139
“Tilshunoslik va tabiiy fanlar” tanlov fanidan
Glossariy
Afaziya (yunon.
aphasna, a – inkor, phasis – nutq) miya
muayyan
qismlarining, odatda, chap yarim sharning shikast topishi tufayli vujudga
kelgan nutqiy buzilish. Afaziya miyaga qon quyilishi (insult), miya
o‗simtasi, biror bir mexanik shikast tufayli vujudga keladi. Agar
miyadagi nutqiy zonalarning hammasi shikastlansa,
total afaziya yuzaga
keladi. Bunday holatda nutq umuman yo‗qoladi va uni tushunish amalga
oshmaydi. Agar miyaning nutqiy
zonalaridan biri ishlab ketsa,
qisman
afaziya vujudga keladi.
Akustik afaziya– bosh miyaning
yuqori chakka miyasida
joylashgan Vernika markazi shikastlanganda yuzaga keladi.
Bunday
holda
bemor gapira oladi,
lekin nutqni tushunmaydi, unda ―fonematik
eshitish qobiliyati‖ buziladi. U so‗zlarni tushunib bo‗lmaydigan
shovqindek qabul qiladi, ma‘nosiga tushunmaydi. U hamma tovushlarni
eshitadi, lekin ularni umumlashtirish va ajratish qobiliyatini yo‗qotadi.
Bularning hammasi ikkilamchi buzilishlarga – so‗zlarning noto‗g‗ri
talaffuz qilinishiga, yozish qobiliyatining buzilishiga olib keladi.
Alaliya (yunon.
ἀ- inkor yuklamasi va qad. yunon.
lalia – nutq) –
nutqiy buzilishning bir ko‗rinishi bo‗lib,
u aqli raso,
eshitish qobiliyati
140
bekam-ko‗st bo‗lgan bolalarda nutqning bo‗lmasligi yoki nutqning juda
kech paydo bo‗lishi bilan tavsiflanadi.