§ 1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASDA KASBGA YO’NALTIRISH




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/39
Sana25.11.2023
Hajmi1,3 Mb.
#105188
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
касб й и п а укув кулланма (восстановлен)

 
§ 1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASDA KASBGA YO’NALTIRISH 
ISHLARINING TIZIMI VA BOSQICHLARI 
 
Amaliy va ijtimoiy sheriklik tomonlari sifatida, fan va ishlab chiqarishning 
ishtiroki bilan kasb-hunar ta`limi hamda kadrlar tayyorlashni rivojlantirish 



strategiyasining asosiy yo’nalishlari kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan. 
Biroq, kasb-hunar ta`limiga ijtimoiy sheriklarni jalb qilishning real mexanizmi hali 
ishlab chiqilmagan. Ish beruvchilar bilan hunar ta`limi tizimi boshqaruv organlari 
o’rtasidagi o’zaro munosabat davlat darajasida qonun yo’li bilan 
mustahkamlangan. 
Tadbirkorlar, ayniqsa kichik korxonalar avvalo bozorda o’zlarining tovarlarini 
raqobatbardoshligini oshirishga intilmoqdalar. Ular kadrlar tayyorlashda ishtirok 
etishdan manfaatdor emaslar, sababi ular asosan davlat ta`lim tizimidan tayyor 
xodimlarni oladilar. 
Bundan tashqari ko’pchilik korxonalar o’zlarining xodimlarini tayyorlash va 
ularning malakasini oshirish uchun etarli mablag`ga ega emaslar. 
To’lov asosida, ya`ni buyurtmachi kadrlar tayyorlashga to’la yoki qisman pul 
to’lashi ko’zda tutiladigan shartnomalar tuzish hali keng tarqalmagan. 
SHunday qilib, ishlab chiqaruvchilarni kadrlar tayyorlash ishiga jalb qilishni 
sekinlatadigan sabablardan biri, bu masala bo’yicha me`yoriy-qonuniy bazaning 
mavjud emasligi hisoblanadi. Kadrlar tayyorlashga mablag` sarflaydigan 
korxonalar uchun soliq to’lashdagi mavjud imtiyozlar kam samaralidir.
Kadrlar tayyorlashning tashkiliy jihatdan ta`minlanishi quyidagi asosiy 
yo’nalishlarni qamrab oladi: 
- me`yoriy-qonuniy; 
- moddiy-texnik; 
- o’quv-metodik; 
- kadrlar. 
Me`yoriy-qonuniy ta`minlash kasb-hunar ta`limi faoliyat ko’rsatishining 
asosiy negizi hisoblanadi. Islohot davrida bu yo’nalish hammasidan ko’ra ko’proq 
qayta ko’rib chiqishga va o’zgartirishlarga duchor bo’lgan. SHu bilan birga, davr 
talabiga mos keladigan, muvaffaqiyatli qonunlar islohotlari nisbatan bazalar va 
muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradi. O’zbekistonda kasb-hunar 
ta`limini tashkil etishning tartibga soluvchi asosiy qonuniy hujjatlar ishlab 
chiqilgan. 



O’quv-moddiy baza. Kasb-hunar ta`limining o’quv-moddiy bazasi avvalo 
ta`lim muassasalari tarmoqlarini o’z ichiga oladi. 1997 yilning oxirida respublikada 
xalq ta`limi Vazirligiga qarashli 442 ta hunar-texnika o’quv yurtlari faoliyat 
ko’rsatgan. 1998 yil mart oyidan ushbu o’quv yurtlari o’rta maxsus, kasb-hunar 
ta`limi Markazi boshqaruviga berildi. Bugungi kunga kelib, mavjud o’quv yurtlari 
negizida 35 ta yangi turdagi o’quv yurtlari tashkil etildi, shu jumladan 22 ta 
kasb-hunar kollejlari va 13 akademik litseylar. Respublikada 2005-2006 o’quv yili 
boshlanishiga 1800 akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini o’z ichiga olgan 
yangi ta`lim muassasalari tarmog`ini yaratish vazifasi qo’yilgan. Ularda 618200 
o’quvchi o’rniga ega bo’lgan 925 ob`ektlar yangi qurilish yo’li bilan barpo etiladi. 
O’quv-metodik ta`minlanishi. Respublika mustaqillikka erishgandan so’ng 
shu bugungacha ta`lim tizimining barcha zvenolarida o’quv dasturlari va darslarni 
isloh qilish bo’yicha katta ishlar amalga oshirildi. Ko’pgina gumanitar fanlar va 
iqtisodiy fanlarning ta`lim mazmuni qayta ko’rib chiqildi.
Kasb-hunar kollejlarida o’quvchilarga tadbirkorlik sohasidagi bilimlarni 
singdirish maqsadida 90 soatlik dastur bo’yicha ―Bozor iqtisodiyoti asoslari va 
ishlab chiqarishni tashkil etish‖ nomli yangi o’quv predmeti kiritildi. SHuningdek, 
o’quv rejalari va dasturlar ishlab chiqildi, nashr etildi va ular asosida ―menejer 
yordamchisi‖, ―referent‖, ―kichik va xususiy biznes uchun xisobchi‖ va shu kabi 
yangi ixtisosliklar bo’yicha mutaxassislar tayyorlash boshlandi. 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga ko’ra, kasb-hunar kollejlarida o’qish 
muddati 3 yil. Buni hisobga olgan holda o’quv vaqtining taqsimoti bilan namunali 
o’quv rejasining modeli ishlab chiqildi. Bu tuzilmada umumiy ta`lim fanlariga 
34,5% vaqt ajratildi, qolgan vaqt umumkasbiy va maxsus fanlar o’rtasida 
taqsimlanadi, ularning hajmi va miqdori mutaxassisliklar murakkabligiga ko’ra 
belgilanadi. 09ло 
O’zbekistonda ta`limni boshqarish va nazorat qilish tizimi davlat xarakteriga 
ega. Bu jarayonga hamma bab-baravar, shuningdek hukumatning mahalliy 
organlari vakillari ham jalb etiladi. Ishbilarmon doiralar, jamoat tashkilotlari va 
fondlar ta`limni boshqarishda ishtirok etmaydilar. Ularning ishtiroki ta`limni 



moliyaviy va moddiy jihatdan ta`minlashga ma`lum darajada imkoniyat 
tug`diradigan bo’lar edi. 
O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limini boshqarish va nazorati respublika 
qonunlari belgilangan vakolat doirasida faoliyat ko’rsatuvchi davlat organlari 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Bunday organlarga quyidagilar kiradi: 
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi; 
- Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar mahkamasi; 
- O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi; 
- O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi; 
- Qoraqalpog`iston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi; 
- Mahalliy davlat hokimiyati organlari; 
- Xalq ta`limi hududiy boshqarmalari; 
- O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi xududiy boshqarmalari. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta`lim sohasidagi 
vakolatlariga quyidagilar kiradi: 
- ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; 
- ta`lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish; 
- ta`limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; 
- ta`lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini 
belgilash; 
- ta`lim muassasalarini akkreditatsiyadan, pedagog, ilmiy kadrlarni 
attestatsiyadan o’tkazish tartibini belgilash; 
- boshqa davlatning ta`lim muassasalariga O’zbekiston Respublikasining 
hududida ta`lim faoliyati bilan shug`ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar 
berish; 
- qonun xujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta`lim to’g`risidagi 
hujjatlarini tan olish va bu hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini 
belgilash; 
- davlat ta`lim standartlarini tasdiqlash; 



- davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma`lumot to’g`risidagi 
hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash; 
- davlat grantlari miqdorini va ta`lim muassasalariga qabul qilish tartibini 
belgilash; 
- davlat oliy ta`lim muassasalari rektorlarini tayinlash; 
- ta`lim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta`lim muassasasidan 
boshqasiga o’tkazish tartibini belgilash; 
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar. 
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini ta`minlovchi, 
shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy – texnikaviy va madaniy 
ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor soha – bu uzluksiz ta`lim bo’lib, u kadrlar 
tayyorlash tizimining asosi hisoblanadi. 
Uzluksiz ta`lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma`naviy boy shaxs shakllanishi va 
yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur 
shart-sharoitlar yaratadi.
Uzluksiz ta`lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta`lim standartlari 
asosida turli darajalardagi ta`lim dasturlarining izchilligi asosida ta`minlanadi va 
quyidagi ta`lim turlarini o’z ichiga oladi: 

maktabgacha ta`lim; 

umumiy o’rta ta`lim; 

o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi; 

oliy ta`lim; 

oliy o’quv yurtidan keyingi ta`lim; 

kadrlar malkasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 

maktabdan tashqari ta`lim. 
Bu borada magistrantlar mazkur mavzu yuzasidan mavjud boshqa 
manbalardan foydalanib O’zbekiston Respublikasida kasbga yo’naltirish 
ishlarining tizimi va bosqichlariga xos qo’shimcha ma`lumotlar bilan boyitib, 
chuqurlashtirib va kengaytirilgan holatda, ―Kasbiy yo’naltirishda mehnat 
resurslarini ishlatish ta`sirini kengaytirish omillari‖ni ilmiy-pedagogik tadqiqotlar 



metodologiyasi nuqtai nazaridan batafsil yoritishlari kerak. Keyin 8-9 sinflarga 
taaluqli materiallarda ta`riflangan mehnat resurslarini ishlatish texnologiyasi 
hamda ularni kasbiy yo’naltirishdagi ta`sirini kuchaytirish holatlarini tahliliy 
izohlash maqsadga muvofiqdir. Pedagogik mahoratni kasbga yo’naltirish ishlariga 
tadbiq qilishni ishlab chiqishlari lozim. 
Tabiat va jamiyat hodisalari, ishlab chiqarish jarayonlari ko’pincha shu qadar 
murakkabki, bularni bir ilm-fan doirasida tavsiflash mumkin emas. Maktabda 
o’rganilayotgan ko’pgina fakt va qonunlar o’zaro bog`liq holda aniq ro’yobga 
chiqarilgan taqdirdagina o’zlashtirishi mumkin. Misol uchun kasbga yo’naltirish 
masalasini olib ko’raylik. 
Muammoning muhimligi, yoshlarni kasbga yo’naltirishga oid bir qancha 
amaliy masalalarni shoshilinch ravishda hal qilishning zarurligi hozirgi vaqtda 
ko’plab mutaxassislar: pedagoglar, psixologlar, vrachlar, iqtisodchilar, sotsiologlar 
va g`oyat xilma-xil sohalarida ishlovchi amaliyotchi xodimlarning e`tiborini o’ziga 
jalb etdi. Bu borada ko’plab mutaxassislarning ishtirok etishi va ish olib borishi 
muammoni to’g`ri va komleks tarzda hal etish uchun zamin va sharoitlar yaratib 
beradi, albatta. 
SHu bilan birga bu mutaxassislarning har biri to’la aniq ma`lumot olgan, 
muayyan ish tajribasiga ega xodimlardir. SHu boisdan ular kasbga yo’naltirish 
sohasidagi o’z faoliyatida o’zlariga ma`lum bo’lgan metodlarga, muammoga 
yondashuv usullariga hamda idrok qilish uslubi va shu kabilarga tayanadilar. Bu 
esa ba`zan ularda tushunchalarning ayrim atamalaridan foydalanishda ziddiyatlar 
tug`diribgina qolmay, kasbga yo’naltirish maqsad va vazifalarining qo’yilishida bir 
qancha amaliy masalalarini tushunib olishda bu borada yakdillikning buzilishiga 
ham olib kelmoqda. SHu sababdan ham kasbga yo’naltirishga oid bilimlar 
mazmunining yagona tizimini hamda kasbga yo’naltirish metodologiyasini ishlab 
chiqish kasbga yo’naltirish sohasida bundan buyon muvaffaqiyatli ish olib 
borishning muhim shartidir. 
Maktab o’quvchilarini kasbga yo’naltirish muammosiga oid e`lon qilingan 
asarlarning tanqidiy tahlili va ommaviy maktablar tajribasini umumlashtirish 



asosida o’quvchilarning e`tiborini yosh avlodga mehnat tarbiyasi berish va ularni 
kasbga yo’naltirishga doir etarli darajada yaxshi ishlab chiqilmagan bir qancha 
muammolarga alohida qaratish lozim. Jumladan, mintaqa sharoitlarini, milliy 
an`analarini hisobga olib o’quvchilarni kasblarga uchun ta`lim muassassining 
kasbga yo’naltirish bo’yicha kompleks tadbirlarini ishlab chiqish, kasbga 
yo’naltirish vazifalarini amalga oshirish bilan o’quvchilarning umummehnat va 
kasbiy tayyorgarligi o’rtasida uzviy aloqadorlikni ta`minlash alohida dolzarblik 
kasb etadi . 
Respublikamizda etarli darajada nazariy va amaliy jihatdan ishlab 
chiqilmagan bu kabi muammolarni hal qilishda mamlakatimiz mintaqa 
xususiyatlarini, milliy an`analarini va tarixiy tajribasini hisobga olish lozim bo’ladi. 
Ikkinchi tomondan esa fan-texnika taraqqiyotining hozirgi talabalari asosida 
maktab yoshlariga mehnat tarbiyasi berish va ularni ishchi kasblarini egallashga 
yo’naltirish shakl va metodlarini takomillashtirishning yangi yo’llarini qidirishga 
to’g`ri keladi. 
Kasbga yo’naltirish ishida iqtisodiy muammolar muhim o’rin tutadi. Bular 
orasida xalq xo’jaligini rivojlantirish va kad muammolari alohida ahamiyat kasb 
etadi. Bu masalalarni kasbga yo’naltirish jihatlari bilan o’zaro bog`liq tarzda 
talabalarning mustaqil mashg`ulotlarida ko’rib chiqishi tavsiya etiladi. 
Hozirgi fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyot sharoitida yosh avlodni jamiyat 
barpo etishda faol qatnashishga tayyorlashi lozim bo’lgan maktabning roli har 
qachongidan ko’ra o’sdi. 
SHu munosabat bilan o’quvchilarga ilm-fan asoslarining mustahkam 
bilimlarini singdirish, ularda yuksak onglilikni tarbiyalash, umuminsoniy 
axloqiylikni shakllantirish, yosh avlodni turmushga va mehnatga, ijtimoiy zarur 
kasblarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash ta`lim va tarbiyaning hamma 
bosqichlarida hozirgi maktabning vazifalaridir.
Kasbni to’g`ri tanlash – inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning 
butun hayotidagi muvaffaqiyat ko’p jihatdan kasbning qanchalik to’g`ri 
tanlanishiga bog`liq. 


10 
Kasbni to’g`ri tanlash har bir maktab o’quvchisining qiziqishiga, mayliga, 
qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo’lishi uchun uning sog`lig`ini, 
o’zlashtirishini va hissiyotlarini hisobga olish lozim, bular ijtimoiy foydali va 
unumli mehnatda hammadan ko’ra ko’proq qaror topadi va namoyon bo’ladi. 
Odam bajarayotgan ishlariga ijodiy munosabatda bo’lib, mehnat 
unumdorligini doimo oshirib borsa, tanlagan kasbiga zo’r qiziqish bilan qarasa, o’z 
ishining ijtimoiy ahamiyatini tushunsa, uning qobiliyatlari mehnatda takomillashib 
borsa, o’shandagina u mehnatdan qoniqish hosil qiladi va xursand bo’ladi, bunday 
hoolda har bir shaxs jamiyatga eng ko’p naf keltiradi. 
Mana shu aytgan gaplardan kasb tanlashning g`oyat muhim ijtimoiy ahamiyati 
kelib chiqadi. Kasb-korni erkin tanlash juda katta ahamiyatga ega. Odam 
shug`ullanayotgan ishini yaxshi ko’rsa, bundan u xursand bo’ladi, qoniqish hosil 
qiladi, zo’r tashabbus ko’rsatadi, toliqmay mehnat unumini oshiradi. 
Maktab o’quvchilarining kasb tanlashi ongli zaruriyat bo’lishi va ayni vaqtda 
jamiyat manfaatlariga mos bo’lib tushishi, yigit va qizlarning kamolot yo’lida 
shaxsiy mudaolarini qondirishi lozim. Buning uchun yuksak darajada ma`lumotli 
bo’lish zarur, hozirgi asrimizda bunday ma`lumotsiz fan-texnika ildam taraqqiy 
etishi mumkin emas. 
Umummehnat va maxsus malakalarni, kasbga bo’lgan qiziqishlarini 
shakllantirishning bunday imkoniyatlari ob`ektiv zaminga ega bo’lib, voqelikda 
har kuni amalda oshirilmoqda. 
Sanoat tez rivojlanganligi, qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va 
elektrlashtirish borasida katta qadamlar qo’yilganligi, ilm-fan, texnikani va 
madaniyatni yuksaltirish sohasidagi muvaffaqiyatlar bir tomondan, yoshlarning 
qiziqishlariga va qobiliyatlariga muvofiq, ikkinchi tomondan xalq xo’jaligi 
talab-ehtiyojlariga asosan kasb tanlashlari uchun amaliy jihatdan cheklanmagan 
imkoniyatlar yaratdi; umumiy ta`lim maktabida mehnat poletexnika ta`limi 
sharoitida kasbga yo’naltirish muammosini ijobiy hal qilish uchun barcha 
shart-sharoitlar vujudga keltirildi. 


11 
Kasbga yo’naltirish o’quvchilarga politexnik ma`lumot berish masalalari 
bilan, kasb tanlash esa muayyan bilim darajasi bilan chambarchas bog`liqdir. 
YOsh avlodga mehnatga ijodiy munosabatda bo’lishni tarbiyalash muhimdir. 
Ijodkorlik inson faoliyatiga umuman xos narsadir, qobiliyatlarini har tomonlama 
kamol toptirish uchun imkoniyat mavjud bo’ladi, chunki bolalar yoshligidanoq 
mehnatga qiziqib qoladilar: ular o’z o’yinlarida ota-onalariga, atrof-tevarakdagi 
kishilarga taqlid qiladilar, ularning mehnat harakatlarini takrorlaydilar. Faoliyatga 
ana shunda intilish, kattalarning mehnatiga taqlid qilish bolalarga maktabgacha 
yoshdayoq hammabop mehnat malakalarini singdirish uchun qulay omil bo’lib 
xizmat qiladi. 
Tabiiyki, bularning hammasini tushunarli va obrazli shaklda bolalar ongiga 
etkazish, bolalarni o’rab turgan va ularga xizmat qilayotgan hamma narsalar 
odamlarning mehnati bilan vujudga keltirilgan, qo’llar faqat mehnatdagina ―mohir 
qo’llar‖ga aylanadi, mehnatsiz hech narsani o’rganib bo’lmaydi, degan fikrni 
singdirishga intilish zarur. 
Umumiy ta`lim maktablarida, zavod va fabrikalarda, o’quv yurtlarida kasbga 
yo’naltirish ishlarini o’tkazish zaruriyatini turmushning o’zi taqozo etmoqda. Bu 
narsa qayta qurish yangi marralari yil sayin tobora keng avj oldirilayotgandir. 
Bundan shunday xulosa kelib chiqadi: o’quvchi tanlagan kasb og`zaki 
tushunchagina bo’lib qolmasligi, o’quvchi o’z qobiliyatlarini yangi kasbda sinab 
ko’rishi, ushbu kasb to’g`risidagi tushunchasi qanchalik to’g`ri ekanini xolisona 
tekshirib ko’rishi lozim. 
O’z-o’zidan ma`lumki, bunga o’qitishning to’g`ri yo’lga qo’yilishi, bilimlarni, 
ilm-fan asoslarini, ayniqsa ijtimoiy foydali va unumli mehnat bilan chambarchas 
bog`langan mehnat politexnik bilimni chuqur va mustahkam egallash 
natijasidagina erishish mumkin. 
Har qanday kasbda eng muhimi - uning mehnat mazmuniga ega bo’lishidir. 
SHu boisdan mehnatsevarlikni, yaxshi urf-odatlarni tarbiyalash va ularni mehnat 
jo’shqinligiga ko’chirish bolalarni kasb tanlashga tayyorlashning bosh negizidir. 
Oilada bolani mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash odatda maktabgacha bo’lgan 


12 
yoshdan boshlanadi. Ana shu paytdan e`tiboran bolalarni bo’lg`usi kasbni 
tanlashga tayyorlash amalga oshirilishi lozim. Bunda bolalarning qiziqishlari, 
mayllari, qobiliyatlari va imkoniyatlarini muntazam ravishda o’rganish zarur. Kasb 
tanlashda xato qilmaslik uchun bolalarga avvalo maktab va oila yordam berishi 
kerak. 
Har bir shaxs har tomonlama kamol topishi lozim, buning uchun maktablarda 
barcha imkoniyatlar mavjud. Bolalar yaxshi, aqliy, jismoniy, axloqiy, mehnat va 
estetik tarbiyani va shu bilan birga politexnik ma`lumotni ola turib, shu asosda 
o’zlarini kasbiy faoliyatga tayyorlashlari mumkin. ―Kim bo’lsam, ekan?‖ 
muammosi ―Qanday odam bo’lish kerak‖ muammosi bilan birgalikda hal qilinishi 
lozim. Maktab o’quvchilarini kasbga yo’naltirishga oid ishlarni ta`lim yo’llari 
oraqil mutassil va izchillik bilan olib borish kerak. 

Download 1,3 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§ 1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASDA KASBGA YO’NALTIRISH

Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish