146
Neyrolingvistika (yunon. neuron – tomir, nerv, asab va lot. lingua
– til) – nutqiy faoliyatning miya mexanizmlarini va miyaning mahalliy
jarohatlanishi tufayli yuzaga keladigan nutqiy jarayondagi o‗zgarishlarni
o‗rganadigan fan. Neyrolingvistika mustaqil fan sifatida (biologik)
tilshunoslik negizida, neyrologiya, psixologiya
va lingvistika kesishgan
nuqtada yuzaga keldi va u til sistemasini lisoniy muomalaning miya
substrati bilan o‗zaro aloqada o‗rganadi.
Neobixeviorizm (yunon. neos – ―yangi‖ va ingl. behaviour –
―xulq, xatti-harakat‖)da bixeviorizmning prinsipial S–R sxemasi
mohiyatan murakkablashtirilib, S –R orasida
nimadir borligi aniqlandi
va ―oraliq o‗zgaruvchi‖ tushunchasi paydo bo‗ldi. Gap endi shunchaki
tashqi stimul va reaksiya haqida emas, balki insonda tashqi reaksiya
chaqira oladigan va insonning o‗ziga xos
individual tajribasini aks
ettiradigan (shuning uchun ham turli kishilarning reaksiyalari farqli
bo‗ladi) oraliq o‗zgaruvchi, ya‘ni organizm ichidagi maxsus
ichki stimul
tushunchasi haqida boradi.
Psixolingvistika termini birinchi marta amerikalik psixolog
N.Pronko
tomonidan
1946-yilda
ilmiy
muomalaga
kiritilgan.
―
Psixolingvistika‖
psixologiya (yunon.
psyche ―ruh‖)
va
lingvistika
(lotin.
lingua ―til‖)
kesishgan
nuqtadagi metafan, ya‘ni psixologiya va
lingvistikaning sintezi hisoblanadi. 1953-yilda AQShning Blumington
shahridagi Indiana universiteti huzuridagi
Lingvistika va psixologiya
qo‗mitasi tomonidan tashkil etilgan universitetlararo seminarda
psixolingvistika mustaqil fan sifatida e‘lon qilindi. Psixolingvistika
nutqiy faoliyatni nutq akti mazmuni bilan so‗zlovchining maqsad-niyati
orasidagi aloqadorlik nuqtayi nazaridan o‗rganadigan fan.
U nutqni
idrok
etish,
tilni
egallash
kabi
masalalarni
o‗rganadi.
Psixolingvistikaning diqqat markazida individ va kommunikatsiya
turadi. Unga ko‗ra, so‗zlovchi nutqni yuzaga chiqarar ekan, o‗zi
o‗ylagan niyatini ma‘lum qoidalar asosida aniq tilning nutq
birliklariga
uzatadi. Tinglovchi nutqni qabul qilar ekan, nutq ifodalarining tashqi
shaklida o‗z aksini topgan ma‘noni chiqarib oladi.