• 4.8. Ohorlash jarayonini avtomatlashtirish
  • Ohorlash va emulsiyalash jarayonida iplarning fizik- mexanik




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/58
    Sana22.09.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #271938
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58
    Bog'liq
    IPLARNI TO‘QUVCHILIKKA TAYYORLASH

    Ohorlash va emulsiyalash jarayonida iplarning fizik- mexanik 
    xususiyatlarining o‘zgarishi
    Ohorlash va emulsiyalash jarayonida iplar ohor bilan qoplanib, 
    uning bir qismi iplarning ichiga singib ketadi va alohida tola va 
    elementar iplarni bir-biriga yopishtiradi. Ohorlash jarayonida 
    iplar ko‘pgina fizik-mexanik jarayonlar ta’sirida bo‘ladi: ohorni 
    shimadi, siquvchi vallardan o‘tadi, yuqori harorat ostida quritiladi, 
    nax maydonida yopishgan iplar ajratiladi. Bu jarayonlar tanda 
    g‘altagidan ip to‘quv g‘altagiga o‘ralguncha taranglik ostida kechadi 
    va natijada iplar cho‘ziladi.
    Iplarga bunday ishlov berish ularning fizik-mexanik xususiyat-
    lariga ta’sir etadi. Ishqalanishga chidamlilik ipning ustidagi 
    qatlam hisobidan 5–10 barobar, uzilish kuchi 15–25 % ortadi va 
    uzilishdagi cho‘zilish 14–28 % ga kamayadi.
    Ohorlash hisobidan ipning massasi ortishi natijasida uning 
    chiziqli zichligi birmuncha ortadi.
    Shunday qilib, ohorlangan ip va xom iplarning cho‘zilish 
    paytidagi pishiqligi, ishqalanishga chidamliligi va bikrligi ortadi, 
    ular ixchamlashib, og‘irlashadi.
    Iplarning mexanik xususiyatlarining o‘zgarish chegaralari ip va 
    ohorning xususiyatlari, ohorlash jarayoni texnologiyasiga bog‘liq 
    bo‘ladi.


    94
    4.8. Ohorlash jarayonini avtomatlashtirish
    Ohorlash mashinasidagi kompyuterli nazorat-boshqaruv tizimi 
    tanda iplarini talab etilgan standart bo‘yicha ohorlab berishni 
    ta’minlaydi. Ohorlash mashinasining kompyuterli nazorat-boshqaruv 
    tizimi to‘quv fabrikasining umumiy tarmog‘iga ulash imkoniyatini 
    beradi. Trikotaj fabrikalarida yagona kompyuterli boshqaruv 
    tarmog‘i mavjud bo‘lib, amalda ishlatilmoqda. Avtomatlashtirilgan 
    (yagona tarmoqli) to‘quv fabrikalarining amalda ishlayotgani 
    hozircha yo‘q, faqatgina loyihalanmoqda. To‘quv fabrikalaridagi 
    oltita – qayta o‘rash, tandalash, ohorlash, saralash-o‘lchash, qadoq-
    lash jarayonlarining 16 nuqtasi avtomatlashtirishni talab etadi. 
    Bulardan 12 tasida mahsulotlarni yuklash-tushirish ishlari qo‘lda 
    bajarilib, faqatgina 4 tasi mashinalar yordamida avtomatik tarzda 
    amalga oshiriladi.
    Ohorlash jarayonida quyidagi amallar va omillar avtomatik 
    nazorat qilinib, boshqariladi:
    – Pnevmosilindr yordamida rom zonasini avtomatlashtirish
    – Tanda iplari tarangligining datchiklar va maxsus tebranuvchi 
    roliklar orqali nazorat qilinishi.
    – Ohor tog‘orasida ohor sathi, haroratining nazorat qilinishi.
    – Ohor qozonida ohor sathi, haroratining nazorat qilinishi.
    – Quritish zonasida haroratning nazorat qilinishi.
    – Namlik miqdorining avtomatik nazorat qilinishi.
    – O‘rash, zichlash omillarining nazorat qilinishi.

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ohorlash va emulsiyalash jarayonida iplarning fizik- mexanik

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish