• Yumshatuvchi moddalar
  • Mog‘orlatmovchi moddalar
  • Ko‘pik yo‘qotuvchi moddalar
  • 4.3. Оhоr tayyorlash va uning sifati
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim markazi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/58
    Sana22.09.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #271938
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58
    Bog'liq
    IPLARNI TO‘QUVCHILIKKA TAYYORLASH

    Parchalovchi moddalar
    ohor tarkibidagi kraxmal moleku-
    lalarini maydalab, suvda erishishini ta’minlash uchun ishlatiladi. 
    Bu moddalarga har xil kislotalar, ishqorlar va xloramin kiradi. 
    Ishlab chiqarishda asosan xloramin (tarkibida 30 % gacha aktiv xlor 
    bo‘lgan va 80°C da eriy boshlovchi) ishlatiladi.
    Yumshatuvchi moddalar
    ohorga 0,1–0,15 
    g/l
    miqdorda 
    qo‘shiladi va ohorning iplarga yaxshi singishi, ularning 
    egiluvchanlik xususiyatini yo‘qotmasligi uchun ishlatiladi. Ularga 
    sulfanol A, sovun, avirol, har xil yog‘lar (paxta, zig‘ir, alizarin 
    yog‘lari), glitserin, jelatin, suyuq parafin kiradi.
    Mog‘orlatmovchi moddalar
    ohor yuzasida mikroorganizmlar 
    rivojlanmasligi (kraxmaldan foydalanilganda) va ip chirib 
    ketmasligi uchun ishlatiladi. Zararsizlantiruvchi modda sifatida 
    kumush kuporosi, fenol, bor kislotasi, karbon kislotasi, xlorli rux, 
    kremftorli natriy, krezol va h.k. lar ishlatiladi. Mog‘orlatmovchi 
    moddalar ohorga juda kam 0,1 – 2 % miqdorda qo‘shiladi.
    Ko‘pik yo‘qotuvchi moddalar
    ohorga 0,1–0,15 
    g/l
    miqdorda 
    qo‘shiladi va u ohor yuzasida ko‘pik hosil bo‘lmasligi uchun 
    ishlatilib, silikonlar, benzol, skipidar, piridin, organik kremniy 
    preparati (PMS–15, PMS–200A), ko‘pik yo‘qotuvchi (BA, BK)lar 
    ishlatiladi.
    Erituvchi sifatida yumshоq suv ishlatiladi. Suvning kattikligi 
    5–6 mg · ekv./l.dan оrtib ketmasligi kerak.


    73
    4.3. Оhоr tayyorlash va uning sifati
    Оhоr maxsus jоyda tayyorlanib, u jоy “оhоrxоna” deyiladi. Оhоr 
    tayyorlashning quyidagi usullari mavjud:
    1. Mexanik.
    2. Termоmexanik (vint trubinasi... n=3000–1).
    3. Akustik (tebranish yordamida).
    4. Avtоmatik.
    Оhоrxоnada оhоr qоzоni va оhоr tayyorlash uskunalari bo‘lib, 
    оhоr sifatini nazоrat qilish rоstlagichlari yordamida оhоr tayyorlash 
    harоrati (t=100°C), uni isitish harоrati (t=40°C), saqlash harоrati 
    (t=90–95°C) kabi оmillar har dоim kuzatilib turiladi.

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim markazi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish