• Maishiy o’yinlar
  • Mehnat mavzusidagi o’yinlar
  • Ijtimoiy mazmundagi o’yinlar
  • II BOB. TA’LIM TARBIYADA SO’ZLI DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI 2.1.MTMda bolalarga ta’lim tarbiya berishda so’zli didaktik o’yinlar texnologilayalari




    Download 0,72 Mb.
    bet6/8
    Sana11.02.2024
    Hajmi0,72 Mb.
    #154612
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    VPe8fpEA

    II BOB. TA’LIM TARBIYADA SO’ZLI DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI 2.1.MTMda bolalarga ta’lim tarbiya berishda so’zli didaktik o’yinlar texnologilayalari

    • Bolalarning yetarli so'z boyligi to'planganidan, ular atrof-muhit haqida ma'lum darajada bilimga ega bo'lganlaridan so’ng didaktik o'yinlar o'tkazilsa maqsadga muvofiq va qiziqarli bo'ladi. Gapirib o'ynaladigan o'yinlar ko'p bolalar bilan o'tkazilganda, bitta savol bir necha marta takrorlanishi, javoblar esa har xil bo’lishi mumkin. Bu talab o'yinning asosiy qoidasini tashkil qiladi. Masalan, "Shifokor nima qiladi?” degan savolga, "Kasallarni davolaydi", "Dori yozib beradi” "Ukol qiladi", "Eshitib ko'radi", "Operatsiya qiladi" kabi javoblar qaytarilishi mumkin.
    • Bolalar bilan o'tkaziladigan so'zli didaktik o'yinlarda foydalaniladigan savollar tushunarli va tanish narsalar yuzasidan berilishi kerak. O'yin jarayonida bolalarning savollarga qaytargan javoblari qisqa, ketma-ket va qo'shimcha savolsiz bo’lishi lozim. O'yin paytida mazkur qoidaga amal qilinmasa, uning o'yinlik xususiyati yo'qoladi, oddiy suhbatga aylanib qoladi. Mana shuning uchun ham bolalarga beriladigan savollar oldindan puxta o'ylab tuzilgan bo’lib maqsadga muvofiqdir. O'yin shaklida o'tkaziladigan mashqlar bolalarning diqqatini o'ziga jalb qiladi, qiziqishini oshiradi. Natijada ular takrorlash zarur bo'lgan so'z yoki harakatni o'zlarini qiynamay, majbur qilmay osonlik bilan qaytaradilar.
    • Didaktik o'yinlar bolalarning har tomonlama chuqur va keng bilim olishlarida, nutq o'stirishda keng foydalaniladigan ta'limi vositalardan biri hisoblanadi. Bunda o'yinning asosiy mohiyati shundaki, kattalar bolalarga biror aqliy vazifani o'yin shaklida bajarishni topshiradilar. Didaktik o'yin xuddi boshqa o'yinlar kabi xushchaqchaqlik tuyg'usini uyg'otishning ta'sirchan qurolidir. Didaktik o'yinlarning asosiy turlari quyidagilardan iborat: intelektual, harakatli, aralash o'yinlar.

    Maishiy o’yinlar. O’yinlarning bu turida bola oilada va boshqa joylarda bo’layotgan voqelikni aks ettiradi. Kattalarning xatti-harakatiga, so’zlashish madaniyatiga taqlid qiladilar.

    • Maishiy o’yinlar. O’yinlarning bu turida bola oilada va boshqa joylarda bo’layotgan voqelikni aks ettiradi. Kattalarning xatti-harakatiga, so’zlashish madaniyatiga taqlid qiladilar.
    • Mehnat mavzusidagi o’yinlar. Bunda asosan qizlar xo’jalik ishlari bilan tanishadilar. Qo’g’irchoqqa kiyim tikish, bichish, idishlarni joy-joyiga qo’yish kabilar orqali turli ishlarga qiziqish va ko’nikmalarni hosil qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
    • Ayrim hollarda bolalar o’yin misolida kattalar mehnatiga taqlid qiladilar, keyinchalik esa bevosita mehnat jarayonida qatnashadi. O’yin yosh avlodni mehnatga tayyorlaydi.
    • Ijtimoiy mazmundagi o’yinlar. Bunda bolalar tarbiyachi, shifokor, quruvchi timsolida muayyan kasb-hunar haqida tasvvur hosil qiladilar, tafakkurlari shakllanib boradi. Shu bilan birga kattalar turmushiga, jamiyatdagi xulq-atvor meyor-qoidalariga ijobiy munosabat hosil qiladilar. Bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalashda ijodiy o’yinlarning roli ayniqsa kattadir.

    Download 0,72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II BOB. TA’LIM TARBIYADA SO’ZLI DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI 2.1.MTMda bolalarga ta’lim tarbiya berishda so’zli didaktik o’yinlar texnologilayalari

    Download 0,72 Mb.