83
O‘ralish tezligi va zichligini ta’minlovchi rostlagich
To‘quv g‘altagiga tanda ipini o‘rash
vaqtida tezlikni doim
bir xilda saqlab turish uchun ohorlash mashinasiga avtomatik
tezlik rostlagichi o‘rnatilgan. Rostlagich taxogeneratoriga o‘ralish
zichligini ta’minlovchi (4.9-rasm) rostlagichning ikki yelkali
richagiga joylashtirilgan Z
1
, Z
2
tishli g‘ildiraklar
orqali harakat
beriladi va taxogenerator elektrodvigatelning to‘quv g‘altagidagi
o‘rama diametriga mos holda aylanishini ta’minlaydi.
4.9-rasm.
O‘ralish tezligi va zichligini ta’minlovchi rostlagich:
1 – tanda ipi; 2 – chiqaruvchi vali; 3 –
taqsimlovchi val; 4 – to‘quv
g‘altagi; 5 – zichlovchi skalo; 6 – ikki yelkali richag; 7 –
taxogenerator vali;
8 – pnevmosilindr.
To‘quv g‘altagiga o‘ralish zichligi diferensial mexanizmdan
tashqari zichlash rostlagichi yordamida ham o‘ralish davomida bir
me’yorda saqlab turiladi.
Rostlagich quyidagi prinsip bo‘yicha ishlaydi. G‘altak
diametri
ortib borgan sari skalo 5, richag 6 va Z
1,
Z
2
tishli g‘ildiraklar orqali
taxogenerator valini 7 ma’lum burchakka buradi. Taxogenerator
esa kuchlantiruvchi orqali doimiy tok dvigatelining chulg‘ami
bilan bog‘langan bo‘lib, natijada o‘rama
diametri ortgan sari,
84
elektrodvigatelga berilayotgan kuchlanish kamayib boradi, shu
sababli dvigatelning aylanishlari soni ham kamayadi va bu hol
to‘quv g‘altagining aylanishlar sonining kamayishiga olib keladi.
Shunday qilib, to‘quv g‘altagidagi o‘ralish tezligi doimiy saqlanib
qoladi.
O‘ralish
zichligi, skaloning 5 g‘altakka siqilishini o‘zgartirish,
ya’ni pnevmosilindrdagi 8 bosim kuchini o‘zgartirish yo‘li bilan
rostlanadi.