• Chiqindilar miqdorini kamaytirish yo‘llari
  • 3.7. Tandalash jarayoni va uskunalarini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari
  • Tandalash jarayonidagi chiqindilar




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/58
    Sana22.09.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #271938
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58
    Bog'liq
    IPLARNI TO‘QUVCHILIKKA TAYYORLASH

    Tandalash jarayonidagi chiqindilar
    Iplar uzilganda, bobinalarni o‘rnatish vaqtida va ulardagi qoldiq 
    iplar hisobiga tandalash jarayonida chiqindilar chiqadi. Uzluksiz 
    tandalash usulidagi chiqindilar miqdori quyidagicha topiladi:
    Tandalashning guruhlab va piltalab uzlukli usuli (nachinkalarni 
    qayta o‘rash mashinaninglarda qayta o‘rashda).
    Tandalashda chiqindi miqdori o‘rtacha 0,02 – 0,05 % ni tashkil 
    etadi.
    Chiqindilar miqdorini kamaytirish yo‘llari:
    – ip sifatini oshirish;


    65
    – katta hajmli o‘ramalardan foydalanish;
    – uskunalarning texnik holati;
    – texnologik jarayon o‘timlarini kamaytirish;
    – ishchi malakasini oshirish;

    o‘ramalar uzunligining muvofiqligi.
    3.7. Tandalash jarayoni va uskunalarini takomillashtirishning 
    asosiy yo‘nalishlari
    Tandalash mashinalarini takomillashtirish quyidagi asosiy 
    yo‘nalishlarda olib borilmoqda:
    – ularning ishonchli ishlashini oshirish;
    – tandalash g‘altagining to‘xtash vaqtini kamaytirish va tanda 
    g‘altagi, zichlovchi va o‘lchash vallarini birdaniga to‘xtashini 
    ta’minlash;
    – rom sig‘imi va tanda g‘altagi hajmini oshirish;
    – qo‘lda bajariladigan amallarni avtomatlashtirish.
    Tandalash jarayonini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash 
    maqsadida tandalashning avtomatik texnologik kompleksi 
    (ATK) ishlab chiqilmoqda. Bu kompleks quyidagi amallarni 
    avtomatlashtirishni ko‘zda tutadi:
    – romdagi bobinalar almashtirilganda iplar uchini bog‘lashni;
    – tanda g‘altagini qo‘yish, qotirish va olishni;
    – belgilangan texnologik omillarni o‘rnatishni;
    – jarayonni nazorat qilishni;
    – tanda g‘altagidagi o‘ram zichligini nazorat qilish va 
    rostlashni;
    – har bir ipning tarangligini alohida nazorat qilish va 
    rostlashni;
    – mashinaning tezlik rejimini muqobillashtirishni;
    – iplarning uzilishi va uchi yo‘qolishini nazorat qilishni;
    – iplardagi nuqsonlarni nazorat qilishni;
    – iplarning elektrlanish darajasini nazorat qilishni;
    – ip to‘plovchi ishini boshqarishni;


    66
    – ma’lumotlar tablosi ishini boshqarishni;
    – chiquvchi hujjatlarni tayyorlashni;
    – mashina yuritilayotgan va to‘xtayotgan paytda kompleks 
    mexanizmlar ishining bir-biriga moslashishini;
    – mashina, taranglovchi moslamalar, ipni nazorat qilish 
    datchiklarni asosiy nazorat qiluvchi va sozlovchi moslama-
    larning nuqsonlarini aniqlashni;
    – ma’lumotlarni yig‘ish va to‘plash, xomashyo va hosil qilingan 
    tanda g‘altaklari sifatini baholashni;
    – to‘quv korxonasining ABT (avtomatik boshqarish tizimi)dagi 
    EXM bilan aloqa o‘rnatilishi.
    Tandalash jarayonini takomillashtirish elektron moslamalar 
    va hisoblash texnikasidan kengroq foydalanish bilan bog‘liq (3.18-
    rasm). Mikro EXM va avtomatik vositalar bilan jihozlangan 
    tandalash mashinalarini yaratish jarayonning omillarini qattiq 
    nazorat qilish, uni muqobil darajada olib borish va yuqori texnik-
    3.18-rasm. 
    Zamonaviy avtomatlashtirilgan tandalash mashinasi.


    67
    iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish imkoniyatini beradi. Mehnat sarfi 
    bo‘yicha tandalash yuqori o‘rinlarni egallamaydi (mehnat sarfi bor-
    yo‘g‘i 3 % ni tashkil etadi), lekin keyingi texnologik jarayonlarga 
    ta’siri bo‘yicha tandalash juda muhim ahamiyatga ega, ayniqsa 
    mokisiz dastgohlar uchun.

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish