• Ohorlash mashinalarini turlari
  • Kamchiligi: 1. Ohor qovushqoqligi yuqori bo‘lganda quritishning qiyinligi. 2. Ip tuklarining shikastlanishi (barabanlar bilan ishqalanishi). Kamerali
  • Aralash usul
  • Miqdor 1. PVS 55 kg.  2. Suv 945 l 3. Tayyor ohor hajmi  1000 l.  III




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/58
    Sana22.09.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #271938
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58
    Bog'liq
    IPLARNI TO‘QUVCHILIKKA TAYYORLASH

    Miqdor
    1.
    PVS
    55 kg. 
    2.
    Suv
    945 l
    3.
    Tayyor ohor hajmi 
    1000 l. 
    III
    T/r
    Komponentlar 
    Miqdor
    1.
    KMTS
    40 kg. 
    2.
    Suv
    960 l
    3.
    Tayyor ohor hajmi 
    1000 l. 
    4.3. Ohorlash mashinalari
    Ohorlash mashinalari to‘rtta asosiy zonadan iborat bo‘ladi (4.2-
    rasm).
    – Tanda g‘altaklarini o‘rnatish zonasi (tirgovuch).
    – Ohor singdirish zonasi (ohor tog‘orasi).
    – Quritish zonasi.
    – To‘quv g‘altagiga o‘rash zonasi.
    Ohorlash mashinalarini turlari
    Tanda iplarini quritish usuliga qarab ohorlash mashinalari bir 
    necha turlarga bo‘linadi.


    75
    1. Barabanli. 2. Kamerali. 3. Aralash. 4. Maxsus.
    4.2-rasm. 
    Ohorlash mashinasining asosiy zonalari.
    Ohorlash mashinalari Shveysariya, Germaniya, Yaponiya, 
    Italiya, Hindiston, Xitoy, Rossiya va boshqa ko‘plab davlatlarning 
    turli firma va kompaniyalarida ishlab chiqariladi.
    Barabanli 
    quritish usulida tanda iplari quritish barabanining 
    issiq sirt yuzasidan o‘tishi hisobiga quritiladi (4.3-rasm). Ishlab 
    chiqarishda ko‘proq Benninger Zell (Shveysariya), Karl Mayer, 
    Schlafhorst, Sucker Muller, Hacoba, (Germaniya), Tsudakoma 
    (Yaponiya), Ramallumin (Italiya), Hi-Tech Machines (Xindiston), 
    GA–308 (Xitoy), SHB, SHK (Rossiya) va boshqa barabanli ohorlash 
    mashinalari keng qo‘llaniladi.
    4.3-rasm. 
    Quritish barabanlari.
    Afzalligi:
    1. Jarayon tezligi yuqori.
    2. Quritishning ravonligi.


    76
    3. Quritish samarasi yuqori.
    4. Quritish vaqtining kamligi.
    Kamchiligi:
    1. Ohor qovushqoqligi yuqori bo‘lganda quritishning qiyinligi.
    2. Ip tuklarining shikastlanishi (barabanlar bilan ishqalanishi).
    Kamerali 
    usul asosan bo‘yalgan va jun iplarini ohorlashda 
    qo‘llanilib, ohorlangan ip quritish kamerasi ichidagi issiq havo 
    hisobiga quritiladi (4.4-rasm) va SHK–180 (1, 2, 3), SHKV–230 (1, 
    2, 3) mashinalarida amalga oshiriladi.
    4.4-rasm. 
    Kamerali quritish sxemasi.
    Afzalligi:
    1. Quritishning doimiyligi va ravonligi.
    2. Quritishdan so‘ng iplarning yaltirab qolmasligi.
    3. Quritishda iplarning yopishib qolmasligi.
    4. Quritish tezligining yuqoriligi.
    Kamchiligi:
    1. Xarajatning yuqoriligi.
    2. Yopiq kameralar uchun quritishga ko‘p vaqt talab etilishi.
    3. Temperaturaning bir me’yorda taxminlashning qiyinligi.
    Aralash usul
    ipakchilikda ishlatilib, tanda iplari ham issiq havo, 
    ham barabanlar yordamida quritilib, ikki xil usul birga qo‘llaniladi 
    va SHB–155-I markadagi mashinalarda bajariladi (oxirgi harf sun’iy 
    ipak tolalariga taalluqliligini bildiradi).


    77

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Miqdor 1. PVS 55 kg.  2. Suv 945 l 3. Tayyor ohor hajmi  1000 l.  III

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish