• Lisoniy qobiliyat
  • Matn atributsiyasi
  • Motor afaziya
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/64
    Sana23.11.2023
    Hajmi1,52 Mb.
    #104038
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64
    Lisoniy shaxs – muayyan bilimlar va tasavvurlar majmuyiga ega 
    bo‗lgan nutqiy faoliyatni namoyon qiluvchi shaxs. 
    Lingvistik shok – ona tili uchun kulgili, g‗alati va odobdan tashqari 
    hisoblangan lisoniy birliklar qo‗llanilgan xorijiy nutqni eshitgan 
    insonning hayratlanish, kulish yoki xijolat bo‗lish holati. Masalan, turk 
    tilida düşmek ―yiqilmoq‖ni, o‗zbek tilida tushmoq ―yuqoridan, 
    balandlikdan pastga tomon yo‗nalmoq; biron transportdan tushmoq va 
    h.k.‖ yoki zor ―juda qiyin‖, zo„r ―juda yaxshi‖ ma‘nolarni ifodalaydi. 
    Koreys tilida oppa akani, o‗zbek tilida bunga qarama-qarshi ma‘nodagi 
    so‗zni anglatadi. Tillararo bunday omonimiya hodisasi ―tarjimonning 
    aldoqchi do‗stlari‖ muammosi sifatida tasvirlanadi.


    145 
    Lisoniy qobiliyat  (linguistic competence) tushunchasi N.Xomskiy 
    tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. N.Xomskiy lisoniy qobiliyatni 
    mazkur tilda so‗zlashish qobiliyatini tashkil qiluvchi sifatida izohlagan. 
    Ma‘lumki, kishi tovushlar birikuvi, so‗zlar bog‗lanishi, umuman, tildagi 
    so‗zlar tizimining qo‗llanishini onasidan, tevarak-atrofidagi yaqinlaridan 
    eshitib o‗z ona tilini o‗zlashtiradi (ayni holat tilshunos yoki tilni 
    o‗rganuvchi har qanday kishida ham kuzatiladi). Bunday tizimdan 
    foydalanish natijasida inson ona tilidagi cheksiz so‗z turkumlari
    jumlalar va matnlarni hosil qilish qobiliyatini egallab boradi. Shunga 
    ko‗ra, lisoniy qobiliyatni so‗zlovchi va tinglovchi til bilimining 
    potensiali, deb izohlash mumkin. N.Xomskiy ―lisoniy qobiliyat 
    birlamchi bo‗lib, u lisoniy faollikni belgilaydi‖, - deb hisobladi. 
    Transformatsion grammatika tarafdorlari ham asosiy urg‗uni lisoniy 
    qobiliyatga berishdi.
    Matn atributsiyasi matnning muallifligini – ma‘lum matnni 
    mazkur shaxsga tegishli ekanligi yoki bu shaxsga tegishli emasligini 
    aniqlash. Matnning atributsiyasi faqatgina kriminalistik amaliyotda 
    amalga oshirilmaydi. Matnni aniqlash tarix va filologiya fanlarining 
    yordamchi sohasi hisoblangan, badiiy va boshqa asarlar matnlarining 
    yaratilish tarixini o‗rganadigan manbashunoslikning ham muhim 
    masalalaridan biridir.
    Motor afaziya – inson miyasidagi Broka zonasi shikastlanganda 
    maydonga keladi. Afaziyaning bu turida inson nutqni tushuna oladi, 
    lekin gapira olmaydi. Broka markazini 1861-yilda fransuz olimi P.Broka 
    kashf qilgan. U miyaning chap peshona pastki orqa burmasida 
    joylashgan.

    Download 1,52 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti

    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish