|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi
|
bet | 168/194 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #105264 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-hozir.orgISHNI BAJARISH TARTIBI
1. Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan mineral, organik o’g’itlarning, pestitsidlarning turlari, ahamiyati va ularning organizmlarga ta’sirini o’rganib jadval to’ldiriladi.
2. Biologik kurash usullari va ularning xususiyatlari haqida ma’lumotlar to’planadi.
TOPSHIRIQLAR
1-topshiriq.
Muammoli vaziyat yaratish uchun savollar
Qishloq xo’jaligini kimyolashtirish zaruriyati nimada?
2. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish va atrof muhit muhofazasi.
3. Kimyoviy o’g’itlarning ahamiyati va tabiatga ta’siri?
4. Pestitsidlardan foydalanish natijasida yuzaga keladigan ekologik muammolar va ularni bartaraf etish.
2-topshiriq. O’zbekistonda eng ko’p kimyoviy moddalar ishlatiladigan hududlarni kartadan aniqlab, yozuvsiz kartaga tushiring. Respublikamizda qishloq xo’jaligining biosferaga ta’sirini o’rganing.
MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR:
1. Atrof muhit sofligiga qanday omillar omillar ta’sir qiladi?
2. Agroekotizimlar haqida tushuncha bering?
3. Antropogen landshaftlarga qanday landshaftlar kiradi?
4. Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning hozirgi holati?
ASOSIY TUSHUNCHALAR VA TAYANCH ATAMALAR
Kimyolashtirish, agroekotizimlar, antropogen landshaftlar, mineral o’g’itlar, organik o’g’itlar, pestitsidlar, biosfera, kimyoviy ifloslanish, biologik kurash usullari.
Nazorat shakli (hisobot, taqdimot): kichik guruhlarda ishlash natijasida oxiriga etkazilgan ish hisobot tarzida o’qituvchiga topshiriladi. Natijalar “a’lo”, “yaxshi”, “qoniqarli”, “qoniqarsiz” baholar ko’rinishida joriy baholashdagi 30 ball hisobidan mashg’ulotlarga ajratilgan soatlar asosida ballar belgilanadi. Bu mashg’ulot uchun maksimal ball 1,5 ball bo’lib, quyidagi mezonlar asosida talabalar bilimlari baholanadi:
1,4-1,5 ball – “a’lo”: xulosa va qaror qabul qilish, ijodiy fikrlay olish, mustaqil mushohada yurita olish, amalda qo’llay olish, mohiyatini tushunish, bilish, aytib berish, tasavvur hosil qilish darajalariga ega bo’lsa qo’yiladi;
1,2-1,3 ball– “yaxshi” mustaqil mshohada yurita olish, amalda qo’llay olish, mohiyatini tushunish, bilish, aytib berish, tasavvur hosil qilish darajalariga ega bo’lsa qo’yiladi;
0,5-1,1 ball – “qoniqarli” mohiyatini tushunish, bilish, aytib berish, tasavvur hosil qilish darajalariga ega bo’lsa qo’yiladi;
0-0,4 ball –“qoniqarsiz”: berilgan topshiriqlar bo’yicha tasavvurga ega bo’lmasa va bilmasa qo’yiladi.
|
| |