82
Jun tolali tanda ipi uchun
1,0 – 1,5 %
Kanop
tolali ip uchun
0,5 – 0,8 %
Sun’iy ipak uchun
3,0 – 6,0 %
Iplarning cho‘zilishi muqobil miqdordan ko‘payib ketsa, tanda
iplarining
sifati kamayadi, bu hol esa to‘quv dastgohida iplar
uzilishining ko‘payishiga olib keladi.
Cho‘zilish miqdorini rostlab turish uchun ohorlash mashinalari
tenglashtiruvchi mexanizmlar bilan jihozlangan. SHB-9/140
mashinalarida 4 ta tenglashtiruvchi mexanizm o‘rnatilgan. Bu
mexanizmlar cho‘zilish miqdorini mashinaning
quyidagi zonalarida
o‘zgartiradi:
I – tortish vali va siqish vali;
II – siqish
vali va quritish barabanlari;
III – quritish barabani va ikkinchi tortish vali;
IV – ikkinchi tortish vali va chiqish vali.
Tenglashtiruvchi mexanizmdagi yetaklovchi valning tezligi
doimiy va o‘zgaruvchan harakatlardan tashkil topgan. Tenglash-
tiruv chi mexanizm yordamida cho‘zilishni 15 % gacha o‘zgartirish
mumkin.