O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. Sh. Tashpulatov, M. K. Ramazanova




Download 13.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/201
Sana05.02.2022
Hajmi13.53 Mb.
#17098
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   201
Bog'liq
keng assortimentdagi kiyimlarni loyihalash modellashtirish va badiiy bezash
gaipova n.s. tikuvchilik texnologiyasi asoslari (1), Презентация1, Boltaboyev Xusniddin G’ayrat o’g’li
4.17-rasm.
18–20 sm
2-sonli
1-sonli
4
3
2
1


214
Naqsh chetlari taxrir-texnik usuli bilan yoki bir-biri bi-
lan zich o‘ralgan zar iplar tasmalari yoki qobuli (bir-biri bilan 
aylana solqilar bilan birlashgan iplar) yordamida ishlov beril-
gan. Kashtadan xoli qolgan fon maydonlari turli zarli spiral, 
gajaklar bilan to‘ldirilgan. Zardo‘zi naqshlarda asosan isli miy 
naqshlar qo‘llanilgan, keyinchalik aylana va romblar shaklidagi 
girih naqshlar qo‘llanila boshlandi. Islimiy naqsh kompozitsi-
yalarida biz uslubiylashtirilgan o‘simlik va mevalardan, masa-
lan: bodom, anor, lola, tuvakli gullarni ko‘rishimiz mumkin.
Zardo‘zlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar unchalik ko‘p 
bo‘lmasada, ular o‘ziga xos tuzilishga ega. Zardo‘zlikda asosiy 
ishlatiladigan asbob korcho‘b (forscha so‘zdan olingan bo‘lib 
«kor» – ish, «cho‘b» – taxta) bo‘lib u ikki qismdan iborat: cham-
barak va xorak (4.17-rasm).
Chambarak uzunligi 320 sm gacha bo‘lgan, ikkita teng yonli 
yog‘och dasta va ularning maxsus qismida harakatlantiruvchi silliq 
taxta, ya’ni shamshirakdan iborat. Xoraklar esa yog‘och poyalar 
bo‘lib, ishlagan vaqtda chambarak ular ustiga qo‘yilgan. Chunki, 
qadimda zardo‘zlar ko‘rpacha ustida o‘tirib, ish tikishgan. Xorak-
larning uzunligi shamshirak uzunligiga, balandligi esa odam ta-
nasining beligacha bo‘lishi lozim. Zardo‘zlikda korcho‘bdan so‘ng 
turadigan asboblardan biri – patila hisoblanadi (4.17-rasm). Pati-
la –chorrax (to‘rt qirrali) va nafis qilib tarashlangan, ichi qavilib, 
qo‘rg‘oshin quyib vazminlashgan, uzunligi 18–20 sm li od-
diy yog‘och tayoqchadir. Patila zar iplarni zich va bir tekis qilib 
o‘rashni ta’milaydi, bu bilan tikilayotgan zardo‘zining bir te kis 
chiqishiga erishiladi. Zardo‘zlik naqshlari faqat qo‘lda tikilgani 
uchun angishvona (forscha so‘zdan «angusht» – barmoq, «vona» 
– saqlovchi) ham juda zarurdir. Shuningdek, tikish uchun 2-son-
li, bezatish ishlari uchun 1-sonli ignalar ishlatiladi. Zardo‘zlikda 
to‘rt turdagi qaychilar ishlatiladi, barcha qaychilar ma’lum bir 
vazifani bajaradi: 1 – naqshlarni qirqish uchun o‘rdakburun qay-
chi, 2 – naqshlarni qirqish uchun tuyabo‘yin qaychi, 3 – pardoz-
lash uchun qaychi, 4 – bichish uchun qaychi.
Zardo‘zlik naqlarini tikish uchun asosan baxmal, duxoba, 
ip duxoba, vellur, velvet (chiyduxoba), zamsh, atlas, shoyi, adras, 
sarja, chit, satin, parcha, kristalon kabi gazlamalar qo‘llaniladi. 
Hunarmand zardo‘zlik sirlarini o‘rganish uchun qadimdan 
uch turdagi hunarni bilishi lozim bo‘lgan, bular: birinchisi – 


215
rasm so lish va naqsh chizish, ikkinchisi – naqshlarni tushirish 
va qirqish, uchinchisi – qirqilgan naqshlarni zar iplar bilan tikish 
va bezatish. Zardo‘zlikda uchraydigan naqshlarni o‘zbek ama-
liy san’atining devoriy naqsh, gul bosma, zargarlik, kulolchilik
yog‘och o‘ymakorligi, kashtado‘zlik va boshqa ko‘plab turlari-
da uchratishimiz mumkin. Naqshlar qaysi amaliy san’at turi-
da aks ettirilgan bo‘lmasin, ularni to‘rt guruhga ajratib o‘rgansa 
bo‘ladi: 1. Islimiy (o‘simliksimon) – egri chiziqli o‘simlik ele-
mentlaridan iborat. 2. Girih (geometrik) naqshlar – to‘g‘ri chi-
ziqli elementlardan tashkil topgan. 3. Murakkab gulli naqshlar 
– islimiy va girih elementlarining chatishmalaridan iborat. 4. 
Ramziy naqshlar (hayvonot va odamzod olamidagi shakllarni 
qayta ishlab stilizatsiya qilingan naqshlar). 
Xalq amaliy bezak san’atining qaysi turi bo‘lmasin, uning 
zaminida turli naqsh elementlaridan tuzilgan kompozitsiya yo-
tadi. Mustaqil naqsh kompozitsiyalarini tuzish uchun avvalo 
ularda ishlatiladigan naqsh elementlari va ularni hosil qilish 
yo‘llarini bilish zarur bo‘ladi. Inson xotirasida qanchalik ko‘p 
naqsh elementlari mavjud bo‘lsa, shunchalik rang-barang kom-
pozitsiyalarni tuzishga imkoniyat mavjud bo‘ladi. 
Quyida keltirilgan kurtak, madohil, marg‘o‘la, bofta, 
tanob kabi islimiy naqsh elementlaridan foydalangan holda 
o‘z fantaziya sini qo‘llab turib, zardo‘zlik texnologiyasi uchun 
bir qancha beji 
rim naqsh kompozitsiyalarini tuzsa bo‘ladi 
(4.18-rasm).

Download 13.53 Mb.
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   201




Download 13.53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. Sh. Tashpulatov, M. K. Ramazanova

Download 13.53 Mb.
Pdf ko'rish