|
Didaktik o’yinlarni amalda oshirishda g’oyaviylik prinsipi
|
bet | 5/8 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 0,72 Mb. | | #154612 |
Bog'liq VPe8fpEA1.2.Didaktik o’yinlarni amalda oshirishda g’oyaviylik prinsipi - Didaktik o'yin - bu maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning yoshi va imkoniyatlariga mos keladigan ta'lim berish metodir. Xozirda tajribali pedagoglar bu o'yindan passiv bolalarni jamoaga aralashtirish, har xil rejalar, vazifalami qo'rqmasdan bajarishlari uchun foydalanadi.
- Didaktik o'yinni amalga oshirishda ham doira g'oyaviylik prinsipiga asoslanish lozim. Didaktik o'yin tarbiyaning vazifa hamda maqsadlariga muvofiq kelishi kerak. O'yinlar bolalarning birgalikda o'ynab, o'z manfaatlarini bilan uyg'unlashtira olishi bir-biriga ko'maklashish, do'stining muvaffaqiyutidan xursand bo'lish sifatlanni tarbiyalaydi, boshlangan ishini oxiriga yetkazish ko'nikma qiladi. ularning irodali bo'lib o'sishlariga yordam beradi, ruhiy, aqliy rivojlantiradi V.A.Suxomlinskiy ta'biri bilan aytganda; «o'yinda bolalar oldida olam ochiladi: shaxsning ijodiy qobiliyatlari namoyon bo'ladi».
- Psixologiya tarixida bola faolligining bundan turiga ko'plab tushunchalar berilgan. Psixologlarning bir guruxi, o'yin bu iste'dodning instinktiv rivojlanishi kelgusi jiddiy funksiyalarning anglanmagan mashg'ulollari deb xisoblasa, boshqalarini xursandchilikka yetish bilan bog'lasa, uchinchisi bu qizg'inlikni tushirish usuli deyishsa, to'rtinchilari o'yin paytida olingan ma'lumotlarni tashlab yuborish jarayoni kechikadi deb hisoblashadi.
Ma'lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning yetakchi faoliyat turi o'yin hisoblanadi. Bu davrda bola shaxsidagi asosiy psixologik o'zgarishlar aynan o'yin faoliyati yordamida sodir bo'ladi. - Ma'lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning yetakchi faoliyat turi o'yin hisoblanadi. Bu davrda bola shaxsidagi asosiy psixologik o'zgarishlar aynan o'yin faoliyati yordamida sodir bo'ladi.
- Psixologiya va pedagogikada ular quyidagi sifatlarda talqin etiladi.
- Shaxsning atrof-muhitga munosabati.
- Bolaning sub'yektiv faoliyati sifatida o'zgaradigan va avj oladigan alohida faoliyati.
- Bolaga ijtimoiy berilgan va u tomonidan o'zlashtirilgan faoliyat turi.
- O'zlashtirishning alohida mazmuni.
- Bola ruhiyatining rivojlanishida ro'y beradigan faoliyat turi.
- Butun bolalar hayoti va “Bolalar jamoasi”ni tashkil etishning alohida ijtimoiy-pedagogik shakli.
- Garchand ta'limiy o'yin texnologiyasini ishlab chiqish ancha mehnat talab qilsa-da, lekin ular bir qancha afzalliklarga ega:
- birinchidan, ta'limiy o'yinlarning maqsad va vazifalari maksimal darajada sodda va qulay holda ishlab chiqiladi va tashkil etiladi;
- ikkinchidan, bir marta tayyorlangan yaxshi namunaviy ta'limiy o'yin texnologiyasidan bir necha yillar davomida samarali foydalanish mumkin;
- uchinchidan, tarbiya berishning ta'limiy o'yin metodlaridan foydalanish tarbiyalanuvchi bilimlarni mustaqil o'zlashtirishda juda qo'l keladi;
- to'rtinchidan, turli vaziyatlarda mas'uliyatli qaror qabul qilish ko'nikmasini oshiradi;
- beshinchidan, ta'limiy o'yinlarda tadqoqotchilik qobiliyatini namoyish qilish imkonini beradi;
- oltinchidan, ta'limiy o'yinlar natijasida guruh a'zolarida birgalikda fikrlash qobiliyati rivojlanadi;
- yettinchidan, ta'limiy o'yinlar orqali boshqaruvning yangi shakl va qoidalari, tuzilmasi, me'yori va metodikasi sinovdan o'tkaziladi va hamda ularni o'zlashtirish uchun shart-sharoit yaratiladi.
|
| |