• SH.S.SHaripov, K.Davlatov, G.S.Nasriddinova. Kasbga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari. O’quv qo’llanma. –Toshkent, 2007. 146 b.
  • Pedagogika fanlari doktori, professor U.Nishonalievning umumiy tahriri ostida Taqrizchilar: Tolipov O’tkir Qarshievich
  • KIRISH
  • Ызбекистон республикаси




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/39
    Sana25.11.2023
    Hajmi1,3 Mb.
    #105188
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
    Bog'liq
    касб й и п а укув кулланма (восстановлен)



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
    SHaripov SHavkat Safarovich, Davlatov Karim,
    Nasriddinova Gulchehra Salohuddinovna
    KASBGA YO’NALTIRISHNING 
    ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
    O’QUV QO’LLANMA 
    Magistratura mutaxassisligi:
    5A142001 - Mehnat ta`limi metodikasi 
    Toshkent – 2007 



    SH.S.SHaripov, K.Davlatov, G.S.Nasriddinova.
    Kasbga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari. O’quv qo’llanma. 
    –Toshkent, 2007. 146 b. 
     
    Mazkur o’quv qo’llanmada talabalarda umumiy o’rta ta`lim maktabi hamda 
    o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o’quvchilarini kasbga yo’naltirishga 
    muvaffaqiyatli rahbarlik qilish bo’yicha zarur bilim va ko’nikmalarni shakllantirish 
    bo’yicha tavsiyalar berilgan. 
    O’quv qo’llanma asosan mehnat ta`limi metodikasi mutaxassisligi bo’yicha 
    tahsil olayotgan talabalarga mo’ljallangan bo’lib, shuningdek undan amaliyotchi 
    o’qituvchilar, kasbga yo’naltirish muammolari bilan ilmiy izlanuvchilar va 
    psixologlar ham foydalanishlari mumkin.
    Pedagogika fanlari doktori, professor 
    U.Nishonalievning umumiy tahriri ostida 
    Taqrizchilar: 
    Tolipov O’tkir Qarshievich – O’zPFITI direktor o’rinbosari,
    pedagogika fanlari doktori, professor 
     
    Muslimov Narzulla Alixanovich - TDPU Kasb ta`limi fakulteti
    dekani, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent 
    O’quv qo’llanma Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika 
    universitetining Ilmiy Kengashi yig`ilishida ko’rib chiqilgan va nashrga tavsiya 
    etilgan. 2007 yil 29 martdagi 9-raqamli bayonnoma. 



    KIRISH 
     
    Magistrantlar uchun “Kasbga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari” 
    fanidan ushbu o’quv qo’llanmani yaratishdan maqsad va vazifalar “Ta`lim 
    to’g`risidagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilab berilgan 
    vazifalarni ilmiy asoslarini ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik-psixologik nuqtai 
    nazardan o’zlashtirish hamda amaliy jihatdan qo’llashga yo’naltirilgan. 
    “Kasbga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari” kursining asosiy 
    maqsadi bo’lajak mutaxassislarni umumiy o’rta ta`lim maktabi hamda o’rta 
    maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o’quvchilarini kasbga yo’naltirishga 
    muvaffaqiyatli rahbarlik qilishdagi bilim va ko’nikmalarini shakllantirishdan 
    iborat etib belgilangan. “Kasbga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari” kursi 
    belgilangan maqsad asosida talabalarni kasbiy tayyorlashning quyidagi 
    vazifalarini hal etadi: 

    ilmiy, pedagogik, tadqiqotchilik sifatlarini rivojlantirish; 

    umumiy o’rta va kasb-hunar ta`limi muassasasida o’quvchilarni kasbga 
    yo’naltirish faoliyatini tashkil qilish va unga rahbarlik qilishga tayyorlash; 

    o’quvchilarni kasbga, kasb tanlashga va kasb-hunarga yo’naltirish ishida 
    yangi axborot, innovatsion va pedagogik texnologiyalarini o’zlashtirish, 
    zamonaviy metodlardan samarali foydalana olish maqsadlarini shakllantirish. 
    “Kasbga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari” kursi bo’yicha ma`ruza, 
    amaliy va seminar mashg`ulotlari o’tilishida magistrantlar turli manbalardan 
    foydalanib o’zlarining ilmiy izlanish va ilmiy pedagogik faoliyatlariga, ayniqsa 
    ilmiy tadqiqotlar olib borishga o’zlarini tayyorlashlari maqsadga muvofiqdir. 

    Download 1,3 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ызбекистон республикаси

    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish