143
Ritm — nutqda urg‗uli va urg‗usiz hamda cho‗ziq va qisqa
bo‗g‗inlarning munosabati.
Etnolingvistika – tilning jamiyat
ijtimoiy strukturasi yoki
xalqning
madaniyati,
an‘analari, urf-odatlari bilan aloqasini
o‗rganadigan yo‗nalishi. Zamonaviy etnolingvistikaning markazida
tilning leksik tizimidagi faqat muayyan
moddiy va madaniy-tarixiy
majmualar: madaniyat shakllari, urf-odatlar, udumlar bilan o‗zaro
munosabatdagi elementlari bo‗ladi. Mazkur yo‗nalishni
ikki alohida
tarmoqqa ajratish mumkin: 1)
etnik hududlarni tilga ko„ra
rekonstruksiya qilish; 2)
xalqning moddiy va ma‟naviy madaniyatini til
ma‟lumotlariga ko„ra rekonstruksiya qilish. Etnik o‗ziga
xosliklar,
jumladan, turli vaziyatlarda kishilar qanday ishlashadi, qanday dam
olishadi, qanday ovqatlanishadi, qanday gaplashishadi va h.k. har joyda
namoyon bo‗ladi.