Mavzu yuzasidan test savollari:
1. Umumiy o’rta ta`lim davlat standartlariga asosan maktabda kasbga
yo’naltirish bo’yicha mashg`ulotlar nechanchi sinflarda amalga oshiriladi?
A) 5-6 sinflarda
B) 7-8 sinflarda
C) 8-9 sinflarda
D) 5-7 sinflarda
2. Kasb-hunarga yo’naltirish ishlari qaysi muassasa tomonidan
bosqichma-bosqich va muntazam ravishda amalga oshiriladi?
A) Umumiy o’rta ta`lim maktablarida
B) Kasb-hunar kollejlarida
C) Kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis Markazida
31
D) Akademik litseylarda
3. Kasb-hunarni tanlash, egallash va ulardan foydalanish haqida
O’zbekiston Respublikasining qaysi bob va moddasida bayon qilingan?
A) IX bob, 38-moddasida
B) IX bob, 37-moddasida
C) X bob, 38-moddasida
D) X bob, 37-moddasida
§ 3. TA`LIM JARAYONI KASBIY YO’NALGANLIGINI
TA`MINLASH
Ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilimdon, mustaqil
fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, turli sohalar bo’yicha
etuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A.Karimovning qator asarlarida va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida
mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasiga katta e`tibor berilgani bejiz emas.
Bu vazifani hal qilishda yoshlarni to’g`ri kasb tanlashga yo’llash, ularga
to’g`ri maslahatlar ko’rsatish va o’z ijodiy qobiliyatlari darajasidagi kasbni
egallashlari uchun shart-sharoit yaratish lozim.
32
Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun kasb tanlashga ta`sir
etuvchi omillar mohiyatini bilmoq lozim. Bular quyidagilardan iborat:
1.
Ta`lim — tarbiya tizimida kasbga yullash faoliyatining mazmuni
metodikalari majmuasini mukammal ravishda mujassamlashganligi.
Maktab ma`muriyati, sinf rahbariyatlari, amaliy psixolog va kasbga yo’llovchi
fan o’qituvchilarining ish rejasida mazkur masala joy olganligi. SHuningdek, bu
muammoga taalluqli ishlar, tadbirlar izchil amalga oshirilib turilishi, ularning
ta`sirchanligiga e`tiborning ortishi tufayli o’quvchi yoshlar orasida bu sohada
tasavvur ko’lamining kengayishi. Rasmiyatchilikdan chekinib, umumiy va zaruriy
masala
2.
O’quvchilarning kasb tanlashga o’rgatishda o’qituvchilar jamoasi
faoliyati hamkorligi va samaradorligi.
Alohida olingan fan o’qituvchilari va turdosh fanlarning namoyondalari
jamlanmasi hamkorlik ish rejasyda kasbga yo’llash masalasining izchil ravishda
qo’yilishi, har bir mavzu bo’yicha muloha almashishda, qaysi fan bo’lishidan qat`iy
nazar ixtisosga oid bilimlarga e`tibor berilishi kasbiy tasavvurni vujudga keltiradi.
Kasb - hunar mohiyati bilan tanishish unga nisbatan qiziqishni uyg`otadi, mustaqil
bilim olishga ishtiyoq paydo bo’ladi va odat maromiga aylana boradi. Maxsus
tadbirlar o’tkazilishi, kasb nufuzi bilan tanishtirilishi kasbiy motivlar va
motivatsiyalarni takomillashtirada, moyillik tuyg`usini uyg`otadi.
3.
Sinf rahbarining ota - onalar bilan xamkorligini ongli kasb tanlash negizi
ekanligi.
Sinf rahbari ota - onalar bilan individual va guruxlik hamkorlikni amalga
oshirishda quyidagilarga e`tibor qilsa, yuqori ko’rsatgichga erishishi mumkin:
o’kuv faninig kasb tanlash bilan bog`liqligi, kasbning nufuzi, kasb tanlashning
psixologik asoslari, kasbga nisbatan qiziqish, havas, qobiliyat, iste`dod kasbga
yo’llashning asosiy maqsadi va vazifalari, proffessiogramma mohiyati, kadrlarga
va mutaxassislarga nisbatan extiyoj darajalari, kasbning ijtimoiy ahamiyati,
layoqatining umumiy va xususiy ko’rinishlari, o’quvchilar individual xususiyatlari,
ilmiy manbalari, maktab psixologining bu sohadagi funktsiyasi va boshqalar.
