133
2. Lingvistik geografiya predmeti, maqsad va vazifalari.
Tayanch tushunchalar: tilshunoslik, geografiya, lingvistik
geografiya, areal lingvistika, dialektologiya, izoglossa va
til landshafti
1.Tilshunoslik
va
geografiya.
Lingvistik
geografiya.
Tilshunoslik geografiya bilan ham uzviy aloqadadir. Onomastikaning
bir
qancha sohalari, dialektologiya fani bevosita geografiya fani bilan
bog‗liqdir. Shunga ko‗ra, XIX asrning 70-80-yillarida tilshunoslik va
geografiya o‗zaro aloqadorligida alohida
soha lingvistik georafiya
(lingvogeografiya) shakllandi.
Bu soha til hodisalarining tarqalish o‗rinlarini, ularda tarixiy
taraqqiyot jarayonida yuz bergan o‗zgarishlarni o‗rganish uchun xizmat
qiladi. Masalan, turkiy tillar geografiyasi haqida so‗z ketganda, til
egalarining tarix taqozosi bilan muayyan o‗zgarishlarni o‗z boshlaridan
kechirishlari, turli joylardan ko‗chib yurishlari
va hozirgi vaqtda
o‗troqlashish sabablarini o‗rganish tushuniladi. Masalan, Turkiyadagi
aholining qadimda Turkistonda yashab, so‗ngra
hozirgi zaminga
ko‗chib ketganliklari va muqim hayot kechirishga o‗tganliklari
fikrimizning dalilidir.
Lingvogeorafiya lahja va shevalarni o‗rganishda ham ahamiyatlidir.
Chunki ularning tarixiy taraqqiyot yo‗llarini belgilashda, fonetik, leksik
va grammatik xususiyatlarini o‗rganishda xalq tarixi va til tarixi bilan
ularning tarqalgan joylari bilan uzviy bog‗liqlikda tekshiradi. Masalan,
o‗zaro umumiy xususiyatga ega bo‗lgan Toshkent, Parkent, Pskent,
Qarnob kabi shevalarning turli joylarda o‗troqlashib
qolish sabablari
o‗rganish, ulardagi umumiy til xususiyatlarini va o‗ziga xos tomonlarini
asos qilib olib, ularning xaritalarini chizib berish hamda
lingvistik
atlasini yaratish muhimdir.
P.Meyer, G.Paris, G.Venker J.Jilyeron, E.Edmon R.I.Avanesov,
V.M.Jirmunskiy, B.A.Larin, F.P.Filin, M.A.Borodina, N.3.Gadjiyeva
singari olimlar lingvistik geografiyaning shakllanishi
va rivojlanishiga
katta xizmat qilganlar. 30-40-yillardan boshlab turkiyshunoslar va
o‗zbek tilshunoslari ham (aslida bu sohaga oid dastlabki qarashlar
M.Koshg‗ariyning ―Devonu lug‗ati-t- turk‖ asarida mavjud) lingvistik
134
geografiyaga, lingvistik atlas tuzish muammolariga diqqatini jalb etdilar.
V.M.Jirmunskiy, M.Sh.Shiraliyev, N.B.Burganov va L.3.Zalyay,
G.B.Bakinova,
N.A.Baskakov,
L.A.Pokrovskaya,
E.V.Severtyan,
Ye.D..Polivanov, V.Reshetov, G‗ozi Olim Yunusov, I.K.Yudaxin,
A.K.Borovkov, U.Tursunov, A.G‗ulomov, F.Abdullayev, X.Doniyorov,
A.Y.Aliyev, Q.Muhammadjonov, S.Ibrohimov, Sh.Shoabdurahmonov,
M.Mirzayev,
K.Nazarov,
A.Shermatov,
A.B.Jo‗rayev
singari
olimlarning bu muammoga bag‗ishlangan qator asarlari maydonga
keldi.
91
Bu tadqiqotlar lingvistik geografiyaning
nazariy asoslarini
belgilab berishda muhim ahamiyatga ega.