O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. Sh. Tashpulatov, M. K. Ramazanova




Download 13.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/201
Sana05.02.2022
Hajmi13.53 Mb.
#17098
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201
Bog'liq
keng assortimentdagi kiyimlarni loyihalash modellashtirish va badiiy bezash
gaipova n.s. tikuvchilik texnologiyasi asoslari (1), Презентация1, Boltaboyev Xusniddin G’ayrat o’g’li
2. Zardo‘zi zamindo‘zi tikish turi. Zamindo‘zi forscha 
«zamin» – yer osti, tagi, «do‘zi» – tikmoq degan ma’noni ang-
latadi. So‘zning ma’nosidan ko‘rinib turibdiki, zardo‘zi tikish 
usullari naqshlar tagini yoppasiga zar iplar to‘ldirib tikish va 
turli naqshlar hosil qilish vazifasini beradi.
Zardo‘zi guldo‘zi usulida tikkanda kartondan tayyorlangan 
naqshlar usti zar iplar bilan tikib, ularning tagi tikilmasdan 
qoladi. Zardo‘zi zamindo‘zi usulida esa naqshlarning aynan shu 
tikilmagan zamini yoppasiga zar iplar bilan qoplanib tikiladi. 
Zardo‘zi zamindo‘zi usuli ham qadimiy usullardan bo‘lib, ik-
ki yo‘l bilan tikiladi: siddilardan hosil qilingan pilta (to‘shama) 
ustiga hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri mato ustiga tikish. Ikkala hol-
da ham naqshlar tagiga mato qo‘yilgan va bu mato «zarcho‘ba» 
degan qattiq bo‘yoq bilan sariq rangga bo‘yalgan bo‘ladi. Pilta 


219
siddilardan hosil qilinadi. Siddilar asosan ipak iplardan tayyor-
lanadi, kamdan kam hollarda paxta ipidan foydalaniladi. Sid-
di uchun tanlangan ip dastavval suvda ivitiladi. So‘ng 4 yoki 5 
qavat qilib eshilgach yana uni 2 qavatdan 8 qavatgancha qilib 
eshi 
ladi, natijada ingichka yoki yo‘g‘on chilvirga o‘xshaydi. 
Ana shu ip «siddi» deb ata lib uning ingichka yoki yo‘g‘onligi 
ulardan hosil qilingan to‘shama ustiga tikiladigan zamindo‘zi 
usuliga bog‘liq bo‘ladi. Siddilardan pilta tayyorlangach, ular-
dan sijjilar tayyorlanadi. Pilta yo‘llariga ko‘ndalang tarzda 
qator qilib yotqizib chiqilgan zar iplar «sijjilar» deb ataladi.
Tikilayotgan zamindo‘zi usuliga qarab sijjilar 4, 6, 8 va undan 
ortiq zar iplar eshilmasidan tayyorlanadi va piltaga o‘raladi. 
So‘ng sijjilar pilta iplari – siddilarga mustahkamlanib chi-
qiladi. Qo‘l choklari tikilayotgan usulning ko‘rinishi, tasvirga 
ko‘ra siddilar va sijjilar kesishgan turli nuqtalarda joylanishi 
tufayli o‘ziga xos kashtani yuzaga keltiradi. Chok hosil qilgan 
ipak yoki paxta ip zar ipni qisib turgan qator chuqurchalar 
hosil qilib, ip bilan tikilmagan o‘rinlar xiyol do‘ppayib turadi, 
bu keng sath uzra to‘lqinsimon chiziqlar hosil qilingani uchun 
zardo‘zlar tilida «mavj» – to‘lqin deb nom olgan (4.22-rasm).
4.22-rasm. Zardo‘zi zamindo‘zi tikish usuli, to‘lqinsimon «mavj» turlari.
Zardo‘zi tikish turlaridan foydalanib qo‘li gul hunarmandla-
rimiz nihoyatda bejirim ayollar va erkaklar liboslari, cho-
ponlar, oyoq kiyimlar, shuningdek xonalarni bezatish uchun 
bu 
yumlar yaratib kelmoqdalar. Ularning ishlaridan namu-
nalarni kuzatar ekanmiz, (4.23-rasm) zaminimiz insonlari-
ning ijodi benihoyaligiga, ularning qo‘llari bilan yaratilgan bu 


220
nafis san’at asarlariga lol qolmasdan iloji yo‘q. Shuni aytib 
aytib o‘tish joizki, qadimgi an’analardan kelib chiqqan hol-
da, zardo‘zi tikish usullarini qo‘llab, zamonimizga xos bo‘lgan 
yangi liboslar, kiyimlarga mos aksessuarlar yaratish dizayner-
lar, libos rassomlari tomonidan katta mahorat talab etadi. 
Yangicha g‘oya bilan yaratilgan liboslar an’analarimizni aks 
ettirib, o‘zida o‘zbekona lutf va zamonaviy yo‘nalishni bara-
variga mujassam ettira olsa, bu yosh ijodkor rassomlarimiz 
uchun katta yutuq bo‘ladi.

Download 13.53 Mb.
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201




Download 13.53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. Sh. Tashpulatov, M. K. Ramazanova

Download 13.53 Mb.
Pdf ko'rish