33
4. Kasb tanlashda yoshlar tashkilotining ishtiroki.
YOshlar tashkiloti faoliyatida kasb tanlash masalasining ustivorligi,
o’quvchilarning turli fondlarga jalb qilinishi, iste`dodlarning saralanishi,
mukofotga tortilishi, moddiy va ma`naviy taqdirlanishi kabilar.
5. Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunida kasb
tanlashning alohida ajratilib ko’rsatilishi.
6. Maktablarda ishlab chiqarish kombinatlarida ommaviy va keng ko’lamda
ishlar yo’lga qo’yilishi.
7. Maxsus muassasalar faoliyati.
8. Kasbga oid ko’rgazmalar, sayohatlar uyushtirilishi.
9. Ijodkor, nufuzli, mahoratli kishilar bilan uchrashuvlar o’tkazilishi.
10. Kasb tanlashda mahalliy matbuot, radio va televideniening ishtiroki.
Kasbga yo’llash umumdavlat ahamiyatiga ega muammo hisoblanib, uni
bosqichma bosqich amalga oshirish ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da alohida
o’rin egallaydi.
YUqorida kasb tanlashga yo’llash omillari faoliyatini hamkorlikka aylantirish
yuksak samaralar sari etaklaydi.
Bu borada ta`kidlash zarurki, magistrantlar o’zining ilmiy izlanishi va
ilmiy-pedagogik faoliyatlarida O’zbekiston mustaqillik davrining dastlabki
paytidan qabul qilingan ―Ta`lim to’g`risida‖gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy
dasturida hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13 may,
203-sonli qarori bilan tasdiqlangan ―Umumiy o’rta ta`lim dasturlarini tayyorlash,
sinab ko’rish va joriy etish bo’yicha Respublika komissiyasi‖ning 1998 yil 26
maydagi yig`ilishi Bayon qaroriga ko’ra hamda ta`lim standartlari va uning asosida
ishlab chiqilgan tajriba o’quv dasturlarini ta`lim jarayonida sinab ko’rish mustaqil
O’zbekiston Respublikasida ta`limni isloh qilish yuzasidan tashkil etilgan tadbirdir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta`lim islohotiga taaluqli
bo’lgan qarorlari ijrosi yuzasidan ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni
pedagogik amaliyotga joriy etish yo’llarini belgilashda:
1.
O’zbekiston Respublikasining mintaqaviy, ijtimoiy, iqtisodiy va
34
milliy-madaniy xususiyatlarini hisobga olib, umumiy o’rta ta`limda tajriba-sinov
ishlarining yangicha pedagogik texnologiyalarni amalda joriy etish maqsadga
muvofiq deb hisoblanadi;
2.
Umumiy o’rta ta`limda o’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha
muntazam bilimlarini oshirib borishlari, asosiy o’quv ilmiy va umummadaniy
bilimlarini, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma`naviy-axloqiy
fazilatlarni shakllantirish zaminida har bir fanning tajriba-tekshiruv faoliyatini
tashkillashtirish lozimligini ta`kidlanadi.
3.
Tajriba-sinov materiallaridan amaliyotda foydalanish haqida ob`ektiv
baholash va xulosa chiqarish talab etiladi.
4.
Tajriba-sinov ishlarini olib borish jarayonida bolalarda ro’y beradigan
hamma o’zgarishlarni yozma qayd qilib borish tavsiya etiladi.
5.
Bolalar faoliyatini faollashtirib ularning erkin fikrlashlarini va har
tomonlama kamol topishlarini ta`minlash, o’quv tarbiya jarayonining asosiy negizi
deb hisoblanadi.
6.
Bolalarning imkoniyatlarini, iqtidorlarini hisobga olib, ularda o’qishga
hoxish-istaklarini uyg`otish, ma`naviy yuksalish darajasiga ko’tarishni ta`kidlaydi.
7.
Umumta`lim maktablari o’quvchilarida bilim berish jarayonida fanlar
majmuasida mehnat ta`limi va kasb tanlash negizidagi bilimlarni, malaka va
tushunchalar tizimini, ijodiy faoliyat tajribasini, shaxsning muhim sifatlarini
shakllantirish zarurligini ta`kidlanadi.
8.
Tajriba-sinov jarayonida sodir bo’ladigan har bir tasodif va
o’zgarishlarni qayd qilib borishni talab etiladi.
SHu asoslarga tayangan holda magistrantlar o’qish jarayonini kasbiy
yo’nalganligini ta`minlashga qaratishlari maqsadga muvofiqdir. Bu borada barcha
umumta`lim fanlari, ayniqsa mehnat ta`limi negizidagi o’quvchilarni kasb-hunarga
yo’naltirish imkoniyatlaridan to’la va unumli holatda foydalanish muhimdir.
Bu borada ta`kidlash zarurki, magistrantlar qayd etilgan 1-9 sinflar bo’yicha
mehnat ta`limi, kasbga yo’llash hamda kasbkorlikka xos materiallarni, o’zlarining
ilmiy izlanish va ilmiy-pedagogik faoliyatlari nuqtai nazaridan ―Ilmiy-pedagogik
35
tadqiqotlar metodologiyasi‖ faniga xos: pedagogik fanlar tuzilmasi, undagi
mantiqiy hamda tarixiy-pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirishning shakl va
metodlari; tadqiqotlarni amalga oshirishda tizimli yondoshuv va majmuaviy
tadqiqotlarni amalga oshirish texnologiyaga binoan yakunlash maqsadga muvofiq
bo’ladi. Mazkur izlanishda o’quvchilar kasb tanlash, kasbga yo’naltirish, tanlagan
kasbiga moslashtirish kontseptsiyalarini modellashtirish ishlarini bajarishiga
alohida e`tiborni kuchaytirishlari lozim. Ularning diqqati kasbiy-pedagogik
bilimdonlikka yo’nalgan bo’lishi lozim.
Kasbiy- pedagogik bilimdonlik pedagogik voqelikni izchil idrok eta bilish va
unda izchil harakat qila olish malakasini qamrab oladi. Bu xislat pedagogik jarayon
mantig`ining yaxlitligiga va butun tuzilmasi bilan birgalikda ko’ra olish, pedagogik
tizimning rivojlanish qonunityalari va yo’nalishlarini tushunish imkoniyatini
ta`minlaydi, maqsadga muvofiq faoliyatini konstruktsiyalashni osonlashtiradi.
Kasbiy-pedagogik bilimdonlik asosan to’rtta komponenti bilan tavsiflanadi:
SHaxsga, insonga yo’nalganlik;
Pedagogik voqeolikni izchil idrok etashi;
Fan sohasiga yo’nalganlik;
Pedagogik texnologiyalarni egallash.
Kasb tanlash (kasbga yaroqlilik) - kasbiy ishning butun tizimida yakunlovchi
bosqichdir. Ayni shu bosqichda xodimning tanlagan kasbga uzil-kesil muvofiqligi
yoki nomuvofiqligi aniqlanadi. Lekin kasb tanlash (kasbga yaroqlilik)
metodlaridan kasbga yo’naltirishning faqat yakunlovchi bosqichida foydalanish
mumkin, deb hisoblash noto’g`ri bo’lur edi. U yoki bu kasbning egallagani holda
dastlabki tibbiy-fiziologik va psixologik ko’rikdan o’tmagan yigit yoxud qizga
tanlagan kasbi zid bo’lishi ham mumkin. SHu boisdan kasb tanlash boshlang`ich
bosqichda ham, shuningdek yakunlovchi bosqichda ham o’tkazilishi lozim.
Kasbga yaroqlilik - mazkur kishining ushbu kasb bo’yicha mehnat vazifalarini
bajarishi uchun yaroqli yoki yaroqsizligini qayot qilishdangina iborat emas, albatta.
Kasbga yaroqlilikni boshqa jihatdan ham:
1) odam o’zi tanlagan kasbga yaroqlimi yoki yo’qligi;
36
2) hayot yo’lini tanlagan chog`da u nimalarga amal qilishi lozimligi;
3) uni o’qitish masalasiga qanday qilib bir muncha oqilona yondashish, ya`ni
unda kasbga yaroqlilikni qanday qilib g`oyat maqsadga muvofiq tarzda
shakllantirish, tarbiyalash va rivojlantirish mumkinligi jihatidan ham ko’rib chiqish
kerak.
Boshqacha qilib aytganda, u yoki bu kasblarni egallashga harakat qilayotgan
odamlarning tibbiy ko’rsatkichlari bilan bir qatorda ularda diqqat, tafakkur,
psixomotorika va shu kabi psixik funktsiyalarlarni rivojlantirish bilan bog`liq
muayyan psixologik kayfiyatni ham shakllantirish shaxs fazilatidir. Kasbga
yaroqlilikni odamning kasbga nisbatan qo’yilgan talablarga mos bo’lgan tug`ma
yoki hosil qilingan psixofiziologik xususiyatlari yig`indisi deb qarash yaramaydi.
Faqat ba`zi kasblar (sozanda, rassom va shu kabilar) uchun muayyan tabiiy
ma`lumotlar talab qilinadi. SHu boisdan psixolog, mehnat o’qituvchisi va
boshqalarning vazifasi o’quvchi kasb (mutaxassislik)ni yoki o’quv yurtini to’g`ri
yoki noto’g`ri tanlaganini; tanlagan kasbi yoki o’quv yurti uning mayllari yoki
qobiliyatlariga mos yoxud mos emasligini; kasbni yoki o’quv yurtini tanlash vajlari,
ota-onalarning, o’qituvchilarning va shu kabilarning fikri qanday ekanligini
aniqlashdan iborat. O’quvchilarning kasbga bo’lgan qiziqishlari va mayllari ana
shunday ma`lumotlar asosida aniqlanadi.
O’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishini amalga oshirishda o’qituvchilar va
sinf rahbarlari; ota-onalar kengashi; to’garaklarning rahbarlari bevosita ish olib
boradilar. Maktabdan tashqari muassasalar, odatda, qiziqishlari va mayllari etarli
darajada namoyon bo’lgan bolalarni birlashtiradi. Bunday bolalarda ijodkorlik va
tashabbus ruhi ustunlik qiladi, ular amaliy faoliyatining xususiyati esa muayyan
ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Maktabdan tashqari muassasalar (o’quvchilar uyi, bolalar kutubxonalari, yosh
tabiatshunoslar jamiyatlari, ratsionalizatorlar byurolari va shu kabilar) kasbga
yo’naltirish umumiy ishi tizimida faol qatnashadilar.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishda o’quvchilarning maxsus qiziqishlari
shakllanadi va ularning qobiliyatlari rivojlanadi. Bular umumiy ta`limni va mehnat
37
politexnik ta`limini to’ldiradi, o’quvchilarda kasb tanlashning ijtimoiy ahamiyatga
molik sabablarini shakllantirishga yordam beradi, xalq xo’jaligi turli tarmoqlari
bilan tanishishni kengaytiradi, o’quvchilarni qiziqtiradigan kasblar va
mutaxassisliklarni, avvalo, o’z tumani, viloyatidagi kasblar va mutaxassisliklarni
chuqur bilib olishga imkon beradi. Kasbga yo’naltirish bo’yicha fakultativ kurs
kasbga oid ma`lumot olish, uzil-kesil kasb tanlash, real ishga joylashish masalalari
yuzasidan o’quvchilarga maslahat berish imkoniyatlarini kengaytiradi.
O’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishi shakllarini bir qancha belgilarga qarab
quyidagicha tavsiflash maqsadga muvofiqdir:
I. O’tkazilayotgan tadbirlarda qatnashadigan o’quvchilar soni qarab:
1. Bir necha parallel sinflar, aralash sinflar qatnashadigan tadbirlar.
2. YAkka-yakka o’quvchilar qatnashadigan tadbir.
II. Tashkil etish usullariga qarab:
1. YAlpi tadbirlar - lektsiyalar, yig`ilishlar, konferentsiyalar, olimpiadalar,
kinofilmlarni ko’rish; tematik kechalar, ishla chiqarish ilg`orlari bilan
o’tkaziladigan uchrashuv kechalari; kasb bo’yicha kalendar kunlari.
2. Guruxiy tadbirlar - ekskursiyalar, maslahatlar, kasblar bo’yicha tanlovlar,
yosh texniklarning musobaqalari, korxonalar va etakchi kasblar bilan tanishish
maqsadida jonajon o’lka bo’ylab sayyohlik yurishlari.
3. YAkka-yakka o’tkaziladigan tadbirlar - kasb haqida maslahat beriladigan
suhbatlar, kasb to’g`risida tavsiya etilgan kitoblarni o’qish, uchrashuvlar,
konstruktorlik, tajriba ishi yuzasidan yakka tartibda beriladigan topshiriqlar;
o’quvchini qiziqtiradigan fan va texnika sohasini chuqurlashtirish va rivojlantirish
maqsadida qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash.
III. Mazmun manbalariga qarab;
Kasblar bilan tanishtirish; sayohatlar, malakali ishchilar va mutaxassislar
bilan uchrashuvlar, o’qituvchining hikoyasi yoki suhbati, kinolardan lavhalar,
fotosuratlar, jurnal va gazetalardan olingan maxsus materiallarni namoyish qilish
uchun proektsion apparatlardan foydalanish; taklif qilingan ishlab chiqarish
ishchisini suhbati; kasblar haqida ma`lumotnomalar bilan tanishish; mehnat va
38
ishlab chiqarish ta`limi bilan bog`liq kasblar to’g`risidagi ochrklarni o’qish;
mutaxassislar bilan suhbatlar o’tkazish yordamida axborot materiallarini to’plash;
fotosuratlar, fotoalbomlar ko’rsatish; ishlab chiqarish sharoitida malakali ishchilar
kasbiy faoliyati to’g`rsidagi kinofilmlarni namoyish qilish; bazaviy xo’jalikda
ishlab chiqarish tajribasi vaqtida kasblar bilan tanishish.
IV. Kasbga yo’naltirish tadbirlarini ro’yobga chiqarish vositalari bo’yicha;
―Kasb egallash uchun qaysi ta`lim muassasasida tahsil olish kerak‖
ma`lumotnomasining nashr etish, kasblar va kasb-hunar kollejlari haqidagi
plakatlar, e`lonlar, reklama varaqalari; mazkur iqtisodiy mintaqada mavjud
kasblarning qisqacha tavsiflari bo’lgan to’plamlar; ―Mehnat yo’lini tanlash‖,
―Mening kasbim - eng yaxshi kasb‖ mavzusidagi kinofilmlar; reklama qilinadigan
televizion filmlar, tsexlar, o’quv yurtlaridan olingan televizion reportajlar; kasblar
va musobaqa ilg`orlari to’g`risida radioeshitirishlar, kasb-hunar kollejlari
yoshlarining turmush va o’qishi haqida hikoya qiluvchi respublika va mahalliy
gezatalarida chop etilgan maqolalar; katta ko’chalarning chorrahalarida kasblarini
targ`ib qiluvchi stendlar va ko’rgazmalar; ko’chalar va maydonlardagi yoshlarni
kasb-hunar kollejlariga o’qishga kirishga da`vat etuvchi yorqin bo’yoqli
chaqiriqlar.
Maktab kasbga yo’naltirish ishi tizimini tarkib toptirish hali nihoyasiga
etkazilgani yo’q. Kasbga yo’naltirish tizimi tarkibiy tuzilishi kasbga yo’naltirish
maqsad va vazifalarini; maktab ta`limi bosqichlari bo’yicha uning mazmunini;
homiy korxonalar, ota-onalar jamoatchiligi ishtirokida kasbga yo’naltirish ishining
yo’nalishlarini; kasbga yo’naltirish tadbirlarini amalga oishirsh shakllari, metodlari
va vositalarini; muayyan ishchi kasblari bo’yicha unumli mehnatda maktab
yoshlari ishtirokining konkret yo’llarini o’z ichiga olishi lozim.
O’rta maktabda o’quvchilarni kasbga yo’naltirishni rivojlantirish quyidagicha
bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, bular:
I. Xalq xo’jaligi tarmoqlari bilan umumiy tanishtirish.
II. Ishlab chiqarish texnikasi, texnologiyasi va iqtisodiyotini umuman
o’rganish.
39
III. Kasblarning asosiy guruhlari bilan tanishtirish.
IV. Viloyat, tuman taraqqiy etgan biron tarmoqning, bazaviy korxonaning
tanlagan kasbini dastlabki egallash bosqichlaridir.
Kasbga yo’naltirish maktab tizimining asosiy printsiplari sifatida
quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
a) Kasbga yo’naltirish har tomonlama kamol topgan, faol shaxsni
shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayonning rejali ravishda amalga
oshiriladigan uzviy qismi sifatida;
b) Ijtimoiy ishlab chiqarishning haqiqiy talabi asosida mehnat yo’lini
tanlashning shaxsiy va ijtimoiy muammosini to’g`ri hal qilish;
v) Kasbga yo’naltirishning og`zaki metodlarini atrof-tevarakdagi korxonalar
etakchi ishchi kasblari asoslarini egallash borasidagi konkret amaliy harakatlar
bilan qo’shib olib borish;
g) maktabdagi barcha darslarda kasbga oid bilimlar va kasbni targ`ib
qilishning pog`onali tuzilishi;
d) maktab, oila va ishlab chiqarishning birgalikdagi kuch-g`ayratlari bilan
ishchi kasblariga qiziqishni tarbiyalashning faol metodlari.
Namunaviy dastur talablariga muvofiq har bir o’quv fani bo’yicha darslar
mazmunini hisobga olib, kasbga yo’naltirishni sinfdan sinfga rejalashtiri masalalari
eng murakkab ishdir.
Ommaviy maktablarda kasbga yo’naltirishning amaliy vazifalarini hal
qilishga sistemali yondashish usuli qo’llaniladi. Kasbga yo’naltirishning sinflar
bo’yicha asosiy mazmuni quyidagicha bo’lishi mumkin;
Boshlang`ich sinflarda: atrof-tevarakdagi mahalliy ishlab chiqarish
korxonalari va tabiatdan foydalangan holda mehnat faoliyati turlari bilan
tanishtirish.
O’rta sinflarda: umumiy ta`lim turkum o’quv fanlari darslarida og`zaki
metodlar yordami bilan hamma ishlarni o’z ichiga oladigan va birga qo’shilgan
kasblarning asosiy guruhlari bilan, mehnat ta`limi darslarida esa metall ishlash,
40
elektrotexnika, yog`ochga ishlov berish kasblari mehnat usullari bilan ko’rgazmali
tanishtirish.
YUqori sinflarda: konkret ishchi kasblari asoslarini egallagan holda ishlab
chiqarishning konkret sohalari negizida kasbga yo’naltirish.
SHunday qilib, ko’rib chiqilgan tarzdagi kasbga yo’naltirish maktab tizimi
mazkur muammoning hamma jihatlarini qamrab olish imkonini yaratadi, hozirgi
sharoitda tuman, shahar, viloyat va respublika doirasida yangi iqtisodiy tafakkur
asoslarini hal qilishni hisobga olib, uni takomillashtirish yo’llarini belgilashga
yordam beradi.
Maktab yosh avlodga barvaqt kasb-hunar o’rganish printsipini rad etib,
o’quvchilarning shaxsiy iste`dod nishonalari va qiziqishlarini har tomonlama
rivojlantirishga intiladi, maktab o’quvchilari jamiyatga naf keltiradigan faoliyatga
qiziqishni, kasb tanlashga tayyorlash uchun negiz bo’lib xizmat qiladigan
qiziqishni tarbiyalaydi. Bu esa mehnat tarbiyasining eng muhim vazifalaridan
biridir.
Maktab o’quvchilarga fan asoslaridan mustahkam bilim berishi, ularda
dunyoqarashni hamda ish-harakat va hulq atvorda umuminsoniy yo’nalishlarni
shakllantirishi lozim.
Darhaqiqat, maktab o’smirlarning shaxsiy qiziqishlari, iste`dod kurtaklari va
qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan xilma-xil ishlarni tashkil qilib, bola
shixsini har tomonlama rivojlantirishga ko’maklashadi, sevimli ishni aniqlab
olishga yordam beradi. Xo’sh, maktab o’quvchilarining kasb-korlik masalasini
muvaffaqiyatli hal qilish uchun barcha zarur ma`lumotlar bera oladimi, har bir
o’quvchida kasb tanlash muammosiga puxta o’ylab munosabatda bo’lish his
tuyg`usini tarbiyalay oladimi, shu muammoni hal qilishning to’g`ri yo’llarini
ko’rsatib bera biladimi?
Afsuski, hozirgi vaqtda ko’pgina maktablar ana shu vazifani eplay
olmayaptilar. Sakkizinchi sinflarning o’quvchilarigina emas, balki bundan yuqori
sinflarning o’quvchilari ham kasb tanlash masalasiga ko’pincha chuqur o’ylab,
jiddiy munosabatda bo’lmayaptilar. Ko’pgina maktablarda ―Men kim
41
bo’lmoqchiman‖ mavzuida o’tkazilgan anketa va ro’znoma sahifalarida hamda
boshqa vositalarda iste`dod mavzuida davom etayotgan munozara ana shundan
dalolat bermoqda.
O’quvchilarning qaytargan javoblarini tahlil qilish shuni ko’rsatadi, ularning
kelgusida egallashi mumkin bo’lgan kasblari sinfdan-sinfga o’tishlari bilan
o’zgarib turadi. Ko’pincha o’quvchi o’zining fiziologik, psixologik yoki aqliy
imkoniyatlariga tamomila mos bo’lmagan kasb to’g`risida orzu qiladi. SHunday
hollar ham bo’ladiki (bunday hollar kam emas), maktab o’quvchisi kelgusida kim
bo’lishni umuman bilmaydi, buni oldindan ham o’ylab ko’rmagan.
Biroq, o’smirlarning ―Men kim bo’lishni hoxlayman‖ degan savolga
qaytargan javoblari qanchalik xilma-xil bo’lmasin, boshqa bir narsa orzu
qilinayotgan kasblar to’g`risida ularning g`oyat noaniq tasavvurlari va kelgusidagi
mehnat faoliyatiga tayyorgarchilik ko’rish munosabati bilan o’z burchlari haqida
muayyan tasavvurga ega emasliklari fikr yuritishga majbur etmoqda.
Ko’pgina o’quvchilar o’z insholarida bo’lg`usi kasbga tayyorgarlik ko’rish
borasida hozircha hech bir ish qilmayotganliklarini oshkora yozmoqdalar. Ularning
ba`zilari u yoki bu kasbga tayyorgarlik ko’rish uchun umuman nima qilish uchun
aytib o’tishga urinadilar-u, lekin o’zlari nima qilayotganliklari haqida lom-mim
demaydilar.
Odatda javoblar quyidagichadir: ―SHifokorning irodasi kuchli bo’lishi,
qo’llari yumshoq va muloyim bo’lishi lozim, men esa shifokor bo’lish uchun ko’p
narsani bilimshim va hamma narsani qila olishim kerak‖ yoki ―O’qituvchi, shifokor
yoki injener bo’lish uchun yaxshi o’qish, boadab, halol, intizomli bo’lish kerak, biz
hammamiz bunga erishishimiz zarur‖. Bundan ham umumiy tarzdagi javoblar bor.
Bu javoblarda shunday deyilgan: ―U yoki bu kasbni egallash uchun uzoq vaqt
davomida astoydil ishlash kerak‖ yoki ―Buning uchun esa ko’p narsani bilish lozim,
demak yaxshi o’qish zarur‖.
Ammo shunday o’quvchilar borki, ular u yoki bu kasb to’g`risida orzu
qilibgina qolmay, balki bu haqda ko’p narsalarni bilishga ham intiladilar, shu kasb
bilan bog`liq bo’lgan kitoblarni o’qiydilar. Biroq, ular zarur adabiyotni ko’pincha
42
tanlab olishni bilmaydilar, tasodifiy kitoblarni o’qiydilar, ularni o’qigan
chog`larida nimalarga e`tibor berish kerakligini bilmaydilar.
CHunonchi, ularning ba`zilari insholarida ko’p kitob o’qiyotganliklarini
umumiy tarzda bayon qiladilar, boshqalari esa ―barcha fanlarga oid‖ yoki muayyan
fan bo’yicha, masalan, fizika, kimyoga doir adabiyot o’qiyotganliklarini aytadilar.
Birmuncha aniq javoblar ham bor: ―Salomatlik to’g`risidagi oynomani o’qidim‖,
―Opamning X sinf uchun mo’ljallangan astronomiyaga oid darsligini o’qiyman,
ko’p narsalarni tushunmayapman, ro’znomalarda bosilayotgan raketa, yo’ldosh
haqidagi xabarlarni o’qiyman‖ (astronom bo’lishni orzu qiladi), ―Bolalar haqidagi
va bolalar uchun mo’ljallangan kitoblarni o’qiyman‖ (o’qituvchi bo’lmoqchi),
―Adabiyotga oid kitoblarni o’qiyman‖, ―Dvigatellar to’g`risidagi adabiyotni
o’qiyman‖ va h.k.
Ko’pgina o’quvchilar kasblar bilan tanishishni shu kasblar haqidagi
adabiyotni o’qish bilan cheklaydilar, mazkur faoliyatga bo’lgan o’z qobiliyatlarini
va qiziqishlarini barqarorligini tekshirib shug`ullanishga urinib ko’rmaydilar, u
yoki bu kasb uchun zarur bo’lgan o’z qobiliyatlarini qanday qilib rivojlantirish va
boshqarish kerakligini bir tomonlama, sodda tasavvur qiladilar.
|