• Afzalligi: tandalash tezligining jarayon davomida o‘rama diametriga mos ravishda bir xilda ta’minlanishi. Kamchiligi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim markazi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/58
    Sana22.09.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #271938
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58
    Bog'liq
    IPLARNI TO‘QUVCHILIKKA TAYYORLASH

    3.3. Guruhlab tandalash mashinalari
    Guruhlab tandalash mashinalari tanda g‘altagini harakatga 
    keltirish usuliga qarab barabanli va barabansiz mashinalarga 
    bo‘linadi (3.12-rasm).
    Barabanli mashinalarda tanda g‘altagi bevosita tandalash 
    barabani bilan ishqalanishi natijasida harakat oladi.
    Afzalligi:
    tandalash tezligining jarayon davomida o‘rama 
    diametriga mos ravishda bir xilda ta’minlanishi.
    Kamchiligi:
    o‘ramaning barabanga ishqalanishi natijasida iplar 
    shikastlanadi, ip uzilgan vaqtda esa, tandalash g‘altagi va barabani 
    inersiya hisobiga birdaniga to‘xtay olmaydi va ip uchini o‘rab 
    ketadi, tandalash g‘altagining tebranishi natijasida o‘ramaning 
    shakli yomonlashadi, tandalash tezligi esa past (400 m/min) 
    bo‘ladi.
    Barabansiz tandalash mashinalarida elektrodvigateldan harakat 
    tandalash g‘altagiga beriladi. Bunday usul SP–140, SP–180 
    (Rossiya), Karl Mayer (Germaniya), Benninger (Shveysariya) va 
    boshqa markali mashinalarda qo‘llaniladi.
    Barabansiz tandalash mashinalarida tandalash tezligi 800–1000 
    m/min 
    gacha bo‘ladi.
    Quyida guruhlab tandalash mashinasining texnologik sxemasi 
    keltirilgan (3.12-rasm). Ip tandalash romiga 2 o‘rnatilgan bobinadan 
    1 ip chuvalib chiqib, balonso‘ndirgich 3, taranglovchi moslama 4, 
    ip yo‘naltirgich 5, taqsimlash tarog‘i 6, o‘lchash roligi 8, zichlash 
    valigi 11 orqali o‘tib, tanda g‘altagiga 8 o‘raladi. O‘ramadagi kerakli 
    zichlik tasmali uzatma 10 orqali elektrodvigateldan 9 harakat 
    oluvchi zichlash valigini 8 tanda g‘altagiga bo‘lgan bosim kuchini 
    o‘zgartirish yo‘li bilan rostlanadi.
    Zamonaviy tandalash mashinalarida o‘rama zichligini butun 
    jarayon davomida bir me’yorda saqlab turish uchun takomillash-
    tirilgan pnevmatik zichlash mexanizmlari qo‘llanilmoqda. O‘rama 
    diametri ortgan sari zichlash kuchi ham mos ravishda o‘zgarib 
    boradi va natijada o‘rama yuzasi silindrsimon bo‘ladi.


    57
    3.12-rasm. 
    Tandalash mashinasining umumiy texnologik sxemasi.
    3.13-rasmda guruhlab tandalash mashinasining umumiy ko‘rini-
    shi keltirilgan.
    Chiqindilarni kamaytirish va texnologik jarayon o‘timlaridagi 
    iplar uzunligi muvofiqligini ta’minlash uchun guruhlab tandalash 
    hisobi bajariladi. Tanda g‘altagiga o‘ralgan iplar soni va muvofiq 
    uzunligi, og‘irliklari guruhlab tandalash hisobini bajarish orqali 
    aniqlanadi.


    58
    3.13-rasm. 
    Guruhlab tandalash mashinasining umumiy ko‘rinishi.
    To‘quv 
    g‘altagi
    1-IP
    3.14-rasm. 
    Guruhdagi tanda g‘altaklaridagi iplarni to‘quv g‘altagiga jamlash.


    59

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim markazi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish