53
deyiladi va undagi ip oxirini ikkinchi (zaxira bobina) bobinadagi
ip uchiga bog‘lab qo‘yiladi (3.7-rasm). Birinchi bobinadagi ip
tugagandan so‘ng avtomatik tarzda ip chuvatish
ikkinchi bobinadan
davom etadi, ya’ni bobinalarni almashtirish uchun mashinani
to‘xtatish talab etilmaydi (3.8-rasm). Bobinalarni almashtirish
mashina ishlab turgan paytida amalga
oshiriladi va buning natija-
C1
C2
B2
B1
A1
A2
3.7-rasm.
Uzluksiz tandalashdagi bobinalarning joylanishi:
1 – bobinatutgich; 2 – ustun; 3 – ishchi bobina; 4 –
zaxira bobina;
5 – taranglovchi moslama; 6 – tugun.
3.8-rasm.
Uzluksiz tandalashda ip chuvatish.
54
sida romdan foydalanish samarasi yuqori bo‘ladi. Ip chuvatish
bir bobinadan ikkinchi bobinaga o‘tayotganda taranglik
keskin
o‘zgarib ketishi kamchiliklardan biri hisoblanadi. Romning ishchi
sig‘imi kam bo‘ladi, masalan, romda 1000 bobina o‘rnatilsa, ulardan
500 tasi ishchi bobina bo‘ladi va qolgan 500
tasi zaxira bobina
hisoblanadi. Rom egallagan maydon boshqa romlarga nisbatan 2
marta katta bo‘ladi.
Aylanma rom
Aylanma romda ip chuvatish tashqi tomondan amalga oshiri-
ladi (3.9-rasm). Romning ichkari tomonidan zaxira bobinalar
bobinatutgichga o‘rnatiladi. Bobinalardagi iplar tugagach, romning
ichki tomoni
tashqariga aylantiriladi, natijada bobinalarni almash-
tirishga sarflanadigan vaqt kamaytiriladi. Bobinalarni almashtirish
mashina ishlayotgan vaqtda amalga oshiriladi (3.10-rasm).
3.9-rasm.
Aylanma rom ko‘rinishi.
3.10-rasm.
Aylanma romda bobinalarni almashtirish.
55
Avtomatik rom
Avtomatik rom murakkab tuzilishli bo‘lib,
zamonaviy
tandalash mashinalarida foydalaniladi. Rom harakatlanuvchi, bo‘sh
bobinalarni olish, to‘la bobinalarni o‘rnatish, qayta taxtlash amallari
avtomatik tarzda bajariladi. Bobinalardan
iplar chuvalib chiqib,
ip yo‘naltirgich, taranglovchi moslama, ip uzilsa, to‘xtatuvchi
moslamalardan avtomatik ravishda tez taxtlanadi. Romda
bobinalarni almashtirishga juda kam vaqt sarflanadi.
Maxsus rom
Maxsus rom ayrim maxsus to‘qimalar
ishlab chiqarishda
qo‘llaniladi. Gilam ishlab chiqarishda tuk iplarini (rangli iplarni)
o‘rnatish uchun ikki qavatli maxsus romlar qo‘llaniladi (3.11-
rasm).
3.11-rasm.
Gilam dastgohi uchun maxsus rom.