• 3-topshiriq. 9 sonining oldi qo‘shnisi nechta (qaysi son) 8, 6 sonining orqa qo‘shnisi necha 7 ekanini aytib bera olishlari kerak. 4-topshiriq.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/87
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #243415
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   87
    Bog'liq
    Математик тасаввурларни шакллантириш

    1-topshiriq. 
    1 soni 2 dan nechta kam? O‘rtoqlaringizning qo‘lidagi 
    raqamlarga qarab, taqqoslab aytib bering. 
    2-topshiriq. 
    5 soni 4 dan nechta ortiq?
    Ortog‘ingizning qo‘lidagi kartochkaga qarab, taqqoslab aytib bering. 
    3-topshiriq. 
    9 sonining oldi qo‘shnisi nechta? (qaysi son?) 8, 6 sonining orqa 
    qo‘shnisi necha? 7 ekanini aytib bera olishlari kerak. 
    4-topshiriq. 
    8 soni qaysi sondan keyin, qaysi sondan oldin keladi. 
    Bu o‘yinda hamma bolalarning qo‘llaridagi kartochkalarga qarab to‘g‘ri va 
    teskari tartibda sanashga o‘rgatiladi. Yana bu o‘yinda safda o‘z o‘rnini adashtirib 
    qo‘ygan bolalarning xatosi tushuntirilib, o‘z o‘rnida turib olishlari uqtiriladi. 
    Masalan, 6 sonining o‘rniga 7 soni turmaydi, 7 soni 6 sonidan keyin kelishi 


    129 
    tushuntiriladi yoki 9 sonidan oldin 10 soni kelmaydi, 10 soni 9 sonidan keyin 
    kelishi tushuntiriladi. Demak, bu o‘yin orqali bolalar har bir raqamning o‘z o‘rni 
    bor ekanligini o‘zlashtirib oladilar. 
    Zamonaviy matematikada ,,son”, ,,figura” va boshqa tushunchalarni 
    asoslashda to‘plamlar nazariyasidan foydalaniladi. Bu o‘z navbatida bolalarda 
    miqdoriy munosabatlarni shakllantirishga va natural son haqidagi tushunchani 
    paydo qilishga sharoit yaratadi. Misol tariqasida mantiqiy harakatli o‘yinlardan 
    birini olish mumkin. Bunda bolalar ikki guruhga bo‘linadilar va guruh sardorini 
    saylaydilar. Tarbiyachi bolalarga o‘yin qoidasini tushuntiradi, bunda sardor borib, 
    belgilangan doira ichiga shaklning bir qismini chizib qaytadi, navbatdagi bola 
    boshqa qismini, o‘yin so‘ngida berilgan namunadagi shakl chizilishi lozim, o‘yinni 
    shunday tashkil qilish kerakki, shaklning har bir detali guruhdagi bolalarga yetarli 
    tarzda bo‘lishi va oxirgi bola oxirgi detalni chizib tugatishi lozim. Qaysi guruh 
    oldinroq chizib tugatsa, u guruh g‘olib hisoblanadi va bunda shaklning sifatiga 
    ham baho beriladi. O‘yinda «quyon» shakli tanlanishi mumkin. 
    Mana shu shaklni chizishda 2 ta guruhda 14 ta bola, ya’ni 7 tadan bola 
    ishtirok etadi. O‘yin oxirida suhbat uyushtiriladi. Savol-javob tashkil etilib, mana 
    shu quyon haqida qisqacha ertak yoki hikoya tuziladi. O‘yinni boshqacha tashkil 
    etish ham mumkin. Masalan, “mevalar” va “sabzavotlar”dan iborat tarqatma 
    rasmlar orasidan guruhlar ularga topshirilgan ko‘rsatmaga binoan “meva” yoki 
    “sabzavot”ni topib, “doira” ichiga joylashtirib qaytishlari lozim bo‘ladi va har 
    safargidek har bir bola bittadan rasm qo‘yib kelishi kerak, bu rasmlarda harflar 
    yoki sonlarni ifodalash ham mumkin. Bunday o‘yinlar uchun tanlagan u yoki bu 
    mavzu bola uchun a`limiy faoliyat davomida o‘rganilgan, o‘zlashtirilgan bo‘lishi 
    kerak. Sog‘lomlashtirish oylarida qo‘llash ham mumkin. Bunday mantiqiy 
    harakatli o‘yinlarni o‘ynash bola uchun faqatgina ijobiy samara beradi va nafaqat 
    aqlan, jismonan, ruhan rivojlanadi, balki bog‘lanishli nutqi ham shakllanib boradi. 
    Ta’limiy faoliyat sifatini oshirishda mantiqiy masalalardan foydalanish 
    yaxshi natija beradi. Masalan: 
    1-masala: 
    Besh kishi o‘rtasida beshta olmani bo‘lish kerak. Ammo baribir 


    130 
    savatda bitta olma qolishi kerak. Buni qanday amalga oshirish mumkin? 

    Download 2,88 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   87




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna

    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish