• 4-bob. OHORLASH 4.1. Ohorlash jarayonining maqsad va talablari
  • Ohorlashdan maqsad
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim markazi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/58
    Sana22.09.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #271938
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   58
    Bog'liq
    IPLARNI TO‘QUVCHILIKKA TAYYORLASH

    Nazorat savollari:
    1. Uzluksiz tandalashning mohiyati.
    2. Tandalash mashinasining unumdorligi qanday omillarga 
    bog‘liq?
    3. «Tekstima» va «Beninger» tandalash mashinalari.
    4. Tandalash turlari.
    5. Tandalash omillari.
    6. Piltalab tandalash jarayonining qo‘llanishi.
    7. Guruhlab tandalashdagi bobinalar soni nimaga bog‘liq?
    8. Zamonaviy tandalash uskunalari.
    9. Tandalash jarayonini rivojlantirish istiqbollari.


    68
    4-bob. OHORLASH
    4.1. Ohorlash jarayonining maqsad va talablari
    To‘quv dastgohida to‘qima hosil bo‘lishi jarayonida tanda iplari 
    har xil ishqalanish va mexanik kuchlar ta’sirida deformatsiyalarga 
    uchraydi (cho‘zilish, egilish va h. k.). Tanda iplari bilan to‘quv 
    dastgohi anjomlari (skalo, lamel, gula ko‘zchalari, tig‘, grudnitsa va 
    h.k.) orasida hosil bo‘lgan turli miqdordagi ishqalanishlar ta’sir etsa, 
    xomuza qilish jarayonida esa tanda iplari bir-biriga ishqalanishi 
    natijasida ularning xususiyatlari buziladi va natijada ip uzilishlari 
    soni ko‘payadi. Buning oldini olish uchun tanda iplariga maxsus 
    ishlov beriladi, ya’ni iplar sirti yupqa ohor plyonka bilan qoplanishi 
    natijasida, ularning ishqalanishga va uzilishga bo‘lgan chidamliyligi 
    ortadi.
    Ohorlashdan maqsad

    iplarga yupqa plyonka qoplash yo‘li 
    bilan ularning silliqligini va pishiqligini oshirish hamda to‘quvchilik 
    jarayonida ip uzilishlari sonini kamaytirishdan iborat.
    Iplarni qoplovchi suyuqlik –
    ohor 
    deyiladi.
    Ohorlangan iplar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
    – uzilishga qarshiligi yuqori;
    – cho‘zilishi kam;
    – egiluvchanligi yuqori;
    – ishqalanishga chidamliligi yuqori;
    – tukdorligi kam;
    – yemirilishga chidamligi yuqori.
    Ohorlash jarayonidan keyin iplarning uzilishga bo‘lgan qarshilik 
    kuchi 10–20 %ga ortadi, lekin bu omil ohorlashning asosiy maqsadi 
    hisoblanmaydi.


    69
    Ohorlash jarayonida quyidagi asosiy ishlar bajariladi:
    1. Ohor tayyorlash (kimyoviy jarayon).
    2. Iplarga ohorni singdirish.
    3. Quritish.
    4. Qurigan iplarni to‘quv g‘altagiga o‘rash.
    Ohorlash jarayoni uchun foydalanilayotgan ohorlash material-
    lariga bog‘liq holda to‘quvchilik jarayonida tanda ipining muqobil 
    xususiyatini ta’minlash uchun ohorlanish miqdori asosiy omil 
    hisoblanadi. Ohorlanish miqdori talab etilgan me’yordan kam 
    bo‘lsa, ipning ishqalanishga chidamliligi yetarlicha bo‘lmaydi, 
    natijada ip uzilishlari soni yuqori bo‘ladi. Ohorlanish miqdorining 
    ko‘paytira borilishi natijasida ip uzilishlari soni kamayadi va 
    eng kam bo‘lgan nuqta muqobil ohorlanish miqdori hisoblanadi. 
    Ohorlanish miqdorini muqobil qiymatdan yanada orttirib borilsa
    ipning egiluvchanlik va cho‘ziluvchanlik xususiyatlari kamayib 
    borib, ip uzilishlari soni ko‘payib ketadi. Shuning uchun muqobil 
    ohorlanish miqdori, bu – ip uzilishlari eng kam bo‘lgan qiymat 
    hisoblanadi.
    Muqobil ohorlanish miqdori quyidagi omillarga bog‘liq:
    – Tola turi.
    – Ohorlash moddalarining turi.
    – Ip yigirish texnologiyasi turi.
    – Ipning chiziqli zichligi va buramlari soni.
    – Ipning tukdorlik darajasi.
    – To‘quv dastgohi turi va tezligi.
    Ohorlanmagan va ohorlangan iplarning ko‘rinishi 4.1-rasmda 
    ko‘rsatilgan.
    Bitta ohorlash mashinasi 400–1000 tagacha to‘quv dastgohini 
    to‘quv g‘altagi bilan ta’minlaydi. Shuning uchun ohorlash jaryoniga 
    katta e’tibor berilib, uni to‘quvchilikning yuragi deyiladi va 
    jarayonga quyidagi talablar qo‘yiladi:
    1) ip tolalarini o‘zagiga pishiq qilib yopishtirish;
    2) ip sirtini silliq qilish;


    70
    Ohorlanmagan ip.
    Ohorlangan ip.
    4.1-rasm. 
    Ohorlanmagan va ohorlangan iplarning ko‘rinishi.
    3) jarayon davomida iplarning cho‘zilishi belgilangan 
    me’yordan ortmasligi va iplarda plastik deformatsiya hosil 
    bo‘lmasligi;
    4) chiqindilar miqdori minimal bo‘lishi;
    5) to‘quv g‘altagiga maksimal miqdorda ip o‘ralishi va u 
    dastgoh konstruksiyasiga mos kelishi;
    6) 
    tanda g‘altagini saqlash davrida iplarning fizik-mexanik 
    xususiyatlari o‘zgarmasligi kerak.


    71

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   58




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim markazi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish