• Turizmda marketing vazifalari
  • Mavzu 1. “Turizm marketingi” fani, uning maqsadlari va vazifalari




    Download 414,67 Kb.
    bet3/89
    Sana09.01.2024
    Hajmi414,67 Kb.
    #133091
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.org

    Mavzu 1. “Turizm marketingi” fani, uning maqsadlari va vazifalari
    1.1. Fanning maqsadlari va vazifalari

    1.2. Marketing funksiyalari





      1. Fanning maqsadlari va vazifalari

    Turizmda marketingni tizim sifatida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, albatta uning ma’lum tarkibiy qismlari: maqsadlari, vazifalari va funksiyalarni hisobga olishimiz kerak. Ularning o‘rtasida bo‘lgan o‘zaro aloqani va o‘zaro ta’sirini ajratib va o‘rganib, turistik korxonaning marketing konsepsiyasini amalga oshirishning asosiy chegaralarni ko‘rsatish mumkin. (rasm 1.1.).

    Turizm marketingi maqsadlari – uning yakunida erishadigan narsasidir. Marketingning bosh maqsadi – korxonaning faoliyat yuritish jarayonida foydaning eng yuqori hajmini ta’minlash. Bunda talabni qondirishi maqsadga erishishning omili bo‘ladi.
    Turizm marketingining asosiy maqsadlari qo‘yidagilardir:

    1. Talab harakatiga egiluvchan tarzda javob beri shva mavjud resurslarni oqilona ishlatishga binoan aniq turistik mahsulotlarga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi ma’qul nisbatni ta’minlash orqali iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish.


    2. Mahsulot turlanishini rag‘batlantirish, anglash va takomillashtirish hamda yaratiladigan mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etish orqali bozor ulushini (qismini) egallab olish.


    3. Turistik xizmatlarni ishlab chiqarishda rentabellikning barqaror o‘sishini ta’minlash.




    Turizmda marketing vazifalari – turistik korxonaning maqsadlariga erishish uchun sharoitlar yaratib berish. Turizm marketing vazifalari odatda turizm sohasi korxonalarining marketing vazifalaridan kelib chiqqan holda ularni oydin qiladi. Marketingning muhim vazifasi imkon boricha firmaning faoliyatida barqarorlikni, strategik maqsadlarni rivojlanishida va erishishda rejalashtirishga buysinishni ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi.
    Agar xizmatlar sohasida paydo bo‘ladigan xususiy muammolarga e’tibor bermasa, turizm marketingi vazifalarning uchta guruhini ajratish mumkin:
    1. Bozorni, talabni, iste’molchilar didi va xohishini puxta va har tomonlama o‘rganish asosida bozorga chiqish, shu talablarga javob beruvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish;


    2. Xizmatlar ishlab chiqaruvchining bozor izmini oshiruvchi bozor munosabatlarning ijtimoiy – iqtisodiy samarasini oshirishi va ularning eng ma’qul darajasiga erishish, xizmatlar turlanishini doimo kengaytirish, yangi bozorlar (bozor segmentlar) ni faol qidirish, mavjud bo‘lgan bozorlarni kengaytirish.


    Barcha mavjud bo‘lgan vositalar yordamida hayotga marketing xizmatlar rejasini uzluksiz tadbiq etish asosida iste’molchilar va bozorga ta’sir etish, ya’ni ishlab chiqarilgan tovarni oldingi siljitishning asoslangan va samarali siyosatini yaratish.


    Analitik






















    Funksiyalari




    Turizm marketingi tizimi




    Maqsadlari




    Iste’molchilar talablarini qondirish


    Boshqarish


























    Vazifalari








    Bozorda ulushni egallash
























    Marketing tadqiqotlarini o‘tkazish




    Bozorni kengaytirish




    Marketing konsepsiyasini shakllanishi




    Xizmatlar rentabelligining o‘sishi





    Download 414,67 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




    Download 414,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu 1. “Turizm marketingi” fani, uning maqsadlari va vazifalari

    Download 414,67 Kb.