• Yelimlovchi moddalar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim markazi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/58
    Sana22.09.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #271938
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58
    Bog'liq
    IPLARNI TO‘QUVCHILIKKA TAYYORLASH

    4.2. Ohorlash moddalari
    Ohorlash moddalari kerakli xususiyatlar bilan birga ba’zi 
    qo‘shimcha xususiyatlarga ham ega bo‘lishi kerak. Ohorning 
    plyonka hosil qilish xususiyati hisobiga ipning tashqi yuzasi yupqa 
    plyonka bilan qoplanib, uning silliq bo‘lishini ta’minlaydi. Ipni 
    qoplagan plyonka nafaqat ipdan chiqib turgan tolalarni ip o‘zagiga 
    jipslashtirish, shuningdek, ipning to‘quvchilik jarayonidagi ko‘p 
    sonli ishqalanishlarga chidamliligini ta’minlashi hamda to‘kilib 
    ketmasligi kerak. Yupqa plyonka yetarlicha egiluvchan bo‘lishligi 
    talab etilib, u ip dastgoh anjomlaridan o‘tishida (lamel, gula, tig‘) va 
    xomuza hosil qilish jarayonidagi deformatsiyalarga chidamli bo‘lishi 
    kerak.
    Tanda iplarni sifatli ohorlash, ip uzilishlarini kamaytirish 
    va to‘quvchilik jarayonining samarali kechishi uchun ohorlash 
    moddalariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
    1) tarkibida yopishqoq moddalar bo‘lishi kerak, ma’lum 
    miqdorda quyuq bo‘lishi va qurigandan keyin ipning sirtida 
    plyonka hosil qiluvchi xossaga ega bo‘lishi;
    2) ipni silliq qilish uchun bir me’yorda ohorlash;
    3) tayyor ohor rangsiz, tiniq modda bo‘lishi;
    4) to‘quv dastgohida tanda iplaridan ohor uqalanib tushib 
    ketmasligi;
    5) ohor to‘qimadan tez va yengil tozalanishi;
    6) ohorga ishlatiladigan xomashyolar arzon bo‘lishi va tanqis 
    bo‘lmasligi;
    7) ohor bilan ip kimyoviy reaksiyaga kirishmasligi kerak.
    Ohor tayyorlashda quyidagi moddalar ishlatiladi: yelimlovchi 
    moddalar, parchalovchilar, yumshatgichlar, antistatiklar, gigroskopik 
    moddalar, mog‘orlatmovchilar (antiseptiklar), erituvchi moddalar
    ko‘pik yo‘qotuvchi moddalar.
    Yelimlovchi moddalar
    sifatida tabiiy va sintetik polimerlar 
    ishlatiladi. Tabiiy polimerlarga kraxmallar (kartoshka, bug‘doy, 
    makkajo‘xori kraxmallari), oziq-ovqat sanoati chiqindilaridan va 


    72
    hayvon suyaklaridan tayyorlangan unlar, tselluloza efirlari (kar
    boksilmetilselluloza – KMTS, metiltselluloza – MTS, etansellu-
    loza – ETS, sulfanatselluloza – STS) kiradi. Tabiiy polimerlar 
    oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lganligi uchun hozirda asosan sintetik 
    polimerlardan foydalaniladi va ularga polivinil spirti 
    – 
    PVS 
    va 
    uning 
    hosilalari, 
    poliakrilatlar 
    (poliakrilaid – PAAM, 
    sul’fatli poliakrilamid – SPAM, poliakrilnitril – PAN, poliakril 
    kislotasi – PAK, polimetaakril kislotasi – PMAK) kiradi.

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim markazi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish