• Eksperimental-fonetik usul
  • Hujjatlar ekspertizasi
  • Interferensiya
  • Kommunikativ shaxs
  • Lisoniy faollik
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/64
    Sana23.11.2023
    Hajmi1,52 Mb.
    #104038
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64
    Etnopsixolingvistika  nutqiy faoliyatda muayyan an‘analar bilan 
    bog‗liq bo‗lgan muomala birliklarining qanday paydo bo‗lishini, turli til 
    egalarining verbal va noverbal muloqotidagi farqlarni o‗rganadi. Nutqiy 
    etiket va ―dunyoning rangli manzarasi‖ni, turli xalqlardagi ikki tillilik va 
    ko‗p tillilik hodisalarini tadqiq etadi.
    Eksperimental-fonetik usul — nutq tovushlari, bo‗g‗in, urg‗u va 
    intonatsiyani alohida apparatlar yordamida (kimograf, spektograf, 
    ossillograf, rentgen va h.k.) o‗rganuvchi usul. 
    Harakat afaziyasi – bemor so‗zlarni talaffuz qila olmaydi, garchi u 
    unga aytilgan nutqni tushunadi, bunda miyaning chap peshona pastki
    orqa burmalarida joylashgan Broka markazi shikast yegan bo‗ladi. 
    Hujjatlar ekspertizasi – hujjatlardagi imzolar, muhrlar, shtamplar, 
    yozuvlar yuzasidan olib boriladigan ekspertiza.
    Ichki nutq– so‗zlovchining ma‘lum xabarni bevosita muloqotga 
    chiqarishdan oldin uni ovozning ishtirokisiz qaytarib olishi. 
    Interferensiya  ikki tilni biladigan shaxsning bir tilining ikkinchi 
    tiliga ko‗rsatgan har qanday ta‘siri va bu ta‘sirning natijasi. 


    144 
    Kod  muloqot vositasi bo‗lib, u tabiiy tillar (o‗zbek, rus, ingliz va 
    h.k.) hamda sun‘iy tillar: esperanto yoki zamonaviy mashina tillari, 
    morze alifbosi, turli signallar va boshqalarni o‗z ichiga oladi.
    Kommunikativ shaxs – real kommunikatsiyada real harakat 
    qiladigan aniq kommunikativ aktning aniq ishtirokchisidir.
    Lakuna (lot. lacuna ―bo‗shliq, chuqurlik, cho‗nqir joy‖; frans. 
    lacune ―bo‗shliq, bo‗sh joy‖) – biron xalqning maishiy, madaniy, 
    ijtimoiy va tarixiy hayoti uchun xarakterli va boshqa xalq uchun begona 
    bo‗lgan, boshqa tilda aniq muqobili bo‗lmagan so‗z va so‗z birikmalari. 
    Lakunalar qiyoslanayotgan tillarda o‗xshashi bo‗lmagan so‗zlar bo‗lib, 
    ular, asosan, tillarning qiyosida seziladi.
    Lisoniy faollik (linguistic performance) tushunchasi ham 
    N.Xomskiy tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. N.Xomskiy lisoniy 
    faollikni psixologiya sohasiga aloqador qildi va uni til egasi tomonidan 
    yaratiladigan ifodalar sifatida izohladi. N.Xomskiy lisoniy faollikni 
    ―aniq sharoitlarda tilning kundalik qo‗llanishi‖, - deb tushuntiradi. 
    Lisoniy faollik nutqiy faoliyatda lisoniy qobiliyatni amalga oshirishda 
    yuz beradigan jarayondir. Ya‘ni lisoniy faollik ona tilini o‗zlashtirgan 
    kishi egallagan til bilimlarini amalda qo‗llay olishidir.

    Download 1,52 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti

    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish