Rasm-1.2. Turistik korxonada marketing konsepsiyasini amalga oshirish texnologiyasi




Download 414,67 Kb.
bet5/89
Sana09.01.2024
Hajmi414,67 Kb.
#133091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.org

Rasm-1.2. Turistik korxonada marketing konsepsiyasini amalga oshirish texnologiyasi.
Marketing jarayoni marketing tadqiqotlar majmuasini amalga oshirish yo‘li orqali bozor imkoniyatlarini tahlilidan boshlanadi. Shu tadqiqotlar natijasi boshlang‘ich vaziyat (korxona muhiti, salohiyatli iste’molchilari, bozor holatini baholash, raqobat darajasi)ning tahlili hamda turistik firmaning kelajakdagi faoliyatini) belgilash bo‘yicha aniq tavsiyalar berish bilan bog‘liq bo‘ladi. Aniqlangan bozor imkoniyatlarini korxonaning maqsadlari va resurslari bilan solishtirish marketing imkoniyatlarini ifoda etishni ta’minlaydi.

Eng samarali uzoq muddatli maqsadli bozorlarni tanlash butun bozorga marketing harakatlarini sarflamasdan, korxonaga naf keltiradigan haridorlar guruhiga xizmat qilish, ularning ehtiyojlarini qondirishga qaratishni imkonini beradi.


Eng ma’qul marketing strategiyasini ishlab chiqish tanlab olingan ustivor yo‘nalishlarda resurslarni jamlash orqali marketing faoliyatidagi noaniqlik va xavf-xatar darajasinit kamaytirishga imkon beradi.
Marketing strategiyasini amalga oshirish quyilgan maqsadlarni va vazifalarni amalga oshirishni ta’minlaydigan vositalarni tanlash bilan bog‘liq bo‘ladi va marketing unsurlari – mahsulot, narx, savdo (taqsimlash kanallari) va kommunikatsiyalar bo‘ladi. Barcha asosiy unsurlar bo‘yicha umumiy strategiyada quyidagi xususiy strategiyalar ishlab chiqariladi:
    • mahsulot strategiyasi;


    • narx strategiyasi;


    • savdo strategiyasi;


    • kommunikatsion strategiyasi;


Marketing boshqarish samarasini ta’minlash uchun uning yordamchi tizimlarini ishlab chiqish talab qilinadi:


    • marketing tizimini;


    • marketingi rejalashtirish;


    • marketingni tashkil etish;


    • marketing nazorati.


Marketing konsepsiyasini amalga oshirish texnologiyasi o‘z tarkibini ham, korxona xususiyatlariga, bozorni egallash darajasiga, qo‘yilgan maqsad va vazifalariga hamda bozor sharoitlariga bog‘liq holda ham ayrim bosqichlar tartibini o‘zgartirish mumkin. Ammo bu unsurlarning hammasi bir – biriga bog‘liq va ulardan bittasi amal qilmasa, tizimning butunligi yo‘qoladi.


O‘zbekistonda turizm marktetingidan foydalanish va uning samarali rivojlanishni ta’minlash uchun bir qator shart-sharoitlar talab qilinadi:
  • bozorni xizmatlar bilan imkon boricha ta’minlash (haridor bozorning mavjud bo‘lishi);


  • haridorlar afzalliklari uchun turistik firmalar o‘rtasidagi chuqur raqobat;


  • iste’molchilarning boshqa mavjud tovarlar va xizmtalar to‘g‘risida yaxshi axborotga ega bo‘lishi;


  • erkin bozor munosabatlari, ya’ni ma’muriy cheklashlarsiz savdo bozorlarni, sheriklarni tanlash, narx-navoni o‘rnatish, tijorat ishini va h.k. larni olib borish;


  • korxona ichida ma’muriyatning firma maqsadlarini, strategiyalarni, boshqarish tuzilishni aniqlash, byudjet moddalariga binoan mablag‘larni taqsimlash bo‘yicha erkin faoliyati.


Birinchi uchta shart-sharoit marketing konsepsiyasining imkoniyatini va undan foydalanishni belgilab beradi. Qolgan ikkitasi esa turizm sohasidagi marketing konsepsiyasini amalga oshirishning samarasini ko‘zlaydi.



Download 414,67 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Download 414,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rasm-1.2. Turistik korxonada marketing konsepsiyasini amalga oshirish texnologiyasi

Download 414,67 Kb.