|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim markaziBog'liq IPLARNI TO‘QUVCHILIKKA TAYYORLASHOhor sathi rostlagichi
Ohorlash jarayonida ip ohorga cho‘ktiriladi va o‘zi bilan birga
ma’lum miqdorda ohorni olib ketadi va bu hol ohor idishidagi ohor
sathining kamayishiga olib keladi. Ipni ohorga cho‘ktirish chuqurligi
ohorlanish miqdoriga bevosita ta’sir etadi. Shuning uchun ohor sathi
ohorlash jarayoni davomida bir xilda saqlanishi lozim va buning
uchun ohorlash mashinalari ohor sathi rostlagichi bilan ta’minlangan
(4.10-rasm).
4.10-rasm.
Ohor sathi rostlagichi:
1 – kontakt; 2 – ohor; 3 – rele; 4 – nasos; 5 – ohorxona;
6 – ohor quvuri; 7 – ohor idishi.
Ohor sathi o‘zgarganda ohorlash idishiga 7 ohor 2 nasos 4
yordamida ohorxonadan 5 quvur 6 orqali uzatiladi (4.10-rasm).
Ohor sathini o‘zgarishi elektrodlarning 1 qarshiliklarini o‘zgartiradi
va signal relega 3 berilib, nasos 4 ishga tushiriladi va kerakli
miqdordagi ohor uzatiladi.
85
Ohor harorati rostlagichi
Ohorlash mashinalarida ohorlash idishidagi 1 ohor harorati
avtomatik ravishda ikki pozitsiyali rostlagich yordamida rostlanadi
va u ohor idishidagi ohor haroratini berilgan darajada ushlab
turish uchun ishlatiladi (4.11-rasm). Har xil issiqlik kengayishga
ega bo‘lgan ikkita metall plastinka 2, 3 ohor harorati o‘zgarganda
bajaruvchi mexanizmga signal beradi va u jo‘mrakni 7 ochib, bug‘
quvuridan 8 bug‘ kelishi hisobiga ohor haroratining o‘zgarishiga
imkon beradi va uni rostlab turadi.
4.11-rasm.
Ohor harorati rostlagichi:
1 – ohor idishi; 2 – invar plastinkasi; 3 – latun plastinasi; 4 – richag; 5 – havo
quvuri; 6 – bosim rostlagichi; 7 – bug‘ quvuri jo‘mragi; 8 – bug‘ quvuri.
Quyida har xil tolali iplar uchun ohor harorati miqdorlari
keltirilgan:
Paxta tolali iplar uchun
85 – 87°
Jun tolali iplar uchun
60 – 70°
Ipak tolali iplar uchun
60 – 65°
Sun’iy ipak tolalari uchun
30 – 45°
|
| |