79
Yuqorigi va pastki tirgovuchlar
4.6-rasm.
Tanda g‘altaklarining yuqorigi va pastki
tirgovuchlarda joylashishi
Tanda g‘altaklari ikki – yuqorigi va pastki qatorlarga o‘rnatilib,
eng oxirgi g‘altakdan iplar bir-biriga qo‘shib-tortilishi natijasida
umumiy tanda iplari hosil qilinadi (4.6-rasm). Oxirgi (8-g‘altak)
va birinchi (1-g‘altak – ohor tog‘orasiga yaqin joylashgani) tanda
g‘altaklaridan chuvalib chiqayotgan iplar tarangligi har xil bo‘ladi.
Ohor tog‘orasi
Ohor tog‘orasi tanda iplariga ohorni singdirish va siqish
yordamida ipga kerakli namlikni berish uchun mo‘ljallangan.
Ohorlash jarayoniga bo‘lgan
talabga qarab, ohor idishlari bitta
cho‘ktiruvchi va ikki juft siquvchi, ikkita cho‘ktiruvchi va ikki
juft siquvchi valli ohor tog‘oralariga bo‘linadi. Odatda, filament
iplar uchun bitta cho‘ktiruvchi va ikki juft siquvchi valli ohor
tog‘orasidan foydalanish tavsiya etiladi (4.7-rasm).
Yigirilgan
iplar uchun esa ikkita cho‘ktiruvchi va ikki juft siquvchi valli
ohor tog‘oralaridan foydalnish tavsiya etiladi (4.8-rasm). Ikkita
cho‘ktiruvchi va ikki juft siquvchi valli ohor tog‘oralarida iplarni
ohor ko‘proq vaqti bo‘ladi va
ketma-ket ikki marta ohorda
bo‘lishi natijasida ipga ohorni singdirish yaxshi va sifatli amalga
oshiriladi.
80
4.7-rasm.
Bitta cho‘ktiruvchi va ikki juft siquvchi valli ohor tog‘orasi:
1 –
tanda iplari; 2 – tortish vali; 3 –
botiruvchi val; 4 – yuqorigi siquvchi val;
5 – pastki siquvchi val; 6 – tirgovuch; 7 – issiq bug‘ quvuri; 8 –
ohor quvuri;
9 – ohor; 10 – ohor tog‘orasi.
Ohorlash jarayonida tanda iplari 1 tanda g‘altagidan chuvalib
chiqib, tortish vali 2 orqali botiruvchi val 3 yordamida ohorga
cho‘ktiriladi (4.8-rasm). Rezina bilan qoplangan ustki siquvchi
val 4 metalli pastki siquvchi valni 5 bosishi
natijasida iplardagi
ortiqcha ohor miqdori siqib qolinadi va ipning bir tekisda yupqa
plyonka bilan qoplanishini ta’minlaydi. Siqish darajasi ustki valning
4.8-rasm.
Ikkita cho‘ktiruvchi va ikki juft siquvchi valli ohor tog‘orasi:
1 – tortish vali; 2 –
birinchi botiruvchi val; 3 – birinchi siquvchi val; 4 – ikkinchi
botiruvchi val; 5 – ikkinchi siquvchi val; 6 – tanda iplari; 7 – ohor.
81
pastki valga ta’sir etuvchi bosim kuchiga bog‘liq bo‘lib, uni havo
bosim kuchi yordamida o‘zgartiriladi. Ohor idishidagi 10 ohorni 9
isitish va haroratini bir me’yorda ushlab turish uchun bug‘ quvuri 7
yordamida bug‘ berilib turiladi.
Ohorlanayotgan ip turiga qarab birinchi va ikkinchi siquvchi
vallardagi bosim kuchi har xil bo‘ladi.