O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi davlat universiteti




Download 0,72 Mb.
bet8/8
Sana11.02.2024
Hajmi0,72 Mb.
#154612
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
VPe8fpEA

UMUMIY XULOSALAR

  • Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilarining asosiy vazifalari bolalardagi iqtidor va qobiliyatni yanada o'stirish, ularning bilim olish istiqbolini rivojlantirishdan iboratdir. Buning uchun tarbiyachining o'zi ham pedagoglik mahoratini oshirishi, bilimli, zamon bilan hamnafas, yangiliklarga doimo intiluvchan va albatta tarbiyalangan bo'lishi maqsadga muvofiqdir.
  • Shunday ekan, tarbiyachi mashg'ulotlarda turli o'quvpedagogik dasturlardan, elektron qo'llanmalardan, pedagogik o'yinlardan foydalansa, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi to'siq yo'qoladi, bolalarning xarakteri kengroq ochiladi. Shuningdek, kuzatuvchanlik, xotira, diqqat kuchayadi, chunki mashg'ulotda majburiy bilim berish bo'lmay, bilimni ixtiyoriy qabul qilish albatta ijobiy natijaga olib kelishi tabiiydir.
  • Yosh avlodni har tomonlama rivojlangan, komil inson qilib tarbiyalash yo'lida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risida”gi Qonunining 11-moddasida maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlashi ta'kidlangan. Bu ta'lim 6-7 yoshdagi bolalarga oilada, bolalar bog'chasida va boshqa ta'lim muassasalarida beriladi.

Farzandlarimizning shakllanishi, dunyoqarashlari kengayishida bog'cha tarbiyasi muhim. Bog'cha dasturiga ko'ra, bola vaqtida ovqatlanadi, o'ynaydi, dam oladi. Bu tartib bola salomatligi uchun juda muhimdir. Bog'chada bola ta'limning boshlang'ich dasturini bosqichma-bosqich o'rgana boradi. O'qishni, yozishni, matematik-mantiqiy amallar bajarishni bilib oladi. U shu yerda Vatanni taniydi, yuragida tabiat va jamiyatga mehr hissi uyg'onadi.

  • Farzandlarimizning shakllanishi, dunyoqarashlari kengayishida bog'cha tarbiyasi muhim. Bog'cha dasturiga ko'ra, bola vaqtida ovqatlanadi, o'ynaydi, dam oladi. Bu tartib bola salomatligi uchun juda muhimdir. Bog'chada bola ta'limning boshlang'ich dasturini bosqichma-bosqich o'rgana boradi. O'qishni, yozishni, matematik-mantiqiy amallar bajarishni bilib oladi. U shu yerda Vatanni taniydi, yuragida tabiat va jamiyatga mehr hissi uyg'onadi.
  • “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablari”da bolalar tafakkurini rivojlanishida barcha ilk boshlang'ich bilimlarni uzluksiz o'stirib borish muhim o'rin tutadi.
  • Maktabgacha ta'lim muassasalarida ko'proq bolaning yoshini hisobga olishni unutmaslik kerak. Ularni oddiy, oson va vaqtni kam oladigan didaktik o'yinlar bilan shug'ullantirib, keyin asta-sekin murakkablashtirib borish yaxshi natija beradi. Bunday ish tutish, bir tomondan bolalarning dunyoqarashi va ongini kengaytirsa, boshqa tomondan, ularning bayon etish qobiliyatini kuchaytiradi, mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradi.
  • Pedagog bunday o’yinli texnologiyalarni biron-bir mavzu asosida ma'lum maqsaddan kelib chiqqan holda tanlay olishi zarur.
  • Xalqimizda tarixan shakllangan fazilatlardan biri, bolalarni tarbiyalashda, ularni shaxs sifatida komil inson darajasida yetkazishda kattalarning bolalarga o'z ishlari, faoliyatlari bilan namuna bo'lishlari tajribadan o'tgan vosita hisoblanadi.
  • Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'yin – o'qish, o'yin – mehnat, o'yin – jiddiy tarbiya shaklidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'yin atrofdagi olamni bilish usulidir. Agar bola pedagogik jarayonga to'liq kirsa, u holda o'yin tarbiya vositasidan iborat bo'ladi. O'yinni tashkil etish va boshqarish orqali tarbiyachi bola shaxsi rivojlanishining barcha tomonlariga: sezgisiga, ongiga, erkiga va xulqiga to'la ta'sir etadi.
  • Didaktik o'yin – maqsadga yo'naltirilgan ijodiy faoliyat bo'lib, unda bola atrofidagi hodisalarni chuqurroq va yorqinroq egallaydi va dunyoni biladi. O'yin bolaning kelajakdagi o'quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatining qay darajada shakllanib borishini belgilaydi.
  • E’TIBORINGIZ
  • UCHUN
  • RAHMAT!

Download 0,72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi davlat universiteti

Download 0,72 Mb.