harakat qilishlari, turli o‘yinlar
uyushtirishlari, ular bilan o‘zaro suhbatlar o‘tkazishlari maqsadga muvofiq, deb
maslahat beradi. Beruniyning tarbiya maqsadi va vazifalari, shaxsning rivojlanishi
to‘g‘risidagi fikrlari zamirida insonparvarlik g‘oyasi yotadi. U har bir ota-ona o‘z
farzandlariga ana shu g‘oyani singdirishi zarur xulosaga keladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini to‘g‘ri tashkil qilish ularning
vaqtdan to‘g‘ri va unumli foydalanishi garovi ekanligini ota-onalar hamisha yodda
tutishlari lozim. Bola tarbiyasi masalalari bo‘yicha Abu Ali ibn Sino “Tadbir Al-
Manozil’ nomli asarini yozgan. Unda olim ota-onaning bola tarbiyalashdagi
136
vazifalarini yoritib, oiladagi munosabatlarga to‘xtalar ekan, ayniqsa, ota-
onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga
o‘rgatish borasida muhim fikrlar bayon etadi. Ibn Sino tarbiyaviy qarashlarida oila
va oilaviy masalalarga keng o‘rin berilgan. Ota oilada o‘z farzandlariga har
tomonlama: yurish-turishda, nutq odobida, o‘zaro muomala jarayonida, eng
muhimi, amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va haqqoniylik, samimiylikda namuna
bo‘lmog‘i kerak. Oilada farzand tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishning asosiy
vositasi uning ma’naviy olamida e’tiqodni shakllantirish, deb hisoblagan edi olim.
Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” asarida oilaviy, maishiy turmush
muammolariga ham katta e’tibor qaratgan. U kishilarning uylanib , oila qurishidan
boshlab, farzand tarbiya etishi, oilaning moddiy ta’minotini yuritishigacha bo‘lgan
eng zaruriy vazifalarini birma-bir bayon etadi. Ota-onalar nazoratida bo‘lgan
bolaning mas’uliyat hissi rivoj topadi. Shu sababli ham bola tarbiyasida ota-
onaning mavqei alohida ahamiyatga egadir. Ular tanlagan to‘g‘ri yo‘l
farzandlarining kelajagi, kamoloti uchun nihoyatda muhimdir, deb hisoblaydi.
Jamiyatda farzandlarining xulq-atvoriga qarab ota-onalariga baho berilishini aytib
o‘tadi.
Davlat arbobi va buyuk olim Mirzo Ulug‘bekning qarashlarida bolaning
bilim olishiga bo‘lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit
muhim o‘rin egallashini ta’kidlanadi. Shunday ekan, avvalambor, bola tarbiyasida
oila muhitini to‘g‘ri tashkil qilish darkor.
Kaykovus “Qobusnoma” pandnomasida “O‘z farzandingning sening
haqingda qanday bo‘lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bo‘lgil,
nedinkim sen ota-onang haqida ne ish qilsang, farzanding ham sening haqingda
shundoq ish qilur, chunki farzand mevaga , ota-ona mevali daraxtga o‘xshaydir, “
deb yoshlarni ota-onasini hurmat qilishga, e’zozlashga, mehr oqibatli bo‘lishga
da’vat etadi. Ota-ona o‘z farzandi uchun hatto o‘limga ham tayyorligini
ta’kidlaydi.
Bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosida ham
munosib o‘rin egallaydi. Uning fikricha, jamiyatning yetukligi, uning taqdiri va
137
kelajagi yoshlar kamoloti bilan bog‘liqdir, shunga ko‘ra bola tarbiyasi ota-onalar
oldidagi oliyjanob vazifadir.
Y.A.Kamenskiy “Onalar maktabi” kitobining “Maktabga tayyorlash” bobida
shunday yozadi: Barcha insonlar bajaradigan ishlar ma’lum bir tayyorgarliklarni
talab qiladi. Ota-onalar shuni o‘ylab, o‘z bolalarini maktabga tayyorlashadi”.
Maktabga har tomonlama tayyorgarlikning mazmunidan tashqari, Kamenskiy ota-
onalar uchun quyidagilarni tavsiyalarni ko‘rsatadi:
1.Bolalar maktabga borganda, o‘z tengdoshlari bilan o‘qigan va o‘ynagan
vaqtida xursandchilik hissini tug‘dirish kerak.
2.Bolalarga maktabdagi ta’limning mohiyatini tushuntirish, maktabdagi
faoliyat turlari bilan tanishish lozim.
3.Bolalar bo‘lajak o‘qituvchilarga nisbatan hurmat va ishonchni
shakllantirish.
|